Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.02K subscribers
14.3K photos
1.31K videos
90 files
5.84K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. 
👉 PF-5813-son 06.09.2019

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti (Click, Payme va boshqalar) yoki elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Ma'lumot uchun: 2023-yil 1-noyabr holatiga iste'molchilarga berilgan cheklar soni: 
🧾 onlayn-NKT700,7 mln;
🤳elektron chek 1,1 mlrd.

Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermaslik javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉 Soliq kodeksi 221-modda

👉  Oktabr oyida qaysi korxonalarning cheklari ko‘proq ro‘yxatdan o‘tkazilgan?
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 30-noyabr

noyabr oyi uchun:


- soliq davri mobaynida qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining umumiy maydonida va tarkibida oʻzgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlari boʻyicha aniqlashtirilgan yer soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 431-modda 4-qism);

- qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻining qolgan summasini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 3-qism).
Savol: 2 yil oldin korxona hisobiga yengil avtomashina olgan edik. Hozir esa mashinani sotmoqchimiz, qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lanadimi?

🖊O‘tkir Safarov

❇️ Javob: Soliq kodeksining 297-moddasiga asosan, amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromad jami daromad tarkibiga kiritiladi va foyda solig‘i hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2004-yil 29-avgustdagi 1401-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan, asosiy vositalarni sotishdan olingan foyda yoki zarar ularni sotish xarajatlari, qo‘shimcha qiymat solig‘i va qayta baholash saldosini hisobga olgan holda, chiqib ketayotgan aktivning realizatsiya narxi va qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi.

Soliq kodeksining 238-moddasiga asosan, realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQS bo‘yicha soliq solish obyektidir.

Shuningdek, Soliq kodeksining 248-moddasiga asosan, avtotransportni realizatsiya qilishda QQS bo‘yicha soliq solinadigan baza unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qo‘llanilgan narxdan kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning qiymati sifatida aniqlanadi.

Shunga ko‘ra, korxonada tomonidan avtomobilni sotishda QQS va foyda solig‘i bo‘yicha soliq oqibatlari yuzaga keladi.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi shu'ba boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi summalari Kadastr organlari maʼlumotlari asosida hisoblanadi

Agar korxonaga tegishli koʻchmas mulk va yer maydonlari hamda soliq organlaridagi mavjud maʼlumotlar oʻrtasida tafovutlar mavjud boʻlsa, unga aniqlik kiritish yuzasidan kadastr organlariga murojaat qilish lozim.

Maʼlumot uchun:
Imtiyoz va alohida soliq stavkasi qoʻllaniladigan koʻchmas mulk obyektlari va yer uchastkalari hamda koʻchmas mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar my3.soliq.uz – elektron soliq hizmatlari portalining quyidagi boʻlimlaridan murojaat yuborish orqali shakllanadi.
▫️ “Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat”;
▫️ “Alohida soliq stavkasi qoʻllaniladigan koʻchmas mulk obyektlari va yer uchastkalari”.

Eslatma:
2024-yil 1-yanvardan soliq toʻlovchilarning tanloviga koʻra yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirish tartibi joriy etiladi.

👉 VMQ-548-son 18.10.2023
#ijtimoiy_soliq

Kimlar mehnat staji uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin?

🔹O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar;

🔹 shaxsiy tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda
▪️chorvachilik (qoramol, qo‘ylar, echkilar, otlar va boshqalar)
▪️issiqxona xo‘jaligi,
▪️parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar),
▪️quyonchilik,
▪️asalarichilik,
▪️baliqchilik,
▪️bogʻdorchilik,
▪️limonchilik,
▪️gulchilik bilan shugʻullanayotgan yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila a’zolari.
❗️Ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar.

🔹 dehqon xo‘jaligi a’zolari (dehqon xo‘jaligi boshlig‘i bundan mustasno) va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar.

🔹 mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari;

🔹 O‘zbekiston davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari;

🔹 ishlamaydigan eri (xotini) uchun soliq to‘lovini amalga oshiruvchi ishlayotgan fuqarolar.
👉 Soliq kodeksi 408-modda

Ijtimoiy soliq har yili kamida BHMning 1 baravari miqdorida toʻlanishi lozim.
❗️Ma'lumot uchun. Joriy yilning 1-dekabridan boshlab BHMning 1 baravari 340 000 so‘mga oshiriladi.
___________
#социальный_налог

Кто может добровольно уплачивать соцналог для исчисления стажа?

🔹Самозанятые лица;

🔹владельцы личных приусадебных земельных участков, или члены их семей, занятые на личных приусадебных земельных участках или занимающиеся:
▫️животноводством (крупный рогатый скот, овцы, козы, лошади и другие),
▫️тепличным хозяйством,
▫️птицеводством (куры, перепелки, индюки, гуси, утки),
▫️кролиководством,
▫️пчеловодством,
▫️рыбоводством,
▫️садоводством,
▫️лимоноводством,
▫️цветоводством на данной площади;

🔹члены дехканского хозяйства (за исключением главы дехканского хозяйства) и физлицами, занятыми в дехканском хозяйстве;

🔹граждане РУз, работающие за границей по найму на основе трудового договора;

🔹граждане РУз, работающие в торговых домах, представительствах (в том числе без образования юридического лица), организациях, созданных (открытых) в иностранных государствах государственными органами и другими организациями РУз;

🔹работающие граждане, осуществляющие уплату налога за своих неработающих супругов.

Размер соцналога составляет не менее 1 БРВ в год.
❗️Для информации. С 1 декабря этого года размер БРВ увеличится до 340 000 сумов.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Taksist"lar Soliq mobil ilovasi orqali o‘zini o‘zi band qilishi mumkin
#rasmiy_munosabat

Taksi xizmatlari Soliq qo‘mitasi talablarini bajarmoqda


Joriy yil 1-dekabrdan boshlab Yandex Go xizmati O‘zbekiston Respublikasi hududida soliq rezidenti – “YandeksGo UB” MChJ yuridik shaxs tomonidan taqdim etiladi.

Shu kundan boshlab Yandex Go xizmati o‘z hisob-kitoblarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida yuritadi, birlamchi hujjatlarni va soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni to‘laydi.

Bu haqda Ridetech International B.V. Soliq qoʻmitasini rasmiy xat orqali xabardor qildi.

Shu bilan birga, Yandex Go xizmatini fiskal ma'lumotlar operatori bilan integratsiyalash bo'yicha ishlar yakunlandi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va yuridik shaxslar mazkur servis yordamida tashish xizmatini ko‘rsatganda mijozlarga fiskal chek berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shu tariqa, Yandex Go o'z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish bo'yicha Soliq qo'mitasi tomonidan qo'yilgan talablarni bajarmoqda.

Shuningdek, MyTaxi va Uklon xizmatlarining fiskal maʼlumotlar operatori bilan integratsiyalash ishlari ham yakunlanganini maʼlum qilamiz.
Yaqin kunlarda ular orqali ko‘rsatilgan tashish xizmatlari uchun to'lovlarni fiskallashtirish kutilmoqda.
______________
#официальная_информация

Сервисы такси выполняют требования Налогового комитета

C 1 декабря этого года сервис Yandex Go будет предоставляться на территории Республики Узбекистан налоговым резидентом Узбекистанаюридическим лицом ООО «YandexGo UB».

Начиная с этой даты, сервис Yandex Go будет вести учет в соответствии с требованиями законодательства РУз, выставлять первичные документы, представлять налоговую отчетность и уплачивать установленные налоги.

Об этом компания Ridetech International B.V. уведомила Налоговый комитет официальным письмом.

Вместе с этим завершена работа по интеграции сервиса Yandex Go с оператором фискальных данных. Решается вопрос выдачи фискальных чеков самозанятых и юрлиц на каждую поездку c использованием данного сервиса.

Таким образом, Yandex Go выполняет выставленные Налоговым комитетом требования по приведению своей деятельности в соответствие с законодательством.

Также сообщаем, что работа по интеграции с оператором фискальных данных завершена у сервисов MyTaxi и Uklon. Фискализация платежей за поездки в данных сервисах ожидается в самое ближайшее время.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Savol: Biz kontragentimizga QQS guvohnomasi amalda bo‘lmagan davrda elektron hisob faktura yuborganmiz. Endi kontragentimiz QQSni hisobga olish uchun tuzatuvchi faktura yuborishimizni so‘ramoqda. Ushbu holatda biz tuzatuvchi faktura yuborishimiz mumkinmi?

🖊Ramziddin Sharipov

❇️ Javob: Guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish uchun qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasi guvohnomaning amal qilishi qayta tiklangan taqdirda, guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilgan sanadan e’tiboran soliq to‘lovchida va uning xaridorlarida hisobga olinadi.

Ushbu norma 2023-yil 1-yanvardan kuchga kirdi.

Shundan kelib chiqib, agar kontragentingizga QQS guvohnomasining amal qilish muddati to‘xtatilgan davrda elektron hisob faktura yuborgan bo‘lsangiz, uning guvohnomasi amal qilishi qayta tiklangan taqdirda, QQSni hisobga olish uchun ushbu elektron hisob fakturaga tuzatilgan hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish huquqiga egasiz.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi shu'ba boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
❇️ Samarqand viloyati soliq boshqarmasida  “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” ga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni”  tadbiri o‘tkazildi.

Jurnalistlar va blogerlar, yosh xodimlar va ularning ota-onalari, talaba yoshlar ishtirok etgan tadbirda soliq xizmati organlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xatarlarni oldini olish va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan so‘z yuritildi.

Unda viloyat  soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Imamov so‘zga chiqib, boshqarmada xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Yosh xodimlarning ota-onalari hamda talabalar viloyat soliq boshqarmasi xodimlari va soliq to‘lovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taksi #ozini_ozi_band_qilish

Yandex Go
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni to‘laydi.
MyTaxi va Uklon xizmatlari ham soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.
#bilasizmi #markirovka

Markirovka qoidalarni buzish Soliq kodeksining 227-1–moddasiga asosan, Alkogol va tamaki mahsulotlari savdosini noqonuniy amalga oshirish Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 186-1–moddasi hamda Jinoyat kodeksining 186-1–moddasiga asosan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
___
#знаете_ли_вы #маркировка

Нарушение правил маркировки согласно ст.227-1 Налогового кодекса, незаконный оборот алкогольной и табачной продукции согласно ст.186-1 Кодекса об административной ответственности и ст.186-1 Уголовного кодекса влечет за собой ответственность.