Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Ishtixon tumani 4 sektor rahbari O‘.Bayzoqov Sheyxlar mahallasida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ularning muammolari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilab olindi.

Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Эътироф

2021 йил якуни бўйича секторлар фаолиятини баҳолаш мезонларига кўра, вилоятимиздаги учта секторда бажарилган ишлар эътироф этилди.
..
#онлайн_ККМ

В отчетности по НДС и налогу с оборота суммы доходов, полученные от продаж и оказания услуг, в наличной форме и через терминал, проведенные через онлайн-ККМ либо виртуальную кассу или маркетплейс, автоматически отображаются в качестве налоговой базы.

Для обеспечения правильности расчетов на my.soliq.uz в персональном кабинете налогоплательщика в разделе «Информация об онлайн-ККМ и виртуальных кассах» можно воспользоваться услугами:

Как отразить в чеках онлайн-ККМ и виртуальных касс реализацию товаров по договору комиссии?

Совершенствуется процесс возврата чеков онлайн-ККМ и виртуальных касс

Как осуществить корректировку чеков онлайн-ККМ и виртуальных касс?

Как отразить в чеках онлайн-ККМ и виртуальных касс реализацию при получении аванса от покупателя?

Как отразить в чеках онлайн-ККМ и виртуальных касс реализацию в рассрочку (кредит)?

Как скорректировать ошибки в чеках онлайн-ККМ и виртуальных касс?

Льготы для использующих онлайн-ККМ?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Mahsulot kreditga sotilganda onlayn-NKM cheklarida qanday aks ettirilishi bo‘yicha videoqo‘llanma

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#savol_javob #keshbek

🔴Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklarga keshbek qachon qaytariladi?

🟢Onlayn-NKM va virtual kassa cheklarini Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga xarid summasidan 1% keshbek to‘lash har oy yakuni bilan keyingi oyning 21-25-sanalarida amalga oshiriladi.

🗓Xususan, mart oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar uchun hisoblangan keshbek aprel oyining 21-25-sanalarida to‘lovga chiqariladi.

👉Bugundan boshlab Soliq mobil ilovasida chek QR-kodini skanerlab 1% keshbekka ega bo‘ling

👉"Soliq" mobil ilovasidagi tasdiqlangan "keshbek" mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

👉1% keshbek qachon qaytariladi?

👉Keshbek – savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati

👉Keshbek – Isteʼmolchilar uchun yangilik!

👉Chakana savdoda jamoatchilik nazoratining ilk natijalari

👉 Tadbirkorlik subyektlarida xarid cheklariga tuzatish kiritish imkoniyati mavjud

👉Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan?
#soliq_hisobotlari

QQS hisoboti 3-ilovasi quyidagi 2 ta satr bilan to‘ldirildi
(paket kodi -10006_33)

▪️Bojxonada soliq davrlari bo‘yicha to‘langan jami QQS (joriy to‘lovlar) – 0101
▪️Bojxonada kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi berilgan QQS – 0102.

🔹0101-satrda soliq to‘lovchi tomonidan bojxonada 2022-yilda to‘langan soliq summasi;
🔹0102-satrda bojxonada kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi berilgan soliq summasi bojxona organlaridan olingan maʼlumotlarga asosan avtomat shakllanadi.

❗️QQS hisobotining 3-ilovasi *0609-satrida olib kirilgan (import qilingan) tovarlar uchun bojxonada kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilgan bo‘lsa, ushbu tovarlar bo‘yicha budjetga to‘lanmagan soliq summasi bojxona organlaridan olingan maʼlumotlarga asosan o‘sib boruvchi tartibda avtomat aks etadi hamda jami hisobga olinadigan QQS summasi kamayadi.

Soliq to‘lovchi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasini hisobga olish orqali hisoblab chiqarilgan soliqning umumiy summasini kamaytirishga haqli.
👉Soliq kodeksi 266-modda

*0609-satrSoliq kodeksining 266-moddasiga asosan to‘lanmagan soliqlarni hisobdan chiqarish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 20-aprel

I chorak uchun:

- foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 339-moddasi 5-qismi va 340-moddasi 1-qismi);

- jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 280-moddasi 3-qismi);

- maxsus renta solig‘i bo‘yicha hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454/7-moddasi 2- va 3-qismi).

mart oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);

- agar mart oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning
hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari).

aprel oyi uchun:

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 апреля 2022 года крайний срок

за I квартал:

- представления налоговой отчетности и уплаты налога на прибыль
(ч.5 ст.339 и ч.1 ст.340 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты НДС иностранными юридическими лицами, оказывающими физическим лицам услуги в электронной форме, местом реализации которых признается РУз
(ч.3 ст.280 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты специального рентного налога
(ч.2 и 3 ст.454/7 Налогового кодекса).

за март:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в марте были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса).

