Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.02K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
90 files
5.82K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

2025-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari:

Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar soliq stavkasiga quyidagilar qo'llaniladi:

▪️suv tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sug‘orish uchun olingan suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,5 kamaytiruvchi koeffitsient;

▪️suv tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sug'orish uchun suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient;

▪️baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient;

▪️suv tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sug'orish uchun olingan suv hajmi suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanmaganda - 1,1 oshiruvchi koeffitsient.

Avval yagona 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient qo'llanilgan.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari soliq stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi yoki 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsientlar belgilashga haqli.

❗️Elektr stansiyalari va kommunal xizmat ko'rsatish korxonalari, qishloq xo'jaligi yerlarini sug'orish va baliq yetishtirish uchun foydalaniladigan suv hajmi, shuningdek ro‘yxati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq to'lovchilar bundan mustasno.

👉 Soliq kodeksi 445-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #AOS

Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha o‘zgarishlar

Tovarlar (xizmatlar) eksportidan olinadigan daromadlar AOSga tortiladi. Avval soliq bazasidan chegirilgan.
👉 Soliq kodeksi 464-moddasi

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar AOSni 3% stavkada to'laydilar (oldin 2%).

Boshqa faoliyat turlari bo‘yicha stavkalar o'zgarishsiz qoldi.

2025-yilda qat’iy belgilangan summada to‘lovchilar uchun AOS stavkalari jami daromadiga qarab quyidagi miqdorda belgilanadi:
📉500 mln so'mdan oshmaganyiliga 30 mln so'm;
📈500 mln so'mdan yuqori - yiliga 40 mln so'm.

2026-yil 1-yanvardan qat’iy belgilangan summadagi AOS bekor qilinadi.

👉Soliq kodeksi 467-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #QQS

QQS bo‘yicha o‘zgarishlar

2025-yilda QQS stavkasi 12% miqdorida saqlanib qolindi.

QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yil 1-yanvarga qadar o‘zgarmaydi.

2025-yil 1-iyuldan yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlari QQSga tortiladi.
Avval soliqdan ozod etilgan edi.

Davlat mol-mulkini, shu jumladan mulk huquqi asosida qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish QQSga tortilmaydi.

👉 Soliq kodeksi 243-modda

Mahsulotlarning eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

▫️kontrakt (kontrakntning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);

▫️tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun asos bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi (Ilgari O'zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tovarlarni olib chiqish uchun bojxona organining belgisi bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi);

▫️O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan tovarning kuzatuv hujjatlari (ilgari tovar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan)

Bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga taqdim etiladigan tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi.

👉 Soliq kodeksi 261-modda

QQSdan quyidagilar ozod qilinadi:

▪️2027-yil 1-yanvargacha – Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha protez moslamalarini va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O'zbekiston hududiga olib kirish;

▪️2024-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvargacha - O'zbekiston rezidentlari bo'lgan vagon (konteyner)lar operatorlarining temir yo'l transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartnomasi asosida foydalanishga berish xizmatlari;

▪️2030-yil 1-yanvargacha - O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash hamda ularning faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, zamonaviy o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnika resurslari.

Shuningdek, budjet tashkilotlarining Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi qaysi infratuzilma loyihalari bo‘yicha tovarlar (xizmatlar) QQSdan ozod etilishiga aniqlik kiritildi:
▫️elektr, gaz va issiqlik ta'minoti;
▫️suv ta'minoti va kanalizatsiya;
▫️suv xo'jaligi;
▫️yo'l-transport infratuzilmasi;
▫️aloqa va telekommunikatsiya;
▫️agrologistika;
▫️sanitariya jihatdan tozalash;
▫️qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish
.
Imtiyoz loyiha ishtirokchilariga ham qo‘llaniladi.

👉 Soliq kodeksi 483-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Paxta xomashyosi realizatsiya qilinganda EHF bilan birga tovar-transport yuk xati ham rasmiylashtiriladi


"Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini izchil qo‘llashni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoni qabul qilindi.
👉PF-7-son 17.01.2025-y

Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-apreldan boshlab paxta xomashyosi va undan tayyorlanadigan barcha turdagi mahsulotlar bo‘yicha EHFni rasmiylashtirish chog‘ida bir vaqtning o‘zida tovar-transport yuk xatini (TTY) rasmiylashtirish ham talab etiladi. Bunda:

📑ushbu mahsulot turlarining ro‘yxati Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi (tovarlar va xizmatlar) kodlari asosida Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi;

❗️2025-yil 1-apreldan keyin omborlarda saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralarning EHF va TTY rasmiylashtirilmagan qoldiqlari soliq organlari tomonidan hisobga olinmaydi (inventarizatsiyadan o‘tkazilmaydi) va soliq solish maqsadida soliq to‘lovchining omborida mavjud emas deb hisoblanadi hamda soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) sifatida baholanadi.

Tadbirkorlik subyektlari ushbu muddatda paxta xomashyosi va undan qayta ishlangan mahsulotlar bo‘yicha mavjud tovar-moddiy zaxiralar haqidagi barcha ma’lumotlarni soliq organlari ma’lumotlar bazasiga kiritilishini ta’minlashlari shart.

Soliq qo‘mitasiga ikki oy ichida tadbirkorlik subyektlariga o‘z hisobotlari asosida qolgan tovarlarning turi va miqdorini ko‘rsatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni ishga tushirish vazifasi topshirildi.

🗒 Ma’lumot uchun: 2024-yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar uchun, 2024-yil 1-iyuldan esa barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.
_________
#новое_в_законодательстве

При реализации хлопка-сырца вместе с ЭСФ будет также оформляться товарно-транспортная накладная

Принят Указ Президента "О мерах по последовательному продолжению применения рыночных механизмов при выращивании и реализации хлопка-сырца".
👉№УП-7 от 17.01.2025 г.

Согласно документы с 1 апреля 2025 года при оформлении ЭСФ по хлопку-сырцу и всем видам изготавливаемой из него продукции требуется также одновременное оформление товарно-транспортной накладной (ТТН). При этом:

📑перечень видов данной продукции утверждается Налоговым комитетом по кодам Единого электронного Национального каталога продукции (товаров и услуг);

❗️после 1 апреля 2025 года остатки хранящихся на складах товарно-материальных запасов, на которые не оформлены ЭСФ и ТТН, не подсчитываются (не проходят инвентаризацию) налоговыми органами и в целях налогообложения признаются отсутствующими на складе налогоплательщика и оценивается как сокрытие (занижение) налоговой базы.

🖥В этот срок субъекты предпринимательства должны обеспечить включение в базу данных налоговых органов всех сведений об имеющихся товарно-материальных запасах по хлопку-сырцу и переработанной из него продукции.

Налоговому комитету поручено в двухмесячный срок запустить программное обеспечение, предоставляющее субъектам предпринимательства возможность показывать виды и объемы товаров, которые находятся в остатке на основании их отчетов.

К сведению. С 1 апреля 2024 года для крупных налогоплательщиков, с 1 июля 2024 года - для всех хозяйствующих субъектов внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #ijtimoiy_soliq

Ijtimoiy soliq stavkasi 1%:

🔹2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha kambag‘al oila a’zolarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari uchun.
❗️Shart - mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo'lmasligi kerak (1 732 500 so'm).

🔹2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrgacha kasbga o‘rgatish uchun maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilarini (30 yoshdan oshmagan) ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari uchun.

Ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi:

🔹2030-yil 1-yanvargacha chet el o'qituvchilari va mutaxassislarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari.

👉 Soliq kodeksi 483-modda
__________
#налоговая_политика_2025
#новое_в_законодательстве #социальный_налог

Ставка социального налога 1%:

🔹С 1 января 2025 года по 1 января 2028 года для предпринимателей, принявших на работу малоимущих членов семьи.
❗️Условие - ежемесячная зарплата не менее 1,5 МРОТ (1 732 500 сумов).

🔹С 1 сентября 2024 года по 1 сентября 2027 года для предпринимателей, принявших на работу учеников школ, колледжей и техникумов (не старше 30 лет) для профессионального обучения.

Освобождаются от уплаты соцналога:

🔹до 1 января 2030 года предприниматели, принявшие на работу иностранных преподавателей и специалистов.

👉ст.483 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads