Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
88 files
5.78K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#soliq_taqvimi #foyda_soligi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 25-sentabr

sentabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).

❗️Izoh
. Avvalroq foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshirilgani haqida xabar berilgan edi.

Soliq toʻlovchi har chorak birinchi oyining 15-sanasidan kechiktirmay boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega.
👉Soliq kodeksining 340-moddasi

Shunga koʻra, joriy chorak uchun umumiy daromadi 5 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar tomonidan 15-iyulgacha maʼlumotnoma taqdim etilgan.

Shu munosabat bilan, sentabr oyi uchun soliq to'lovi III chorak uchun taqdim etilgan ushbu ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Oktabr oyidan boshlab umumiy daromadi 10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar foyda soligʻi boʻyicha bo‘nak toʻlovlarini amalga oshiradi.
❇️Soliq kodeksining 117-moddasiga asosan, soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga u hisobda turgan soliq organi tomonidan yuboriladi.

Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga ushbu qarz aniqlangan kundan e’tiboran yoki soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay shaxsiy kabinetga yuboriladi.

Soliq kodeksining 19-moddasiga asosan, soliq organlari, Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda, hujjatlarni elektron hujjat tarzida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi. Yuborilgan hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.

Shuningdek, Soliq kodeksining 123-moddasiga asosan, soliq qarzi bo‘yicha majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzdorligini undirish sud tartibida amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq qarzdorligi tan olinsa, soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) qaroriga binoan soliq qarzi bo‘yicha majburiyatga ega shaxsning mulki hisobidan soliq qarzdorligi undirilishi mumkin.

Soliq organi majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida tegishli qarorni qog‘ozda yoki elektron shaklda, qonunchilikda belgilangan tartibda ijro etish uchun majburiy ijro etuvchi davlat organiga yuborishi kerak.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga toʻlangan daromad soligʻini qaytarish tizimi joriy etiladi

🗓2025-yil 1-yanvarga qadar
tadbirkorlik subyektlariga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning nazoratda boʻlgan (probatsiya) davrida mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan JSHODSni qaytarib berish tizimi joriy etiladi.

Bunda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga to‘langan JSHODS summasi hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasidan so‘ng Respublika budjetidan qaytariladi.

Qonunchilika muvofiq mazkur tizim 2023-yilning noyabr oyidan ishga tushiriladi.

👉 VMQ-450-son 05.09.2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❇️26-sentabr - Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni!

O‘zbekistonda tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik, farovon hayot hukm surishi yo’lida fidoiylik bilan xizmat olib borayotgan soha vakillarini bugungi kasb bayramlari bilan tabriklaymiz.
#QQS #EHF #imtiyoz

EHF shakllantirishda "Mahsulot (xizmat) uchun nomuvofiq imtiyoz kodi ko‘rsatilgan" yozuvli xatolik chiqyapti. Ushbu xatolikni bartaraf etish uchun nima qilish kerak?

EHF shakllantirishda
QQSdan imtiyozga ega mahsulot (xizmat)lar uchun stavkaga mos imtiyoz tanlanadi.

Misol uchun, EHF toʻldirishda “QQS stavka %” ustunida “0%” koʻrsatilsa, “Imtiyoz” ustunida ushbu stavkaga mos ID (imtiyozli) tanlanishi shart.

Ushbu ustunlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar bir-biriga mos kelmasa EHF shakllantirish operator tomonidan avtomatik rad etiladi.

Bu soliq to'lovchilarda xatolarni oldini olish va soliq hisobotlarida imtiyozli aylanmani to‘g‘ri shakllantirish uchun xizmat qiladi.
❇️2023-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari
Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini qolgan yarmini qachongacha toʻlashi kerak?
Anonymous Poll
7%
1-oktabrgacha
4%
10-oktabrgacha
85%
15-oktabrgacha
4%
1-dekabrgacha
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

🏘 Kimlar 60 kv.m doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilingan?

🎞Batafsil videorolikda
❇️Paxtachi tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tumanda joylashgan davlat muzeyiga sayohat uyushtirishdi.

Xodimlar muzeyda saqlanayotgan nodir eksponatlarni ko‘zdan kechirishdi.

Xalqimizning ming yillik an’analari, qadriyatlari to‘g‘risida yanada ko‘proq ma’lumot va tasavvurga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, tuman tarixi bilan bog‘liq bo‘limda Paxtachi tumaning yaqin tarixi bilan tanishishdi.
#MXIK

1-oktabrgacha AKT sohasidagi xizmatlar uchun MXIKlar ro‘yxatini yangilang

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari ro‘yxati tasdiqlangan.
👉VMQ 447-son 04.09.2023 yil

Mazkur qarordan kelib chiqib, Mahsulotlar (tovar va xizmat)larning yagona elektron milliy katalogida ushbu soha xizmatlariga biriktirilgan MXIKlar inventarizatsiyadan o‘tkazilgan.

Inventarizatsiya natijasida kodlar strukturasi va tuzilishi o‘zgartirildi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi MXIKlarning yangilangan ro‘yxati Katalogga joylashtirilgan. 2023-yil 1-oktabrdan boshlab undan foydalanish majburiy bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, hozirda nazorat-kassa texnikalarida amal qilayotgan kodlarni belgilangan sanagacha qayta tekshirib chiqish hamda taklif etilayotgan kodlarga o‘zgartirish tavsiya etiladi.

📞Savollar va takliflar bo‘yicha 71-202-32-32 raqami orqali katalog Operatoriga murojaat qilishingiz mumkin.
__________
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.
❇️15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun yer va mol-mulk solig‘i to‘lashning so‘nggi kuni!

Siz to‘lagan soliqlar aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi.

Soliqlarni masofadan Soliq mobil ilovasi (Android / iOS ) orqali tez va oson to‘lashingiz mumkin.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.
♻️Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 99-moddasiga ko‘ra soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli organ ushbu kodeksning 17-moddasi ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasi va mazkur kodeksining 17-moddasi 1-qismining 6-8-bandlarida ko‘rsatilgan soliqlar va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari hisoblanadi.

Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11-dekabrlagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida”gi 776-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talabi asosida hududiy xalq deputalari qarori bilan amalga oshiriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib Siz belgilangan tartibda viloyat (shahar) soliq boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi shu'ba boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim
👉
Soliq kodeksi 423-modda

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan:
▫️uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
▫️daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari;
▫️qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar;
▫️koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari;
▫️boshqa imoratlar, binolar va inshootlarga
ega bo‘lgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 418-modda

👉2023-yil uchun mol-mulk solig‘i stavkalari
❇️SMS-xabar deklaratsiya asosida JShDSni o‘z vaqtida to‘lashga yordam beradi

📌Mol-mulkni ijaraga berishdan, noturar joy va 36 kalendar oydan kam muddatda shaxsiy mulki bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlardan deklaratsiya asosida JShDS to‘lanadi.

Endi deklaratsiya asosida daromad solig‘i hisoblanganlarga soliq organlari tomonidan manzilli tarzda yo‘llanadigan SMS-xabar soliqni o‘z vaqtida va oson to‘lashga yordam beradi.

Soliq_uz SMS jo‘natuvchi etib ko‘rsatilgan (Perfectum abonentlari uchun –6079 raqami). Boshqa raqamlardan yuborilgan SMS soliq organlariga tegishli emas.

Shunday qilib, SMS ostida Batafsil hamda To‘lash havolalari bor.

Batafsil havolasiga bosilganda to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. Unda fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi mas’ul xodimining aloqa raqami va boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.

To‘lash havolasiga bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasini yuklab olish mumkin bo‘lgan platformaga olib boriladi. Uni faqat smartfonida hali ilova o‘rnatilmaganlar yuklab olishlari lozim.

Hisoblangan soliqni “Soliq” ilovasining “Soliqlarni to‘lash” funksionali yordamida to‘lash mumkin.