Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.02K subscribers
14.3K photos
1.31K videos
90 files
5.83K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#hamkorlik

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi

21-sentabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev va Rossiya Federal Soliq xizmati rahbari Daniil Yegorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda shu yilning 14-aprel kuni Toshkentda imzolangan bitimning bajarilishi va O‘zbekiston Respublikasida kelgusida soliq maʼmuriyatchiligini yanada raqamlashtirishga qaratilgan ishlar batafsil muhokama qilindi.

Xususan, tomonlar joriy yil oxirigacha soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalarini tahlil qilish va aniqlashni o‘z ichiga olgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini monitoring qilishning avtomatik tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni yakunlashga kelishib oldilar.

Shuningdek, onlayn kassa texnikalari va elektron cheklar tahliliy tizimini ishga tushirilishi kutilmoqda. Tizim chakana savdo obyektlarining onlayn nazorat-kassa texnikalari bilan qamrab olish darajasini baholash, shuningdek, tovarlar va xizmatlar realizatsiyasi tarkibi haqida jamlangan maʼlumotlarni avtomatik tarzda olish imkonini beradi.

Yirik hajmli maʼlumotlarni qayta ishlash sohasida tajriba almashish uchun shu yil oktyabr oyida Davlat soliq qo‘mitasi bir guruh dasturchilari va maʼlumotlar bazasi administratorlarini Moskva shahriga yuborish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Sherzod Kudbiyev ikki davlat soliq xizmatlari o‘rtasidagi yaqin va samarali hamkorlik uchun Rossiya Federal Soliq xizmati rahbariga minnatdorlik bildirdi va uni yaqin kunlarda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi.

O‘z navbatida, Daniil Yegorov O‘zbekiston rahbariyati tomonidan soliq maʼmuriyatchiligida amalga oshirilgan izchil islohotlarning samaralarini qayd etib o‘tdi.

Xususan, elektron hisobvaraq-fakturalarga to‘liq o‘tish, tovarlar va xizmatlarni kodifikatsiyalashni joriy etishdagi muvaffaqiyatli tajriba rossiyalik hamkasblarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Davlat soliq qo‘mitasi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davom etmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Jahon banki ishtirokidagi “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hamkorlik

Manfaatli munosabatlarning yangi bosqichi – kadrlar salohiyatini oshirish

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi Sang bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Sherzod Kudbiyev uchrashuv avvalida ko‘p asrlik do‘stlik va mustahkam ishonchga asoslangan o‘zbek-koreys muloqoti bugungi kunda ham izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Shuningdek, janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida Koreya Respublikasi Milliy soliq xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlar yana-da yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.

Taʼkidlash lozim, O‘zbekiston soliq maʼmurchiligini takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlarda Koreya Respublikasi eng yaqin hamkorlarimizdan biri sanaladi.

Mamlakatimiz Prezidentining joriy yilda Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida aynan Koreya Respublikasida O‘zbekiston soliq xizmati xodimlari malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar bergan edilar.

Shu nuqtai nazardan uchrashuvda Koreya tajribasini o‘rganish maqsadida, doimiy ravishda O‘zbekiston soliq organlari xodimlari uchun Koreya Milliy soliq xizmatida malaka oshirish tizimini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

O‘z o‘rnida elchi janoblari yuksak ishonch va yaqin hamkorlik, qolaversa, samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv uchun minnatdorlik izhor etib, ikki mamlakat soliq tizimi o‘rtasidagi aloqalarini yana-da mustahkamlanishida hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hamkorlik #IHTT

Davlat soliq qo‘mitasi IHTT standartlarini qo‘llashni boshlamoqda

Joriy yilning 4-5-may kunlari Davlat soliq qo‘mitasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Parij shahridagi shtab-kvartirasida bo‘ldi.

Tashrif davomida soliq solish bazani kamaytirish va daromadlarni soliqdan yashirishga qarshi kurashish bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) harakat rejasi standartlarini qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, IHTT rahbariyatiga O‘zbekiston Respublikasining Global forumga qo‘shilish maqsadi haqidagi rasmiy arizasi taqdim etildi. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi soliq maʼmuriyatchiligi tizimiga xalqaro standartlarni joriy etish imkonini beradi.

Tomonlar O‘zbekistonning IHTT standartlariga qo‘shilish qarori bugungi kunda mamlakatda soliq maʼmuriyatchiligi mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va o‘zgarishlarning mantiqiy davomi ekanligini taʼkidladi.

Muzokaralar natijasida IHTT standartlarini joriy etish masalalarida Davlat soliq qo‘mitasiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram