Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.75K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#aksiz_soligi

2024-yil uchun tamaki va alkogol mahsulotlari aksiz solig'i stavkalari

Mahalliy alkogol va tamaki mahsulotlariga qat’iy belgilangan aksiz solig‘i stavkalari inflyatsiya darajasi miqdorida 12 foizga indeksatsiya qilindi.

Alkogol, tamaki hamda vino mahsulotlarini import qilishda aksiz solig‘i stavkalari 5 foizga pasaytirildi.
#JShODS

2024-yil uchun qat'iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari


Mazkur stavkalar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2024-yil 1-fevraldan kuchga kiradi.

2024-yil yanvar oyida qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i 2023-yildagi stavkalar bo'yicha to'lanadi.
#rasmiy_axborot

Soliq qoʻmitasi joriy yil 4-yanvarda AOS toʻlovchilariga shaxsiy kabinet orqali yuborilgan QQS toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi xabarnoma haqiqiy emas deb hisoblanishini ma'lum qiladi.

Bunday xabarnoma 917 ta AOS to‘lovchiga (jami 380 mingga yaqin AOS to‘lovchi) xatolik bilan yuborilgan. Ushbu xabarnomalar shaxsiy kabinetlardan o'chirildi. Mazkur soliq to'lovchilar avvalgi soliq rejimida qoladi, ya'ni AOS to‘laydi.
_______
#официальная_информация

Налоговый комитет сообщает о том, что уведомление о переходе на уплату НДС, направленное через персональный кабинет плательщикам налога с оборота 4 января этого года, считается недействительным.

Такое уведомление было ошибочно направлено 917 плательщикам налога с оборота (всего около 380 тысяч плательщиков налога с оборота). Эти уведомления удалены из персональных кабинетов. Режим налогообложения у этих налогоплательщиков останется прежним, т.е. они будут уплачивать налог с оборота.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

2024-yildan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

👉O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi qanday aniqlanadi?
👉Ular aylanmadan olinadigan soliqni necha foiz stavkada to‘laydi?
👉YTTlar kabi xodimlarni ishga yollashi mumkinmi?
👉YTTlarga berilgan soliq imtiyozlari ularga ham tatbiq qilinadimi?
👉2023-yilda daromadi 100 mln so‘mdan oshganlar 2024-yildan boshlab YTT kabi soliq to‘lashga o‘tadimi?
👉Daromadi 100 mln so‘mda oshganda oshgan qismi uchun soliq hisoblanadimi yoki to‘liq summa uchunmi?
👉Ijtimoiy soliq ixtiyoriy to‘lanadimi?


Shu va mavzuga oid boshqa savollarga Soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i A.Abdurahmov batafsil javob berdi.

🎞 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
❇️ Qonunchilikka ko‘ra, 2024-yil 1-maygacha eksperiment tariqasida paxta yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib berish tartibi joriy etilishi belgilangan:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan har bir gektar yer uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligi ta’minlanganda;

har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanganda;

paxta yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi o‘tgan yil yakuni bo‘yicha Soliq kodeksi talablariga javob berganda.
❇️ Savol: Korxonaga qaytarish sharti bilan moliyaviy ko‘mak berilsa soliq oqibatlari yuzaga keladimi?

Javob: Agar korxona moliyaviy yordam (qarz) oluvchi bo‘lsa, unda tekinga olingan mulkdan (pul mablag‘laridan) foydalanish huquqi ko‘rinishida daromad yuzaga keladi (Soliq kodeksining 299-moddasi). Daromad qarz olish sanasida Markaziy bank tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Har qanday qarz shartnomasi (foizli va foizsiz) moliya yordami qarz beruvchiga qaytarilishini nazarda tutadi. Qarz foizsiz bo‘lgan taqdirda qarz oluvchida daromad yuzaga keladi, bu daromadga soliq solinishi lozim.

Soliq kodeksining 244-moddasi 7-bandiga asosan, qarz beruvchi uchun ham, qarz oluvchi uchun ham moliyaviy zayomlarning o‘zi va ular bo‘yicha foizlar hisoblanishi QQS to‘lashdan ozod etiladi.

Agar moliyaviy yordam summasi qaytarilmasligi lozim bo‘lsa, qarz oluvchi uchun ushbu summa jami daromad summasiga kiritiladi.

Aylanmadan soliq to‘lovchi hisoblanuvchi qarz beruvchi uchun esa ushbu summa soliq bazasini hisoblashda ishtirok etmaydi.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi shu'ba boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-yanvar

dekabr oyi uchun:


- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 января 2024 года последний день

за декабрь:


- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса).
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi – 2023-yil natijalari

O‘tgan yili Soliq mobil ilovasida qariyb 3 mln nafar foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi. Ularning jami soni 5,4 mlntadan oshdi.

Hozirda 3,3 mln nafar fuqaro ilovadan faol foydalanmoqda.

2023-yilda Soliq ilovasi 4 marta yangilandi va yangi funksiyalar paydo boʻldi:

▫️Tax Free tizimi orqali QQSni qaytarish;
▫️ota-onalar uchun soliq to'lash;
▫️yer va mol-mulk soliqlaridan qarzdorlik bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma olish;
▫️maʼlumotlarni saqlab qolgan holda telefon raqamini oʻzgartirish;
▫️amallar tarixini kuzatish;
▫️ quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasi uchun “Quyosh xonadon” xizmati orqali budjetdan subsidiya olish;
▫️roʻyxatdan oʻtgan ijara shartnomasini tahrirlash;
▫️egaligidagi ko‘chmas mulk kadastridan ko‘chirma olish;
▫️oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
▫️Ortiqcha to'lovni qaytarish;
▫️JShODS bo‘yicha soliq imtiyozini qaytarish;
▫️fiskal modul uchun to‘lov;
▫️MIB hamda yoʻ l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to'lash.
Mobil ilovaning ingliz tilidagi interfeysi yaratildi.

Murojaatlar uchun @soliq_mobililova_murojaatlar_bot ishga tushirildi.
Ovoz
berish natijalariga ko‘ra Soliq mobil ilovasi “Yil brendi – 2022” g‘olibi bo‘ldi.

Soliq mobil ilovasi yuklanish bo‘yicha AppStoreda TOP-2 va Play Marketda TOP-5 ro‘yxatda.

Eng ommabop xizmatlar:
Xaridlar uchun keshbek
Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish
O‘zini o‘zi band qilish
Soliqlarni to'lash
Soliq hamkor
Ijtimoiy keshbek
Ish haqi ma'lumotlari
___________
#мобильное_приложение

Мобильное приложение Soliq: итоги 2023 года

За прошлый год в мобильном приложении Soliq зарегистрировалось почти 3 млн пользователей. Общее число превысило 5,4 млн.

Сейчас его активно используют более 3,3 млн человек.

В 2023 году приложение Soliq 4 раза обновилось и в нем появились новые возможности:
▫️вернуть НДС по системе Tax Free;
▫️уплатить налоги за родителей;
▫️получить справку об отсутствии задолженности по налогам на имущество и землю физлиц;
▫️сменить номер телефона с сохранением данных;
▫️мониторить историю действий;
▫️получить субсидию из бюджета через услугу Солнечный дом за электрическую энергию, произведенную на солнечных панелях и переданную в единую электроэнергетическую систему;
▫️редактировать зарегистрированный договор аренды;
▫️получить выписку из кадастра находящейся в собственности недвижимости;
▫️загрузить справку о ежемесячной заработной плате;
▫️перевести на банковские карты суммы субсидии «Солнечный дом» и социального кешбэка через платежную систему TaxPay;
▫️вернуть переплаченные налоги;
▫️вернуть НДФЛ по льготам;
▫️оплатить за фискальный модуль;
▫️уплатить штрафы БПИ и за нарушение ПДД.

Интерфейс мобильного приложения стал доступен и на английском языке.

Запущен Telegram-бот для обращений @soliq_mobililova_murojaatlar_bot

По итогам голосования мобильное приложение Soliq стало победителем премии "Бренд года - 2022".

По скачиванию мобильное приложение Soliq входит в ТОП-5 в AppStore и ТОП-2 в PlayMarket.

Самыми популярными услугами по-прежнему остаются:
Кешбэк за покупки
Постановка на учет договоров аренды
Регистрация в качестве самозанятого
Уплата налогов
Налоговый партнер
Социальный кешбэк

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
❇️ Quyidagilarga qo‘llaniladigan soliq imtiyozlari 2028-yil 31- dekabrgacha uzaytirildi:

O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;

❇️ O‘zbekistonning norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda solig‘i bo‘yicha 5 foiz miqdorida soliq stavkasi qo‘llaniladi;

O‘zbekistonning rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan hamda foyda solig‘idan ozod etiladi.

(O‘RQ-891-son, 28.12.2023 y.)
❇️ Soliq kodeksiga asosan, nazorat-kassa mashinasining va hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishi majburiy. Ularni qo‘llamasdan, savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek, sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy.

Bunday hujjatlarni bermasdan, tovarlarni sotish va xizmat ko‘rsatish, shuningdek, terminallar orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etish besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#mol_mulk_soligi

Yuridik shaxslar mol-mulk solig'i stavkasi saqlanib qoldi

Yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig'i stavkasi 1,5% miqdorida saqlab qolindi.

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra:

🔹ko‘p kvartirali uylarda joylashgan ko‘p kvartirali uy mulkdorlarining umumiy mol-mulki* yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqqa tortilmaydi.

🔹yuridik shaxslar mol-mulk solig'ini hisoblash maqsadida obyektlarga nisbatan soliq solinadigan baza 1 kv.m uchun quyidagi minimal qiymatdan past bo'lishi mumkin emas:
▫️Toshkent shahrida – 3 mln so‘m;
▫️Nukus va viloyat markazlarida – 2 mln so‘m;
▫️boshqa shaharlar va qishloq joylarda – 1,2 mln so‘m.
👉2022-2023-yillarda 1 kv.m uchun minimal qiymat miqdori

*Izoh: Ko‘p kvartirali uydagi umumiy joylar, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘rama) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari hamda boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan hamda bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskuna va qurilmalar umumiy mol-mulkdir.
👉 "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi Qonun 6-modda
__________
#новое_в_законодательстве
#налог_на_имущество

Сохранена ставка налога на имущество юридических лиц

Ставка налога на имущество юридических лиц сохраняется в размере 1,5%.

Согласно изменениям и дополнениям, внесенным в Налоговый кодекс:

🔹общее имущество* собственников помещений
многоквартирных домов, расположенное в этих многоквартирных домах, не облагается налогом на имущество юридических лиц;

🔹в целях исчисления налога на имущество юрлиц налоговая база в отношении объектов не может быть ниже минимальной стоимости за 1 кв. м:
▫️в г.Ташкенте — 3 млн сумов;
▫️в г.Нукусе и областных центрах — 2 млн сумов;
▫️в других городах и сельской местности — 1,2 млн сумов.
👉Минимальная стоимость за 1 кв. м в 2022-2023 гг.

*Примечание. Общим имуществом являются общие помещения в многоквартирном доме, несущие и ограждающие конструкции, межквартирные лестничные клетки, лестницы, лифты, лифтовые и иные шахты, коридоры, технические этажи, подвалы, чердаки и крыши, внутридомовые инженерные сети и коммуникации, механическое, электрическое, санитарно-техническое и иное оборудование и устройства, находящиеся за пределами или внутри помещений и обслуживающие более одного помещения.
👉ст.6 Закона "Об управлении многоквартирными домами"
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

2024-yilda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i boʻyicha hisob-kitob shakllari joylashtirildi


Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilindi.

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy yilning 20-yanvaridan kechiktirmay, yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga yer solig‘i hisobotini taqdim etishi lozim.
👉 Soliq kodeksi 431-modda

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga yer solig‘ini hisoblash boʻyicha hisobot shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan:
▫️ AOS to‘lovchi bo‘lmagan korxonalar uchun hisobot shakli – 10510_21;
▫️ AOS to‘lovchi korxonalar uchun hisobot shakli – 10510_20.

🔹Soliq toʻlash muddati:

📌2024-yil yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay.
▪️AOS toʻlovchilar uchun har chorak 3-oyining 20-kunidan kechiktirmay;
▪️Boshqa soliq toʻlovchilar uchun har oyning 10-kuniga qadar.

Mazkur soliq hisobotlari Kadastr organlarida ro‘yxatga olingan har bir yer uchastkasi bo‘yicha alohida, avtomatik tarzda hisoblab chiqariladi.
Izoh: Hozirda faqat soliq stavkalari tasdiqlangan hududlar uchun ushbu soliq hisobotini taqdim etish imkoniyati mavjud.

Ma’lumot uchun, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar hamda tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi va har yili 10-yanvarga qadar soliq organlariga taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

📖 Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i soliq hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yilda Soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar "Axborot 24" sharhida


👉Youtube orqali ko‘rish
Prokuratura organlarida xizmat qilayotgan barcha xodimlarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!                                                                                      Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, olijanob xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni bo‘lib, xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qilishlaringizda muvaffaqiyat tilaymiz.                                                                                Hurmat bilan,                                  Samarqand viloyati               soliq boshqarmasi jamoasi
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 8-yanvar

dekabr oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi)
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️8 января 2024 года последний день

за декабрь:


- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads