Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.99K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
88 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#deklaratsiya

2023-yilda chet eldan pul o‘tkazmasi olgan edim. Soliq organlari buning uchun soliq hisoblashga haqlimi?

Agar jismoniy shaxs jismoniy shaxsdan pul mablag'i olgan bo'lsa, unda bu daromad soliqqa tortilmaydi va jami yillik daromad to'g'risida deklaratsiya taqdim etilmaydi.

Agar jismoniy shaxs xorijiy yuridik shaxsdan daromad olgan bo'lsa, u holda ushbu daromad 1-aprelgacha taqdim etilishi kerak bo'lgan deklaratsiya asosida soliqqa tortiladi.

Tijorat banklari soliq organlariga xorijiy yuridik shaxsdan jismoniy shaxsning hisobvarag'iga chet eldan kelib tushgan mablag'lar to'g'risida umumlashtirilgan ma'lumotlarni taqdim etadi.

Agar soliq to'lovchi 1-aprelgacha ushbu daromad bo'yicha deklaratsiya taqdim etmasa, soliq organi o'zida mavjud ma'lumotlarga asoslanib soliq hisoblaydi va bu haqda soliq to'lovchini xabardor qiladi. Hisoblangan soliq to'g'risida batafsil ma'lumot aks ettirilgan xabarnomalar soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilgan. Bunda soliq summasi 1-iyungacha to'lanishi lozim.

Agar soliq to‘lovchining hisoblangan soliq summasiga e'tirozi bo‘lsa va tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lsa, u holda ushbu hujjatlarni ilova qilgan holda my3.soliq.uz sayti orqali qayta deklaratsiya taqdim etishi lozim.
__________
#декларация

В 2023 году я получил денежный перевод из-за рубежа. Вправе ли налоговые органы начислить по нему налог?

Если физлицо получило денежные средства от физического лица, то эти доходы не облагаются налогом и декларация о совокупном годовом доходе не представляется.

Если физлицо получило доходы от иностранного юрлица, то эти доходы подлежат налогообложению на основании декларации, которую необходимо представить до 1 апреля.

Коммерческие банки предоставляют налоговым органам обобщенную информацию о поступлении на счет физлица денежных средств из-за границы от иностранного юридического лица.

Если налогоплательщик не представит по этим доходам декларацию в срок до 1 апреля, то налоговый орган на основании имеющейся у него информации имеет право начислить налог и известить об этом налогоплательщика. Уведомление с подробной информацией о начисленном налоге имеется в персональном кабинете налогоплательщика. Налог уплачивается до 1 июня.

Если налогоплательщик не согласен с суммой начисленного налога и у него имеются обосновывающие документы, то ему необходимо подать перерасчет по декларации через сайт my3.soliq.uz с приложением этих документов.
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

Ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzi 1,4 trln so‘mdan oshdi

2024-yil 1-may holatiga ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi (100 mln so'mdan yuqori) mavjud korxonalar soni 1 116 ta bo‘lib, ularning jami qarzdorligi – 1 487,2 mlrd so'm. Shundan, 477,3 mlrd so‘mi, ya'ni 32,1 %i soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

📊Hududlar kesimida ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari – TOP-3:

📍Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI – 998,8 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati – 98,4 mlrd so‘m;
📍Toshkent shahri – 61,9 mlrd so‘m.

Samarqand viloyatida: 👇👇👇

2024-yil 1-may holatiga ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi (100 mln so'mdan yuqori) mavjud korxonalar soni 59 ta bo‘lib, ularning jami qarzdorligi – 48 mlrd so'm.
❇️ Samarqand viloyati 4-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli Kattaqo‘rg‘on shahrining Go‘zalkent mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Valiev va shahar mas’ullari ishtirok etgan qabul davomida fuqarolar subsidiya ajratish, tibbiy va moddiy yordam koʻrsatish, ish bilan ta’minlash hamda soliq bo‘yicha o'z muammolarini bayon etishdi.

Mazkur masalalarning ayrimlari joyida hal etilgan bo'lsa, vaqt va mablag' talab etiladigan masalalar yuzasidan mas'ul xodimlarga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Sayyor qabul yakunida kursni tamomlab tikuv mashinasi so‘ragan xotin-qizlarga tikuv mashinalari taqdim etildi.
#qonun_loyihasi

Senatning 52-yalpi majlisida “Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi

Qonun bilan Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar kamaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida belgilangan huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 % (amaldagiga nisbatan qariyb 98 %ga qisqaradi) miqdorida qollanilladi.

Mazkur huquqbuzarlik moliyaviy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdori 20 %ni tashkil etishi belgilanmoqda.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni yanada maqbullashtirishga va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.