#barqarorlik_reytingi
Yuqori reytingli tadbirkorlik subyektlari rag‘batlantiriladi
2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi. Mazkur reyting mazmun-mohiyati, undagi umumiy, rag‘batlantiruvchi va kamaytiruvchi mezonlar haqida batafsil tushuntirish berish maqsadida Samarqand viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, Samarqand shahrida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashib, yuqori toifaga chiqish uchun korxonada imkoniyatlar yetarli ekanligi haqida tushuncha berildi.
-Barqarorlik reytingini aniqlash uchun tadbirkorlik subyektlari haqidagi mavjud ma’lumotlar doimiy ravishda avtomatlashtirilgan tizim orqali tahlil qilinadi,-deydi viloyat soliq boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i B.Saliev.- Baholash mezonlari bo‘yicha umumiy ball baholash vaqtida amalda bo‘lgan mezonlar soni va ularga berilgan ballar yig‘indisidan kelib chiqib belgilanadi.
Targ‘ibot tadbirlai davom etmoqda.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi
Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi?
O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan tadbirkorlar reytingi joriy etildi.
Yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo‘llash nazarda tutilmagan.
Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa:
▫️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
▫️QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);
▫️QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalari uch kunda qaytarib berish (amalda 10 kundan 15 kungacha) yuzasidan qo‘shimcha preferensiyalar beriladi.
Yana bir rag‘batlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilishda vaqtida to‘langan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinyapti.
👉Youtube orqali ko‘rish