❓Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?
📌 Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan quyidagi jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan❌ ozod etiladi👉
🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan🎖🏅fuqarolar;
🔹urush nogironlari va qatnashchilari🛂, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;
🔹sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining🛃 ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);
🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.
Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi👉
🔹 o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining;
🔹pensionerlarning;
🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning♿️.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❇️Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar faqat sud tomonidan qo‘llaniladi
✅Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 oktabrdan tadbirkorlarga miqdori 10 million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik sub’ekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
✅ 2024 yil 1 yanvardan quyidagi tartiblar joriy etiladi:
✅qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga hosilni sug‘urtalashda sug‘urta mukofotining 50 foizi miqdorida subsidiya berish;
✅“Izlanish va rivojlanish” markazlari uchun ular tashkil etilgan kundan 3 yil muddatga mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizini to‘lash, ularning xodimlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida hisoblash;
✅davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar tomonidan har yili amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari qiymatining kamida 5 foizini obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtirish.
♻️ 2024 yil 1 yanvardan jismoniy va yuridik shaxslarga QQSni to‘liq qaytarish tizimi quyidagilar hisobidan kengaytiriladi:
➖xorijiy turistlarga – O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida O‘zbekistonda sotib olingan va “Tax free” tizimi bo‘yicha rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun;
➖tur-operatorlarga – xorijiy kontragentlar bilan shartnomalar doirasida ko‘rsatilgan eksport xizmatlari uchun.

❇️15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun yer va mol-mulk solig‘i to‘lashning so‘nggi kuni!
✅Siz to‘lagan soliqlar aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi.
✅Soliqlarni masofadan Soliq mobil ilovasi (Android / iOS ) orqali tez va oson to‘lashingiz mumkin.
☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

#raqamlashtirish #onlayn_NKТ
❇️Samarqadda onlayn-NKT orqali tovar realizatsiyasi hajmi 13 trln so‘mdan oshdi
✅Joriy yilning 1-sentabr holatiga:
🔹Onlayn-NKTdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari soni 186 074 tani tashkil etdi;
🔹Onlayn-NKT orqali 560 mln dona chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 145,3 trln so'mdan ziyodni tashkil etdi.
❇️Onlayn-NKTdan foydalanish bo‘yicha yetakchi hududlar – TOP-3:
▫️Toshkent sh. - 59,9 trln so‘mlik 266,3 mlnta chek;
▫️Toshkent v. 15 trln so‘mlik 68,2 mlnta chek;
▫️Samarqand v. 13,3 trln so‘mlik 35 mlnta chek.

❇️Soliq organlarida korrupsiyaga yo‘l yo‘q
✅Samarqand viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari ishtirokida Nurobod tuman soliq inspeksiyasida shu mavzuda davra suhbati tashkil etildi.
✅Tadbirda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari muhokama etildi, qonunlarga rioya qilgan holda sidqidildan oila va Vatan farovonligi uchun mehnat qilish afzalliklari tushuntirildi.
✅Soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida korrupsiya va ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan xushmuomalada bo‘lish bilan birga, xodimlar xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida korrupsion holatlarga duch kelgan taqdirda zudlik bilan boshqarmaning mas'ul bo‘limini xabardor etishlari shart ekanligi tushuntirib o‘tildi.
✅Shu bilan birga, bugungi kunda soliq tizimida ko'p uchrayotgan qonunbuzilish holatlari va ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi.
Telegram I Facebook I Veb-sayt

#soliq_taqvimi #foyda_soligi
🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 25-sentabr
sentabr oyi uchun:
- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).
❗️Izoh. Avvalroq foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshirilgani haqida xabar berilgan edi.
Soliq toʻlovchi har chorak birinchi oyining 15-sanasidan kechiktirmay boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega.
👉Soliq kodeksining 340-moddasi
Shunga koʻra, joriy chorak uchun umumiy daromadi 5 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar tomonidan 15-iyulgacha maʼlumotnoma taqdim etilgan.
Shu munosabat bilan, sentabr oyi uchun soliq to'lovi III chorak uchun taqdim etilgan ushbu ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Oktabr oyidan boshlab umumiy daromadi 10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar foyda soligʻi boʻyicha bo‘nak toʻlovlarini amalga oshiradi.

❇️Soliq kodeksining 117-moddasiga asosan, soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga u hisobda turgan soliq organi tomonidan yuboriladi.
✅Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga ushbu qarz aniqlangan kundan e’tiboran yoki soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay shaxsiy kabinetga yuboriladi.
✅Soliq kodeksining 19-moddasiga asosan, soliq organlari, Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda, hujjatlarni elektron hujjat tarzida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi. Yuborilgan hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
✅Shuningdek, Soliq kodeksining 123-moddasiga asosan, soliq qarzi bo‘yicha majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzdorligini undirish sud tartibida amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq qarzdorligi tan olinsa, soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) qaroriga binoan soliq qarzi bo‘yicha majburiyatga ega shaxsning mulki hisobidan soliq qarzdorligi undirilishi mumkin.
✅Soliq organi majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida tegishli qarorni qog‘ozda yoki elektron shaklda, qonunchilikda belgilangan tartibda ijro etish uchun majburiy ijro etuvchi davlat organiga yuborishi kerak.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga toʻlangan daromad soligʻini qaytarish tizimi joriy etiladi
🗓2025-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning nazoratda boʻlgan (probatsiya) davrida mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan JSHODSni qaytarib berish tizimi joriy etiladi.
Bunda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga to‘langan JSHODS summasi hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasidan so‘ng Respublika budjetidan qaytariladi.
Qonunchilika muvofiq mazkur tizim 2023-yilning noyabr oyidan ishga tushiriladi.
👉 VMQ-450-son 05.09.2023

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❇️26-sentabr - Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni!
✅O‘zbekistonda tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik, farovon hayot hukm surishi yo’lida fidoiylik bilan xizmat olib borayotgan soha vakillarini bugungi kasb bayramlari bilan tabriklaymiz.

#QQS #EHF #imtiyoz
✅ EHF shakllantirishda "Mahsulot (xizmat) uchun nomuvofiq imtiyoz kodi ko‘rsatilgan" yozuvli xatolik chiqyapti. Ushbu xatolikni bartaraf etish uchun nima qilish kerak?
EHF shakllantirishda QQSdan imtiyozga ega mahsulot (xizmat)lar uchun stavkaga mos imtiyoz tanlanadi.
Misol uchun, EHF toʻldirishda “QQS stavka %” ustunida “0%” koʻrsatilsa, “Imtiyoz” ustunida ushbu stavkaga mos ID (imtiyozli) tanlanishi shart.
Ushbu ustunlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar bir-biriga mos kelmasa EHF shakllantirish operator tomonidan avtomatik rad etiladi.
Bu soliq to'lovchilarda xatolarni oldini olish va soliq hisobotlarida imtiyozli aylanmani to‘g‘ri shakllantirish uchun xizmat qiladi.

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini qolgan yarmini qachongacha toʻlashi kerak?
Anonymous Poll
7%
1-oktabrgacha
4%
10-oktabrgacha
85%
15-oktabrgacha
4%
1-dekabrgacha
❇️Paxtachi tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tumanda joylashgan davlat muzeyiga sayohat uyushtirishdi.
✅Xodimlar muzeyda saqlanayotgan nodir eksponatlarni ko‘zdan kechirishdi.
✅Xalqimizning ming yillik an’analari, qadriyatlari to‘g‘risida yanada ko‘proq ma’lumot va tasavvurga ega bo‘lishdi.
✅Shuningdek, tuman tarixi bilan bog‘liq bo‘limda Paxtachi tumaning yaqin tarixi bilan tanishishdi.