#sayyor_qabul
✅ Murojaatlar tinglandi, muammolar o‘rganildi
🔹 Mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlarining xalq orasida bo‘lishi, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilishi joylardagi kamchilik va muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish, yurtdoshlarimiz xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarishga zamin yaratadi. Zero, bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar zamirida inson qadrini ulug‘lashdek ezgu maqsad mujassam. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarishda sayyor qabul va bevosita muloqotlar samarali mexanizmga aylanib bormoqda.
🔹 Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektori rahbari Alovitdin Inagamov Samarqand tumanidagi 12-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Bevosita muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda tuman sektorlari rahbarlari, mutasaddi idora va tashkilotlar masʼullari ishtirok etdi.
🔹 Sayyor qabulda elektr energiyasi, suyultirilgan gaz ballonlari taʼminoti, yaroqsiz holatga kelgan simyog‘ochlarni almashtirish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga, salomatlikni tiklashga amaliy ko‘mak berish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Murojaatlarda tilga olingan masalalarni hal qilish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
🔹 Tadbirda aholining muqim daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalasi ham eʼtibordan chetda qolmadi. Chunonchi, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilganlarga tikuv mashinalari, motoarralar, yuqori bosimli avtomobil yuvish uskunalari, motokultivatorlar taqdim etildi.
🖊 Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati
Тelegram | Facebook | Youtube

🔰 Ishtixon tumani 4-sektori rahbari O‘tkir Boyzoqov “Sohibkor” va “O‘zbekqo‘rg‘on” mahallalari aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdi.
🔹Sayyor qabulda elektr ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, davolanishga, moddiy yordam va imtiyozli kredit olishga ko‘maklashih kabi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.
❗️ Murojaatlarni qanoatlantirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

✅ Sektor rahbari Chag‘izmonga bordi
🟢 Joylardagi muammolar, aholining dardi-istagi, takliflari mutasaddi rahbarlarning aholi bilan bevosita muloqoti asnosida yuzaga chiqadi. Shu bois, sayyor qabullar muammolarni hal etish, jamoatchilik fikrini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🔹 Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Alovitdin Inagamov navbatdagi sayyor qabulini Urgut tumani, “Chag‘izmon” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazdi. Yuzma-yuz muloqotda fuqarolardan subsidiya asosida uy-joy olishga ko‘maklashish, ichki yo‘llarni taʼmirlash, ko‘mir, elektr energiyasi, suyultirilgan gaz ballonlar taʼminotini yaxshilash kabi masalalarda murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlar ijobiy yechim topishi maqsadida sohalar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar masʼullariga yo‘naltirildi.
🔹 Sayyor qabulda “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan yurtdoshlarimizga pishiriq pechlari, payvandlash uskunasi va motoarra berildi.