Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#YaTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar 7 oyda 65 mingga yaqin ish o‘rni yaratdi

Joriy yil yanvar-iyul oylarida 59 721 ta yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ular tomonidan 5 014 ta ishchi yollangan bo‘lib, jami yaratilgan ish o‘rinlari soni 64 735 ta. Shundan 7 098 tasi hunarmandlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar kesimida yangi ro‘yxatga olingan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni bo‘yicha yetakchi uchlik:
🔹 Farg‘ona viloyati – 6 456 ta;
🔹 Samarqand viloyati – 6 388 ta;
🔹 Toshkent viloyati – 5 949 ta.

Hunarmandchilikda:
🔹Farg‘ona viloyati – 1 021 ta;
🔹Samarqand viloyati – 707 ta
🔹Andijon viloyati – 650 ta.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YaTT

Yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan qanday o‘tadi va qaysi soliqlarni to‘laydi?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YaTT

1-oktabrdan qat‘iy belgilangan miqdordagi soliq to‘laydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq hisobotini topshirish majburiyati bekor qilindi

Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar Toshkent shahridan tashqari Respublikamizning barcha hududlarida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida ijtimoiy soliq to'laydi.

🧮Natijada keyingi yilda 220 mingdan ortiq YaTTlar ixtiyorida
230 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ qoladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#YaTT

YaTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari

Vazirlar Mahkamasining 22.11.2021 yildagi 707-son qaroriga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma shakldagi mehnat shartnomasi tuzadi.

👉Mehnat shartnomasi namunasi

▫️Mehnat shartnomasining amal qilish muddati yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.

▫️Mehnat shartnomasi ikki nusxada tuziladi: bir nusxasi yakka tartibdagi tadbirkorda, ikkinchisi xodimda qoladi.

▫️Mehnat shartnomasida quyidagilar talab qilinmaydi:
✖️yakka tartibdagi tadbirkorning imzosini muhr bilan tasdiqlash;
✖️ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirish.

✔️Xodimning mehnat stajini hisoblash uning uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.

❗️Yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodimlarni yollash huquqiga ega
____________
#индивидуальный_предприниматель

Особенности заключения трудового договора между ИП и наемным работником

В соответствии с ПКМ от 22.11.2021 №707 при найме работника индивидуальный предприниматель заключает с ним в письменной форме трудовой договор.

👉Образец трудового договора

▫️Срок заключенного с наемным работником трудового договора не должен превышать срок действия Свидетельства о государственной регистрации индивидуального предпринимателя.

▫️Трудовой договор составляется в двух экземплярах: один остается у индивидуального предпринимателя, второй - у работника.

▫️В трудовом договоре не требуется:
✖️заверение печатью подписи индивидуального предпринимателя;
✖️оформление приказа о приеме на работу.

✔️Исчисление трудового стажа работника осуществляется на основании сведений об уплате социального налога во внебюджетный Пенсионный фонд при Министерстве финансов Республики Узбекистан.

❗️Индивидуальные предприниматели имеют право нанимать до 5 работников

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#raqamlashtirish #YaTT

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Samarqand viloyatida faoliyat yurigan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 28 618 nafarni tashkil etdi.

📈 Bu Toshkent shahridan keyingi ikkinchi koʻrsatkichdir.

➡️
Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube
#raqamlashtirish #YaTT

O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 233 mingdan oshdi

2023-yil 1-fevral holatiga YaTTlar 233,2 mingta
ga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,9%ga (18,9 mingta) oshgan.

👉Batafsil
#raqamlashtirish #YaTT

Samarqandda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 28 mingdan oshdi.

Yil boshidan yangi ro'yxatdan o'tgan YaTTlar soni 5661 tani tashkil
etmoqda.