Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
87 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIYOR YANGILIKLARI  |   SOLIQ  TIZIMINI  RAQAMLASHTIRISH
#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar muammolarini hal etishga ko‘maklashadi

O‘tkazilgan davra suhbatida koʻtarilgan masalalar xususan, markirovka va integratsiya jarayonlarida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan soliq xizmati organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv 2023-yil 21-dekabr (payshanba) soat 15:00da Soliq qo‘mitasining “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazida bo‘lib o‘tadi.📍Manzil: Muqimiy ko‘chasi, 166.

Shuningdek, oʻtkazilgan nazorat tadbirlari bo‘yicha hududiy soliq organlari tomonidan chiqarilgan qarorlar ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchunSoliq tekshiruvi yuzasidan shikoyat Telegram boti ishga tushirildi.

Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi tomonidan Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasi qo‘llanilishi bilan bog‘liq choralarini yumshatishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlangan.
__
#встреча

Налоговый комитет содействует решению проблем предпринимателей

Для решения вопросов, поднятых в ходе круглого стола, в частности, проблем, возникающих в процессах маркировки и интеграции, будет организована встреча органов налоговой службы и субъектов предпринимательства.

Встреча состоится 21 декабря 2023 года (четверг) в 15:00 часов в Научно-информационном центре "Янги технологиялар" Налогового комитета. 📍Адрес: улица Мукими, 166.

Также для рассмотрения жалоб на решения территориальных налоговых органов, вынесенные по проведенным контрольным мероприятиям, запущен Telegram-бот «Жалоба на налоговую проверку».

В целях поддержки субъектов предпринимательства Торгово-промышленной палатой подготовлен проект нормативно-правового документа, предусматривающего смягчение мер, связанных с применением статьи 227 прим.1 Налогового кодекса.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Oqdaryo tumani, Primkent mahallasida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Valiev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Mahalla binosida tashkil etilgan qabulda mahalla aholisi ichki yo‘llarga shag‘al yotqizish, kredit olish, simyog‘ochlarni yangilash, sog‘lig‘ini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalar yuzasidan murojaat qilishdi.

Tuman mutasaddilari, tuman 4-sektor rahbari ishtirokida har bir murojaat batafsil o‘rganildi.

Shag‘al yotqizish bo‘yicha qilingan murojaat yuzasidan aniq chora belilab olindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

my.soliq.uz sayti orqali ortiqcha to‘lagan soliqlaringizni qaytarib olishingiz yoki boshqa soliqdan qarzingiz bo‘lsa o‘shanga o‘tkazishingiz mumkin.
#deklaratsiya

Deklaratsiya asosida daromad solig‘i to‘lashi lozim bo‘lgan fuqarolarga SMS yuborilmoqda

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

📩Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga deklaratsiya (mol-mulkini ijaraga berishdan, noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida va chet eldan olgan daromadlari) asosida hisoblangan daromad solig‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar SMS ko‘rinishida yuborilmoqda.

🔗 SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” havolasi bor. “Batafsil” orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan.

📲 “To‘lash” bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi.

📊 Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin.

❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.
#JShODS
#deklaratsiya

Fuqarolar qanday holatda o'z ko'chmas mulkini sotishdan olingan daromaddan soliq to'laydi?

Jismoniy shaxslarning quyidagilarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi:
▫️noturar joylar;
▫️36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylar.
👉Soliq kodeksining 378-moddasi

Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki hadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida o‘tganligidan qatʼiy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad solig'i to‘lashi lozim.

Jismoniy shaxsning mulkida 3 yildan ko‘p muddatda bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi va uch yillik muddat soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan har bir obyekti bo‘yicha alohida hisoblanadi.

Jismoniy shaxs mulkida 3 yildan kam muddatda turar joyni sotishdan olgan daromadlari to‘g‘risida doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay (Soliq kodeksining 397-moddasi), jami daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi va daromad solig‘i summasini 1-iyunga qadar to‘lashi lozim. (Soliq kodeksining 398-moddasi)

my3.soliq.uz saytidan jami daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani elektron shaklda taqdim etish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari mazkur mol-mulkni hujjatlar bo‘yicha sotib olish va sotish qiymati o‘rtasidagi oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Ko‘chmas mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kadastr qiymati bilan sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksining 375-moddasi 4-bandi

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi – 12%.
👉Soliq kodeksining 381-moddasi
❇️ Samarqand viloyati soliq xizmati organi xodimlari tadbirkorlik subyektlariga tashrif buyurgan holda tushuntirish, targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqdalar. Navbatdagi ana shunday tadbirlardan biri Samarqand shahridagi tadbirkorlik tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbirlarida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida soliqdan qochish maqsadida to‘lovlarni to‘lov terminali bilan emas, balki Click va Payme to‘lov tizimlari orqali boshqa bir fuqaroning bank karta raqamiga o‘tkazish holatlari uchrab turgani aytib o‘tildi.

Amaldagi normativ huquqiy hujjatlar bilan tadbirkorlik faoliyati uchun belgilab berilgan tartiblarga rioya qilmaslik huquqiy oqibatlarga olib keladi va qonunchilikda belgilangan tartibda jarimalar solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida amalga oshirilgan har bir xarid yoki ko‘rsatilgan xizmat uchun onlayn-nazorat kassa mashinalaridan xarid chekini to‘liq miqdorda shakllantirish hamda belgilangan tartibda xaridorga taqdim etish lozim.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 20-dekabr

noyabr oyi uchun:


- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1 va 2-qismlari);

- agar noyabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3 va 4-qismlari);

dekabr oyi uchun:


- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

IV chorak uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism);

- AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 декабря 2023 года последний день

за ноябрь:


- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в ноябре были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч. 3-4 статьи 454 Налогового кодекса);

за декабрь:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в
размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

за IV квартал:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами, не являющимися плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера БРВ, а также плательщиками налога с оборота и
индивидуальными предпринимателями в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).