Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.09K subscribers
15.1K photos
1.48K videos
98 files
6.25K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
❇️“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili amalda

Bugungi kunda davlat soliq idoralari xodimlari “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida faoliyat yuritmoqda. Qo‘shrabot tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar huzuriga borgan holda ularga amaliy ko‘mak berib kelinmoqda. Jumladan, mas’ullar tumandagi “Rabot polietilen servis” MChJ da bo‘lib korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

- Korxonamiz 2017-yil 19- iyundan faoliyat boshlagan,- deydi korxona hisobchisi San’at Abdusaidov.- Buxgalteriya hujjatlarini yuritish, soliq rejimini tanlagandan so‘ng faoliyat turi bo‘yicha soliqlarni hisoblash, hisobot topshirish hamda to‘lash tartibi bo‘yicha tuman davlat soliq xizmati organi xodimlaridan maslahat olib kelamiz. “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida soliq qonunchiligidagi o‘zgarish va qo‘shimchalar mazmun mohiyati, sohadagi o‘zgarishlar, soliq imtiyozlari xususida tushunchalar berib borishadi.

Korxona bankdan 250 million so‘m imtiyozli kredit olib, Xitoy xalq respublikasidan ishlab chiqarish uskunalari keltirildi. Korxonada politilien quvurlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, qo‘shimcha 4 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Ta’kidlash lozimki, soliq xodimlari korxona hisobchisiga oylik va choraklik hisobotlarni elektron shakllantirish hamda yuborish, E-ijara va E-imtiyoz avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha batafsil tushuncha berishdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
SAVOL: Oilaviy korxonamiz bor. Oilaviy korxona qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanishi mumkinmi?

Sanjar Egamberdiyev

🧄🥦🌽🍅 JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunining 12-moddasida oilaviy korxonaning huquq va majburiyatlari keltirib o‘tilgan bo‘lib, oilaviy korxona tashqi iqtisodiy faoliyatni (import va eksport qilish) amalga oshirish huquqiga ega ekanligi belgilangan.

📢 Savolga Samarqand viloyati DSB bo‘lim boshlig‘i Bekzod Soliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#mol_mulk_soligi

Mol-mulkni baholash natijalarini soliq organlariga masofadan yuborish mumkin

Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida soliq organlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarini mustaqil baholash natijalarini taqdim etish interaktiv xizmati mavjud.

💻Mustaqil baholash natijalarini soliq organiga my3.soliq.uz saytidagi “Barcha xizmatlar” bo‘limi orqali masofadan yuborish mumkin.

👉Xizmatdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma bilan bilan batafsil bu yerda tanishing!

Eslatib o‘tamiz ❗️Soliq to‘lovchilar 1-oktabrgacha ko‘chmas mulk qiymatini baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda mustaqil baholashni o‘tkazish yoki oxirgi 2 yil davomida baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda o‘tkazilgan mol-mulkni baholash natijalarini soliq organlariga taqdim etish huquqiga ega. Bunda, soliq to‘lovchilar 2022-yil 1-aprelgacha mustaqil baholash to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilishlari kerak edi. (oxirgi muddat – 31-mart)

Agar soliq to'lovchilar soliq organlarini belgilangan muddatda xabardor qilmagan bo‘lsa, ular mol-mulkning minimal qiymatini hisobga olgan holda aniqlashtirilgan ma'lumotnomani taqdim etishlari shart.
👉PQ-73-son 30.12.2021-yil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
SAVOL: Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘idan imtiyozlarga egami?

Olim Mamarajabov

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 414-moddasiga muvofiq, soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o‘rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi:

➡️ madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari mustasno), jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot obyektlarining;

➡️ qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan mol-mulkning;

➡️ yangi neft va gaz quduqlarining — ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab ikki yil muddatga.

❗️ Yangi neft va gaz quduqlariga nisbatan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugagandan keyin uch yil davomida belgilangan soliq stavkasining 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladi.

Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi:

➡️ yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va xodimlarining umumiy sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar;

➡️ qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga.

➡️ qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari, shu jumladan ularga o‘rnatilgan hamda ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar.

📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimi Umid Alimov javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#savol_javob
#onlayn_NKM

Barcha tadbirkorlar uchun 2D-skanerlardan foydalanish majburiymi?

Faqat raqamli markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari
onlayn-NKM va virtual-kassa mashinalariga ulangan maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘ish terminallari va boshqalar) foydalanishi shart❗️

Bunday qurilmalar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlaydi.

Ushbu talab Prezident qaroribilan 2022-yil 1-yanvardan boshlab o‘rnatilgan.

Raqamli markirovkaga ega mahsulotlar chakana savdosi bilan shug‘ullanmaydigan tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatida ixtiyoriy asosda 2D-skanerlardan foydalanishi mumkin.

Muhim. 2023-yil 1-yanvardan mahsulotlar chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn-NKTlardan foydalanish taqiqlanadi.
👉PQ-5252-son 4.10.2021

‼️Shtrix-kod va raqamli markirovka kodlarini o'qish imkoniga ega qurilmalar sotib olganlar uchun imtiyoz nazarda tutilgan.

👉2D-skanerlardan foydalanishning qulayligi nimada?

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#вопрос_ответ
#онлайн_ККМ

Обязательно ли всем предпринимателям использовать 2D-сканеры?

Только
субъекты предпринимательства, осуществляющие розничную продажу продукции с цифровой маркировкой, должны обязательно использовать специальные устройства (2D-сканеры, терминалы сбора данных и др.), подключенные к онлайн-ККМ и виртуальным кассам ❗️

Такие устройства обеспечивают им правильное считывание и идентификацию штрих-кодов и кодов цифровой маркировки.

Это требование установлено Постановлением Президента с 1 января 2022 года.

Субъекты предпринимательства, которые не реализуют в розницу продукцию с цифровой маркировкой, могут применять в своей деятельности 2D-сканеры в добровольном порядке.

Важно.
С 1 января 2023 года субъектам предпринимательства, осуществляющим розничную продажу продукции, запрещается использовать в расчетах с населением онлайн-ККТ, не обладающую возможностями самостоятельного считывания и идентификации штрих-кодов и кодов цифровой маркировки.
👉ПП №5252 от 4.10.2021

‼️Для тех, кто приобретает устройства для считывания штрих-кодов и кодов цифровой маркировки, предусмотрена льгота.

👉В чем преимущества использования 2D-сканеров?

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
🟢 Ishtixon tumani 4-sektori rahbari O‘tkir Boyzoqov “Temir daftar” ro‘yxatida turgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 25 ta oilaga motoarra uskunalarini tarqatdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
🔰 Samarqand tumani 4-sektori rahbari Firdavs Nizomovning navbatdagi yoshlar bilan uchrashuvi “Qavchinoni bolo” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.

➡️ Uchrashuvda yoshlarning bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati uchun yer, kredit ajratish, salomatlikni tiklashga moddiy yordam berish masalalaridagi murojaatlari tinglandi.

Тelegram | Facebook | Youtube