Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
88 files
5.78K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliq to'lovchilar ortiqcha soliq to'lovlarini avtomatik ravishda o‘tkazishdan voz kechishlari mumkin

Soliq to'lovchi tomonidan ortiqcha to'langan ortiqcha soliq summasini uning soliq qarzini so‘ndirish hisobiga hisob-kitob qilish soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 104-modda 1-qism

Agar hisobga olinadigan summa BHMning 20 barobaridan oshmasa, elektron topshiriqnomalar soliq xizmati organlarining axborot tizimi orqali avtomatik tarzda yaratilishi va elektron shaklda yuborilishi mumkin.
👉Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA 33-band

2022-yil 1-maydan ushbu jarayon bir necha turdagi soliqlar bo‘yicha soliq organlari tomonidan avtomatlashtirilgan.

Soliq to'lovchilar ortiqcha soliq to'lovlarini avtomatik ravishda hisob-kitob qilishdan voz kechish huquqiga ega. Bu haqda my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali soliq organlarini xabardor qilish zarur:

1. "Xizmatlar" bo'limida "YuSh ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish" bandi tanlanadi.

2. Ochilgan oynada ko‘k rangdagi “Ortiqcha to‘langan (undirilgan) soliq summalarini boshqa soliqlar bo‘yicha mavjud qarzlarni uzish hisobiga avtomatik hisob-kitob qilish” qatori tanlanadi.

3. Avtomatik hisob-kitob qilish funksiyasini o‘chirish uchun berilgan savolga "Yo‘q" javobini tanlab, "Yuborish" tugmasi bosiladi.

4. Shundan so'ng, "Avtomat xulosa yuborish tizimi yoqilgan"ligi haqida ma’lumot paydo bo'ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliq xizmatlaridan masofadan qanday foydalanish mumkin?

❗️Jismoniy shaxslar:


👉Soliq mobil ilovasida (Android / iOS):
▫️soliqlarni toʻlash
▫️talabalar bilan, shuningdek, avtomobil uchun tuzilgan ijara shartnomasini ro'yxatdan o'tkazish
▫️ soliq qarzi yo'qligi haqida ma'lumotnoma olish
▫️O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish

👉 my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinet orqali -
▫️Jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish (Tez kunda deklaratsiyani elektron taqdim etish bo‘yicha yangi xizmat test rejimida ishga tushiriladi)
__________
#солиқчи_кўмакчи

Как воспользоваться налоговыми услугами удаленно?

❗️Физические лица
могут:

👉в мобильном приложении Soliq (Android / iOS):
▫️уплатить налоги
▫️зарегистрировать договоры аренды со студентом, а также автомобиля
▫️получить справку об отсутствии налоговой задолженности
▫️зарегистрироваться в качестве самозанятого

👉через персональный кабинет на на сайте my.soliq.uz -
▫️подать декларацию о совокупном годовом доходе (В скором времени в тестовом режиме будет запущена новая услуга по представлению декларации в электронной форме).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

♻️Toʻlov topshiriqnomasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidan ortiqcha shakllangan boʻlsa uni masofadan ijrosiz chaqirtirib olish imkoniyati bor.

📌Buning uchun my.soliq.uz saytidan “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” soʻngra “Topshiriqnomalar roʻyxati” tanlanadi. U yerdan chaqirtirib olinishi kerak boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi tanlanadi hamda amallar ustunidan “Qaytarish” soʻngra “Joʻnatish” tugmasi bosiladi.

❗️Hurmatli soliq toʻlovchilar, toʻlov topshiriqnomalarini toʻlov muddatidan avvalroq va bank ish kunida shakllantirish tavsiya etiladi. Bu soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari bilan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari  shakllanib qolishining oldinioladi.
#soliqchi_komakchi

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 1,7 trln soʻmlik qarzdorligi hisobdan chiqarildi

2023-yil 1-iyun holatiga:

🔹xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi uchun qoʻllanilgan jarimalar summasi hisobdan chiqariladi;
🔹ushbu jarimalarni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.

Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlikning vujudga kelish muddati 2023-yil 1-iyundan boshlab yangidan hisoblanadi.
👉 PQ-192-son 14.06.2023-yil

Mazkur qaror qabul qilinishi natijasida:
▪️2144 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qoʻllanilgan jarima boʻyicha yuzaga kelgan 1,7 trln soʻm miqdoridagi qarzdorlik hisobdan chiqarildi;
▪️1631 ta
subyektga 2,5 trln soʻm miqdorida jarima qoʻllash yuzasidan iqtisodiy sudlarga kiritilgan arizalar koʻrib chiqilishi toʻxtatiladi;
▪️4170 ta
subyektga 5,5 trln soʻm miqdorida jarima qoʻllash yuzasidan koʻrilayotgan choralar toʻxtatildi.
________________
#cолиқчи_кўмакчи

Хозяйствующим субъектам списаны 1,7 трлн сумов задолженности

По состоянию на 1 июня 2023 года:

🔹будут списаны суммы штрафов, примененных к хозяйствующим субъектам за просроченную дебиторскую задолженность по внешнеторговым операциям;
🔹прекращаются судебные и исполнительные производства, связанные с взысканием этих штрафов.

Срок возникновения просроченной дебиторской задолженности по внешнеторговым операциям исчисляется вновь с 1 июня 2023 года.
👉№ ПП-192 от 14.06.2023 г.

В результате принятия данного постановления:
▪️списана задолженность в размере 1,7 трлн сумов, образовавшаяся по штрафам, примененным в отношении 2 144 хозяйствующих субъектов;
▪️приостанавливается рассмотрение поступивших в хозяйственные суды заявлений о применении штрафов в размере 2,5 трлн сумов в отношении 1 631 хозяйствующего субъекта;
▪️приостановлены рассматриваемые меры
по применению штрафов в размере 5,5 трлн сумов в отношении 4 170 субъектов.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

♻️Toʻlov topshiriqnomasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidan ortiqcha shakllangan boʻlsa uni masofadan ijrosiz chaqirtirib olish imkoniyati bor.

📌Buning uchun my.soliq.uz saytidan “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” soʻngra “Topshiriqnomalar roʻyxati” tanlanadi. U yerdan chaqirtirib olinishi kerak boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi tanlanadi hamda amallar ustunidan “Qaytarish” soʻngra “Joʻnatish” tugmasi bosiladi.

❗️Hurmatli soliq toʻlovchilar, toʻlov topshiriqnomalarini toʻlov muddatidan avvalroq va bank ish kunida shakllantirish tavsiya etiladi. Bu soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari bilan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari shakllanib qolishining oldini oladi.