Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.05K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.97K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
🔵 Bulung‘ur tumani hokimi: bozor va yarmarka hududi aholi uchun qulay bo‘lishi kerak

Bugun Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov sektor rahbarlari hamrohligida “Bulung‘ur dehqon bozori” MChJ hamda yangi yil yarmarkasi tashkil etilgan hududda bo’ldi.

Hokim bozor hududini ko‘zdan kechirar ekan, tadbirkorlar va xaridorlar bilan suhbatda bo‘ldi. Yangi yil bayrami oldidan xaridorgir bo‘lgan iste’mol mahsulotlari, ayniqsa go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxi, sifati bilan qiziqdi. ..

Batafsil: https://bulungur.uz/uz/node/2346

Ulaning va ulashing:
Web-sayt | Facebook
Telegram | YouTube
#Bilasizmi

🟢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 2022-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma bo‘yicha tekshiradi.
🔹 Savdo-sanoat palatasi a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlik subyekti roziligi bilan Savdo-sanoat palatasi xodimlari ishtirok etadi.
🔹 Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobi elektron tarzda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan yuritiladi.
🔹 Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni o‘tkazishga qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi, bundan soliq tekshiruvlari, jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv faoliyati doirasida, shuningdek, qonunchilik hujjatlari buzilishi haqidagi murojaatlar va ma’lumotlar asosida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
#e_aktiv

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) test rejimida ishga tushirilgani haqida xabar berilgan edi.

Mazkur tizim tadbirkorlik subyektlariga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalar hisobini yuritish imkonini beradi.

Hozirda tizimni amaliyotga joriy etishning birinchi bosqichi olib borilmoqda. Bunda asosiy eʼtibor elektron hisobvaraq-faktura va bojxona-yuk deklaratsiyalari asosida faqat kiruvchi va chiquvchi tovarlar oqimini avtomatik ravishda hisobga olishga qaratilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining taklif va murojaatlari asosida tizimni yirik avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobi dasturiy mahsullari (1C, SAP va boshqalar) bilan integratsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.

2022-yil 1-iyulgacha “E-aktiv” AATdan lozim darajada foydalanmaganlik uchun soliq to‘lovchilarga ta'sir choralari ko‘rilmasligini maʼlum qilamiz.

Ma'lumot uchun. “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimini 1C dasturiy mahsulining “Perfect Solutions” va “Venkon Group” integratorlari bilan integratsiyalash ishlari yakuniga yetkazildi.

📹Videoqo'llanma
____________
#e_aktiv

Уважаемые налогоплательщики!

Ранее сообщалось, что Государственным налоговым комитетом в тестовом режиме запущена автоматизированная информационная система (АИС) “E-aktiv”.

Данная система позволяет субъектам предпринимательства отражать все операции, связанные с учетом основных средств, нематериальных активов и товарно-материальных ресурсов, а также формированием и уменьшением уставного капитала.

В настоящее время осуществляется первый этап внедрения данной системы в практику. Основное внимание уделяется учету оприходованных и реализованных товаров в автоматическом режиме на основе данных электронных счетов-фактур и грузовых таможенных деклараций.

Вместе с тем на основе поступивших обращений и предложений хозяйствующих субъектов продолжается интеграция системы с автоматизированными программами бухгалтерского учета (1С, SAP и др.).

Сообщаем, что до 1 июля 2022 года по отношению к налогоплательщикам не будут применены меры воздействия за неполноценное использование АИС “E-aktiv”.

Для справки. На данный момент системными интеграторами “Perfect Solutions” и “Venkon Group” завершена интеграция системы “E-aktiv” с программным продуктом 1С.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Yangiliklar

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi ikki baravarga pasaytirilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
Pastdarg‘om tumani 4-sektori xodimlari va ularga biriktirilgan vakillar tomonidan “Chandir” va “Chandirobod” MFYlarida muammoli kreditlarni undirish choralari ko‘rilmoqda. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
Ishtixon tumani 4-sektori rahbari O‘tkir Boyzoqovning tashabbusi bilan sektor hududidagi ehtiyojmand yashash sharoiti og‘ir bo'lgan 4 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube