Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.05K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.97K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-oktabrga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

Soliqlar – yurtimiz farovonligi, yo‘llarimiz ravonligi, sarhadlarimiz mustahkamligi, aholi salomatligi, farzandlar kelajagi uchun sarflanadi.
Mol-mulk va yer solig‘i o‘z vaqtida to‘lanishi lozim

Soliq kodeksiga ko‘ra, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash soliq davri uchun teng ulushlarda 15-aprelgacha va 15-oktabrgacha amalga oshirilishi belgilangan.

Quyidagilar mol-mulk solig‘ining soliq solish obyektidir:

- uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari

- tadbirkorlik faoliyati yoki daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari

- qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar


- ko‘p kvartirali uylarga uzviy bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshoatlar

Quyidagilar yer  solig‘ining soliq solish obyektidir:

- jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari va dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari

- yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalari

- jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari


- xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar

- meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari

-mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari

- tadbirkorlik uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari
4-sektor rahbari toyloqlik yoshlar bilan uchrashdi

Yoshlar muammolarini bevosita joylarda o‘rganish va hal etish, maqsadida Toyloq tumanida Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari E.Tolliyevning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda barcha yoshlar bilan do’stona suhbatlashib, ularning muammolari tinglandi. Xususan, yoshlar bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni yo'lga qo'yishda amaliy yordam ko'rsatish va boshqa masalalarda murojaat qilishdi.

Sektor rahbari tomonidan muammolar o’rganildi va ba'zilari joyida o‘z yechimini topdi. Vaqt talab etuvchi murojaatlar esa nazoratga olinib, mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.
Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari topshirig‘iga ko‘ra boshqarma  mas'ullari tomonidan Oqdaryo tumanigi fermer xoʼjaliklarida paxta terimi jarayoni,terimchilarga yaratilgan sharoitlar oʼrganildi.                                                                                  Yetishtirilgan paxta hosilini nest nobud qilmasdan terib olish boʼyicha koʼrsatmalar berildi. Shuningdek, ilgʼor terimchilar sovg‘alar topshirildi.