Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
88 files
5.78K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
❇️ Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Valiev ishtirokida Jomboy tumani, Beshbola mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida aholi tomonidan subsidiya asosida uy olish, elektr ta’minoti, ishga joylashtirish, tibbiyot punkitini ta’mirlash, ichki yo‘llarga shag‘allashtirish, moddiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Muddat va mablag‘ talab qilinadigan murojaatlarni hal qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.
#soliq_taqvimi #foyda_soligi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 25 dekabr

dekabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda belgilangan miqdordan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
#foyda_soligi

"Foyda solig‘i bo‘yicha oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddati” mavzusidagi onlayn seminar videoyozuvini bu yerda ko‘ring - https://www.youtube.com/watch?v=nVuqFl735zA
_______
#налог_на_прибыль

Запись онлайн-семинара на тему “Порядок и сроки уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль” - https://www.youtube.com/watch?v=nVuqFl735zA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozini_band_qilish

Men yog'ochdan (faner, XDF) turli buyumlar yasash bilan shug‘ullanaman. O'zimni o‘zim band qilib, mahsulotlarimni internet-do‘kon orqali sota olamanmi?

Ushbu faoliyat turi o'zini o‘zini band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari ro'yxatiga kiritilgan ("Yog'och me'morchiligi" 27-band).
👉 PQ-4742-son ilovasi 06.08.2020 yil

Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Shundan so'ng ro'yxatdan o'tganlikni tadiqlovchi QR-kodli guvohnomani yuklab olish lozim.

Elektron savdo maydonchasida tovarlar chakana savdosini amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs elektron tijorat sohasi sotuvchi hisoblanadi.
👉 “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun 8-modda

Yuqoridagi qonunchilik me’yorlariga muvofiq siz o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tishingiz va o'zingiz ishlab chiqargan mahsulotlarni internet-do‘kon orqali sotishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Noyabr oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi.
💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

👉 Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.
#savol_javob

🔴 2022-yilda 1 kv.m uchun mulkni qayta baholash natijasi qachongacha amal qiladi? 2024 yilda mol-mulk solig‘ini ushbu baholash qiymati bo‘yicha to'lasa bo‘ladimi?

🔵 Mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan 2 yilda (baholash o‘tkazilgan sanadan boshlab) o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi.
👉  Soliq kodeksi 412-modda 

Soliq kodeksi talablaridan kelib chiqib, 2022-yilda qayta baholash amalga oshirilgan obyektlarning qiymati asosida 2024-yilda ham mol-mulk solig‘i hisobotini taqdim etish mumkin.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi

Qonunga koʻra, soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga toʻliq hajmda oʻtkaziladi:
▫️jismoniy shaxslar mol-mulk soligʻi;
▫️jismoniy shaxslar yer soligʻi;
▫️mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadigan, shuningdek, YaTTlar tomonidan toʻlanadigan JShODS;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, (elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq bundan mustasno);
▫️noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq.

Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga to‘liq hajmda o‘tkaziladi:
▫️yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i;
▫️yuridik shaxslar yer soligi;
▫️elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
▫️benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste'molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;
▫️AOS;
▫️tamaki, alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo (import orqali kirgan mahsulotlardan tashqari), shuningdek mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar.

👉 OʻRQ-886-son, 25.12.2023-y.

❗️Qonun 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
________
#новое_в_законодательстве

Принят Закон "О Государственном бюджете Республики Узбекистан на 2024 год"

В соответствии с ним в бюджеты районов и городов в полном объеме зачисляются следующие виды налогов:
▫️налог на имущество физлиц;
▫️земельный налог с физлиц;
▫️налог на доходы физлиц, уплачиваемый на основании декларации о годовом доходе, получаемом от сдачи имущества в аренду, а также уплачиваемый индивидуальными предпринимателями;
▫️налог за пользование водными ресурсами (кроме уплачиваемого электростанциями);
▫️налог за пользование недрами по нерудным строительным материалам.

В республиканский бюджет Республики Каракалпакстан, областные бюджеты областей и городской бюджет города Ташкента в полном объеме зачисляются:
▫️налог на имущество юрлиц;
▫️земельный налог с юрлиц;
▫️налог за пользование водными ресурсами, уплачиваемый электростанциями;
▫️акцизный налог при реализации конечным потребителям бензина, дизельного топлива и газа;
▫️налог с оборота;
▫️поступления по акцизному налогу на табачную, алкогольную продукцию, включая пиво, а также услуги мобильной связи.

👉 ЗРУ №886 от 25.12.2023 г.

❗️Закон вступает в силу с 1 января 2024 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
❇️ Bulung‘ur tumanida aholi muammolarini o‘rganish hamda ularni ijobiy hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar davom etmoqda. Xususan, bugun tumanning olis chegara hududlaridan biri bo‘lgan Xo‘jamazgil mahallasida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Mahalladagi 10-maktabda o‘tkazilgan tadbir davomida bildirilgan murojaat va takliflar Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Valiyev, tuman hokimi S.Astonov, sektor rahbarlari tomonidan qabul qilindi.

Yakunda bildirilgan murojaatlar uchun mas’ullar hamda aniq muddatlari belgilanib, ijroga qaratildi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Naslchilik uchun berilgan soliq imtiyozlari muddati 2025-yilgacha uzaytirildi

“Naslchilik xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
👉PQ-403-son, 25.12.2023

🔸Qarorga ko‘ra, naslchilik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk va yer hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 50% pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozi muddati iqtisod qilingan mablag‘larni asosiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirish sharti bilan 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Imtiyoz ID raqamlari

👉Foyda solig‘i –102129
👉Mol-mulk solig‘i – 102127
👉Yer solig‘i – 102126
👉Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq –102128


Ma’lumot uchun: 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son qarorga asosan mazkur imtiyoz muddati 2021-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvarga qadar etib belgilangandi.