Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
88 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#sayyor_qabul

🔰 Ishtixon tumani 4-sektori rahbari O‘tkir Boyzoqov “Sohibkor” va “O‘zbekqo‘rg‘on” mahallalari aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdi.

🔹Sayyor qabulda elektr ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, davolanishga, moddiy yordam va imtiyozli kredit olishga ko‘maklashih kabi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

❗️ Murojaatlarni qanoatlantirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Тelegram | Facebook | Youtube
SAVOL: Onlayn nazorat-kassa mashinasidan urilgan naqd pulni bankka topshirmasdan o‘z ehtiyojlarimga ishlatsam bo‘ladimi?

🖊 Sulaymon Haydarov

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni
3-bandiga asosan tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tgan taqdirda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi miqdoridan qat’i nazar, naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega.

📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#MXIK #uchrashuv

Umumiy ovqatlanish va restoran biznesi vakillari bilan navbatdagi uchrashuv

Tadbirda Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.Kudbiyev, umumiy ovqatlanish va restoran biznesi vakillari hamda DSQ huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirok etdi.

Uchrashuvda barcha ishtirokchilarning fikr va mulohazalari tinglanib, bildirilgan takliflar ishtirokchilar tomonidan jamoaviy baholandi, muloqotning har ikki tomoniga mos yechimlar ishlab chiqildi.

Uchrashuvning amaliy natijasi oʻlaroq, qoʻllanilayotgan MXIKlar toifalarini umumlashtirish va yaqin kelajakda joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Shunday qilib, umumiy ovqatlanish va restoran biznesi vakillari foydalanadigan MXIKlarni deyarli 4 barobarga qisqartirish, taomlarni tasniflashning qabul qilingan usullari bilan umumlashtirish qarori ijobiy qabul qildi.
________________
#ИКПУ #встреча

Очередная встреча с представителями общепита и ресторанного бизнеса

В мероприятии приняли участие – председатель Государственного налогового комитета Ш.Кудбиев, представители сферы общепита и ресторанного бизнеса и членов Общественного совета при ГНК.

Выслушаны мнения и предложения всех участников встречи, участниками коллегиально дана оценка внесенным предложениям, разработаны практические решения, устраивающие обе стороны диалога.

Практическим итогом встречи было решение по укрупнению используемых категорий кодов ИКПУ, их внедрению в ближайшее время. Так, представителями сферы общепита и ресторанного бизнеса положительно воспринято решение по сокращению практически в 4 раза используемых кодов ИКПУ, их унификации с принятыми методами классификации блюд.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Tadbirkorlarga fiskal cheklardagi xatolarni tuzatish imkoniyati berilgan

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 21-noyabrdan boshlab 20 kun davomida 2022-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga imkoniyat berildi.

Buning uchun soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “YUSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” bo‘limiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal modul ID va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni o‘zgartirish mumkin:

▫️ MXIK;
▫️ miqdori;
▫️ o‘lchov birligi;
▫️chek summasi;
▫️ komitent STIRi;
▫️ to‘lov turi (naqd pul yoki bank karta).

📎 Barcha o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy davlat soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhi bilan kelishilgan holda tezkorlik bilan o‘rganiladi.

Ko‘rib chiqish natijasi ijobiy deb baholansa, chek holati "qabul qilingan"ga o‘zgaradi.
♻️ Rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga ko‘ra, tuzatishlar kiritilib qayta yuborilishi lozim.

Yakunda, “Hisoblash” va “Jo‘natish” tugmasi bosiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAVOL: Nega xarid qilgan aviachipta summasidan keshbek qaytmayapti? Umuman, aviachiptalar uchun berilgan onlayn NKM chekidan keshbek olsa bo‘ladimi?

🖊 Odiljon Abdurazzoqov

JAVOB:
Eslatib o‘tamiz, avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari uchun keshbek berilmaydi.

📢 Savolga Samarqand viloyati DSB bo‘lim boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
🔵 Ishtixon tumani 4-sektorida joylashgan “Bog‘bon”, “Mohpar”, “Hazarbobo”, “Yangiravot”, “Zartepa” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining 10 kilometr qismiga asfalt yotqizildi.

Тelegram | Facebook | Youtube
🔰 Toyloq tumani 4-sektori rahbari Shuhrat Sharipov va moliya bo‘limi boshlig‘i A.Sharipov sektor hududidagi 12 ta umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha qozonxonalarni ko‘zdan kechirdi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube
Joriy yilning 1-noyabr holatiga Samarqand viloyatida yakka tartibdagi tadbirkor va o‘zini o‘zi band qilish orqali ro‘yxatdan o‘tgan repetitorlar 520 nafarni tashkil etmoqda.

➡️ Shundan 84 nafari yakka tartibdagi tadbirkor va 436 nafari o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslardir.

👉 Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube
SAVOL: Yakka tartibdagi tadbirkorlar ulgurji savdo bilan shug‘ullanishi hamda tovarlarni bankdan pul ko‘chirish yo‘li bilan sotishi mumkinmi?

🖊 Feruzaxon Xoliqulova

JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati tasdiqlangan. Unda ulgurji savdo bilan bog‘liq faoliyat nazarda tutilmagan.

❗️ Lekin yakka tartibdagi tadbirkor o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni pul ko‘chirish yo‘li bilan sotishi mumkin.

📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube