Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#imtiyoz

Talabalar uchun soliq imtiyozlari

❗️Quyidagilarga soliq solinmaydi:

🔹O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari hududida pulli oʻquv kurslari, sport to‘garaklari yoki boshqa taʼlim xizmatlarini tashkil etgan talabalar daromadlariga;
📄Soliq kodeksi 369-modda 9-band
👉O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

🔹Talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekistoning professional va oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan mablag‘larga;
📄Soliq kodeksi 369-modda 12-band
👉Imtiyozdan qanday foydalaniladi?

🔹Soliq to‘lovchilarning uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga
📄Soliq kodeksi 378-modda 19.1-band
👉Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qanday hisobga qo‘yiladi?
__________
#льготы

Налоговые льготы для студентов

❗️Не облагаются налогом:

🔹доходы студентов, которые регистрируются в качестве самозанятых лиц и организовывают на территории вузов Узбекистана платные учебные курсы, спортивные кружки или оказывают другие образовательные услуги;
📄п.9 ст.369 НК
👉Как зарегистрироваться в качестве самозанятого?

🔹оплата за обучение студентов на платно-контрактной основе в профессиональных и высших образовательных организациях Узбекистана;
📄п.12 ст.369 НК
👉Как воспользоваться льготой?

🔹доходы налогоплательщика, полученные от сдачи жилых домов студентам в аренду.
📄п.19-1 ст.378 НК
👉Как зарегистрировать договор аренды со студентом?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
SAVOL: Sotib oluvchi qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olishi uchun korporativ plastik karta orqali xaridlarni qanday hujjatlar bilan rasmiylashtirish zarur?

🖊 Nodira Mirrahimova

JAVOB: Sotuvchi xaridga sotib oluvchi tomonidan korporativ karta yordamida haq to‘lashda 2 ta hujjat berishi kerak:

- to‘lov terminali cheki;

- EHF yoki NKM cheki.

➡️ Korporativ kartaga xarid qilishda Soliq kodeksining 47-moddasiga asosan elektron hisobvaraq-faktura va nazorat-kassa texnikasi cheki bir-birini o‘zini bosuvchi hujjatlar hisoblanadi.

➡️ Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-sonli qarori 2-ilovasining 5-bandiga muvofiq, hisobvaraq-faktura sotib oluvchining talabi bo‘yicha rasmiylashtiriladi.

❗️ Shuningdek, eʼtibor bering: EHF va NKM chekida siz tomondan xarid qilinadigan tovarlar QQS stavkasi va summasi ko‘rsatilgan holda keltirilishi kerak.

📢 Savolga Samarqand viloyati DSB bo‘lim boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#e_ijara

- Men talabaman, uylanganman, oilam bilan Toshkentda ijaraga uy olmoqchiman. Bu holatda men ijaraga olgan kvartiraning egasi soliq to'laydimi

- Agar soliq to'lovchi talabaga uy-joyni ijaraga bersa, bu holatda ijaraga beruvchining ushbu ijara to‘lovidan olingan daromadiga soliq solinmaydi.
Soliq kodeksi 378-modda 19-1 band

Ijaraga beruvchi masofadan turib talaba bilan tuzilgan shartnomani soliq organlarida “E-ijara” xizmatida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.

Buni ijara.soliq.uz sayti yoki Soliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

Talaba JShShIRni kiritishda barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik ravishda hosil bo'ladi. Siz ijaraga oluvchi talaba sifatida shartnomani SMS kod yoki Face ID bilan tasdiqlashingiz mumkin.

Tasdiqlangandan so'ng, shartnoma soliq organlarida ro'yxatga olinadi.

Uy egasi ushbu daromadi bo'yicha soliq to'lamaydi.
__________
#e_ijara

- Я студент, женат и вместе со своей семьей планирую снять жилье в Ташкенте. Будет ли владелец арендованной мною квартиры уплачивать налог в этом случае

- Если налогоплательщик сдает жилье в аренду студенту, то доходы, которые он при этом получает, не облагаются налогом.
👉п.19-1 ст.378 НК

Арендодатель должен дистанционно зарегистрировать заключенный со студентом договор в налоговых органах в сервисе “E-ijara”.

Сделать это можно на сайте ijara.soliq.uz или в мобильном приложении Soliq.

При вводе ПИНФЛ студента все необходимые сведения формируются автоматически. Вы, как арендатор-студент, можете подтвердить договор с помощью SMS-кода или путем Face ID.

После подтверждения договор будет поставлен на учет в налоговых органах.

Владелец квартиры с этих доходов налог не уплачивает.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Viloyat 4-sektori rahbari murojaatlarni tingladi

🔰 Aholi murojaatlarini tinglash joylardagi muammolarni hal etish, aholining xohish-istagini o‘rganish, yordamga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi. Aynan masʼul idora va tashkilotlar rahbarlarining joylarda o‘tkazayotgan sayyor qabullarida muammo va kamchiliklar aniqlanmoqda, aholining takliflari o‘rganilmoqda.

➡️ Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektori rahbari Alovitdin Inagamov Pastdarg‘om tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. Tuman markazi Juma shahridagi 1-sonli madaniyat markazida tashkil etilgan bevosita muloqotda 4-sektor hududidagi mahallalar aholisining salomatlikni tiklashga ko‘maklashish, elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga amaliy yordam berish, eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish kabi masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni hal etish bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar masʼullariga topshiriqlar berildi.

➡️ Sayyor qabulda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, muqim daromad manbaiga ega bo‘lish va bandligini taʼminlash maqsadida tikuv mashinalari berildi.

➡️ – Men “Yuqori Bog‘onali” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilaman, – deydi Zurafo Toirova. – “Ayollar daftari”ga kiritilgan edim. Bugun menga tikuv mashinasi berildi. Chevarlik bilan shug‘ullanib, daromad topish imkoniyati yaratilganidan xursandman. Bunday eʼtibor uchun Prezidentimizdan minnatdorman.

🖊 Samarqand viloyati davlat
soliq boshqarmasi matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 “MUQADDASDIR VATAN BAYROG'i!”

Тelegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayroq31
#18_noyabr

Muqaddasdir Vatan bayrog‘i❗️

O‘zbekiston Davlat bayrog‘ining qabul qilinganiga 31 yil to‘ldi

Butun O‘zbekiston ahlining g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini o‘zida mujassam etgan Vatanimiz bayrog‘i doimo hilpirab tursin.

Aziz yurtdoshlar, Davlat soliq qo‘mitasi barchangizni Vatanimiz bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi bilan tabriklaydi!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
📘 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 149-moddasiga muvofiq, soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega biror-bir holatlar o‘ziga ma’lum bo‘lgan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxs ko‘rsatmalar berish uchun guvoh sifatida chaqirilishi mumkin.

➡️ Guvohning ko‘rsatmalari bayonnomaga kiritiladi.

❗️ Guvoh sifatida quyidagi shaxslar jalb etilishi mumkin emas:

➡️ o‘zining jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari sababli soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni to‘g‘ri idrok etishga qodir bo‘lmagan shaxslar;

➡️ o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan soliq nazoratini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan va ushbu shaxslarning kasbiy siriga taalluqli bo‘lgan axborotni olgan shaxslar. Chunonchi, bunday shaxslar jumlasiga — advokat, auditor, soliq maslahatchisi kiradi.

❗️ Guvohning ko‘rsatmalari, agar u kasalligi, keksaligi, nogironligi tufayli soliq organiga kela olmasa, u turgan joyda olinishi mumkin.

Ko‘rsatmalar olishdan avval soliq organining mansabdor shaxsi guvohni ko‘rsatmalar berishni rad etganlik yoki bundan bosh tortganlik yoxud bila turib yolg‘on ko‘rsatmalar berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi, bu haqda bayonnomaga guvohning imzosi bilan tasdiqlanadigan belgi kiritiladi.

➡️ Soliq organiga guvoh sifatida chaqirilgan xodimlar uchun soliq organiga kelganligi sababli ishda bo‘lmagan vaqt uchun asosiy ish joyidagi oylik ish haqi saqlanib qoladi.

Тelegram | Facebook | Youtube