за апрель:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hamkorlik

Manfaatli munosabatlarning yangi bosqichi – kadrlar salohiyatini oshirish

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi Sang bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Sherzod Kudbiyev uchrashuv avvalida ko‘p asrlik do‘stlik va mustahkam ishonchga asoslangan o‘zbek-koreys muloqoti bugungi kunda ham izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Shuningdek, janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida Koreya Respublikasi Milliy soliq xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlar yana-da yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.

Taʼkidlash lozim, O‘zbekiston soliq maʼmurchiligini takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlarda Koreya Respublikasi eng yaqin hamkorlarimizdan biri sanaladi.

Mamlakatimiz Prezidentining joriy yilda Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida aynan Koreya Respublikasida O‘zbekiston soliq xizmati xodimlari malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar bergan edilar.

Shu nuqtai nazardan uchrashuvda Koreya tajribasini o‘rganish maqsadida, doimiy ravishda O‘zbekiston soliq organlari xodimlari uchun Koreya Milliy soliq xizmatida malaka oshirish tizimini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

O‘z o‘rnida elchi janoblari yuksak ishonch va yaqin hamkorlik, qolaversa, samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv uchun minnatdorlik izhor etib, ikki mamlakat soliq tizimi o‘rtasidagi aloqalarini yana-da mustahkamlanishida hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. (O‘RQ-758 11.03.2022)

❇️Xususan, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonun alohida 11-1-modda bilan to‘ldirildi.

Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari Vazirlar Mahkamasining 283-sonli qarori (14.05.2020 yil) bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida” Nizomdan mazkur Qonunga tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shimcha yengilliklar yaratilgan holda o‘tkazildi.

Jumladan:

• kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun belgilangan qo‘shimcha 60 bank kunlik muddatning o‘rniga 90 kalendar kun belgilandi;

• boshqa tadbirkorlik sub’ektlari uchun esa 30 bank kunlik muddat o‘rniga 45 kalendar kun belgilandi;

• jarimalarni qo‘llashda noaniqliklarni oldini olish maqsadida belgilangan muddatlarga aniqlik kiritildi;

• tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha *aktivlarning repatriatsiya qilinishini ta’minlamaganlik uchun jarimalar miqdorlari ikki baravarga kamaytirildi.

Shuningdek, import operatsiyalari bo‘yicha transportda tashish yoki saqlash chog‘ida taraflarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yaroqsiz holatga kelgan tovarlar uchun jarimalar qo‘llanilishi bekor qilindi.

Yengib bo‘lmas kuch ta’siri yuzaga kelganda import operatsiyalari bo‘yicha qo‘llaniladigan jarimalar yengib bo‘lmas kuchning ta’sir muddatiga uzaytirilishi belgilandi.

Aktivlar repatriatsiyasi – bu norezident majburiyatlarining bajarilishi hisobiga aktivlarning Respublikaga kelib tushishini taʼminlash hisoblanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oqdaryo tuman 4-sektor hududidagi Temirak mahallasida viloyat markazida faoliyat yurituvchi malakali mutaxassislar zamonaviy tibbiyot uskunalarini yordamida mahalla aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.
❇️Ko‘chma savdo obyektlari axborot portali yaratildi

Ko‘chma savdo va savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish orqali soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “K — SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) ishga tushirildi.

“K-SAVDO” AATda ko‘chma savdo obyektlarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazgan tadbirkorlik subyektlari O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chma savdo bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.

Ko‘chma savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha subyektlar k-savdo.soliq.uz internet manzili orqali yangi platformadan foydalanishlari mumkin.
Tizimdan foydalanish uchun elektron raqamli imzo yordamida portaldagi shaxsiy kibinetga kirish lozim.

Portalning asosiy oynasi quyidagi menyulardan iborat

– Savdo joyini ro‘yxatdan o‘tkazish;

– Transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish;

– Savdo avtomati joyini ro‘yxatdan o‘tkazish.

Tadbirkorlik subyekti tomonidan savdo joyini ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida tizimga kirilganda ro‘yxatdan o‘tkazish oynasi ochiladi va uning arizasiga ko‘ra sxema shakllantiriladi.

Bunda, murojaat qiluvchining JSHSHIR, murojaat qiluvchining to‘liq nomi, telefon raqami, elektron pochta manzili hamda murojaatning maqsadi yaʼni ixtisoslashuvi, joylashuvi, hudud nomi (shahar/tuman), obyektning manzili (ko‘cha, uy), xaritadagi joylashuvi (lokatsiya), obyekt maʼlumotlari (rasmi) biriktirilgan holda maʼlumotlar saqlanadi.

Shakllantirilgan sxema tizim orqali hududiy soliq hamda kadastr organlarida avtomat ravishda ko‘rinadi va ular tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangandan keyin tegishli vazirliklar bilan kelishiladi (Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari va hududiy tuman, shahar hokimliklari).

To‘liq tasdiqlangan obyektlar “E-auksion” tizimiga yuboriladi va auksion savdolari o‘tkaziladi.

– Auksion g‘olibiga QR-kodli guvohnoma taqdim etiladi.

– Savdo joyi belgilangan muddat davomida (36 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga) auksion g‘olibi uchun band qilinadi.