Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
89 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xarid chekini talab qiling, xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘ling!

❇️ Kunlik ehtiyoj uchun har birimiz nimadir xarid qilamiz albatta. Pulini to‘laymiz, mahsulotni olamiz chiqib ketamiz.

❇️Unutmaslik lozimki, xarid cheki iste’molchilik huquqimizni himoya qilish, savdo tartib-qoidalariga rioya etishga zamin yaratadi.

❇️ Aslida ayrimlarning nazdida bir parcha qog‘ozdek tuyulgan xarid cheki mablag‘larning bankdan tashqari noqonuniy aylanishiga barham beradi.
#keshbek

Qaysi cheklar uchun va nima uchun keshbek tasdiqlanmaganligini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun Soliq (Android/iOS) mobil ilovasining bosh sahifasida "To'lovga tasdiqlangan" bo'limiga kiriladi. Keyin, kerakli oy tanlanadi. Oynada shu oyda ro'yxatdan o'tgan barcha cheklar aks etadi.

🔻Keshbek tasdiqlanmagan cheklar qizil belgi bilan ajratiladi. U bosilganda chek holati, jo'natilgan sana va fiskal ID bilan birga keshbekni rad etish sababi ko'rsatiladi.

"Batafsil" tugmasi orqali chek haqida umumiy va qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

“Qo‘shimcha ma’lumotlar” oynasi keshbek tasdiqlashning bosqichma-bosqich tartibini o‘z ichiga oladi.

bu belgi tasdiqlash bosqich muvaffaqiyatli o'tganligini bildiradi
bu belgi ushbu bosqichda xatolar aniqlanganini bildiradi

Tasdiqlangan keshbekni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Samarqand viloyatida qiymati 407,8 mlrd.so‘mlik 590 ta obyektlarda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qarori ijrosi bo‘yicha obyektlarda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, ushbu loyihalarda qurilish ta’mirlash ishlarini olib borayotgan pudratchi tashkilotlar ishtirokida  Ishtixon tumanida viloyat soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari hamkorligida  “Soliqchi tadbirkorga ko‘makchi” tamoili asosida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda mazkur pudratchi tashkilotlardan tanlov asosida o‘rganilgan 12 ta  tashkilotning faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha  tushuntirishlar berildi.
#eʼlon

Soliq qo‘mitasining 24/7 rejimidagi 📞71 202 32 82 va📞1198 qisqa raqamli Call-markazi ishlayapti.
____

#объявление

Сообщаем, что номера круглосуточного call-центра Налогового комитета 📞71 202 32 82 и 📞1198 возобновили работу.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari ochiq holda namoyish etilmaydi

Chakana savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari ochiq holda namoyish etilmaydi. Yaʼni sotuvdagi tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari oʻrniga ularning nomi va narxi aks ettirilgan roʻyxat joylashtiriladi.
Bunda xaridor talabiga koʻra, faqat sotiladigan mahsulot koʻrsatilishi mumkin.

Mazkur tartib, 2023-yil 24-maydagi Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi OʻRQ-844-son Qonunda belgilab qoʻyildi.

Shuningdek, Qonun bilan Soliq organlarining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari tasdiqlandi.
Unga muvofiq, soliq organlari:
▫️alkogol va tamaki mahsulotlarining aylanishi bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻlanishi ustidan nazorat qiladi;
▫️savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi. Ularning noqonuniy aylanmasini oldini olish choralarini koʻradi.

Qonunga muvofiq, alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotish taqiqlanadi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilishga doir cheklovlar bilan batafsil 👉bu yerda tanishing.

Qonun rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Savol: Savdo shaxobchasida xaridorga chek bermaganlik uchun, onlayn nazorat kassa mashinasidan foydalanmasa qanday jarimalar qo‘llaniladi?
🖊Abdulaziz G'iyosov

Javob: Soliq kodeksining 221-moddasiga asosan, nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishi majburiy bo‘lgani holda, ularni qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik — besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Soliq organlarida ro‘yxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qo‘llagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko‘rsatganlik, — yetti million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilishi, — yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Texnik talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik, — yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boʻlim boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Soliq mobil ilovasidan 1 trln 190 mlrddan ortiq keshbek to‘landi

Joriy yilning 29-may holatiga aprel oyi uchun 1,6 mln nafarga yaqin iste'molchiga 89,6 mlrd so‘m to‘lab berildi. 26-mayga qadar 57,9 mlrd so‘m to‘langan edi.

📆 Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o‘tgan oylar uchun hisoblangan yana 3,1 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.

📱
Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1 trln 192 mlrd so‘mdan oshdi.

Tasdiqlanish jarayonida bo‘lgan keshbeklar qachon tasdiqlanadi

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

👉Nima uchun keshbek tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasidan bilib oling.
——————————-
#кешбэк

Через мобильное приложение Soliq выплачено свыше 1 трлн 190 млрд сумов кешбэка

По состоянию на 29 мая этого года около 1,6 млн потребителей выплачено 89,6 млрд сумов кешбэка. К 26 мая было выплачено 57,9 млрд сумов.

📆 Также в результате устранения недостатков подтверждено ещё 3,1 млрд сумов кешбэка за прошлые месяцы.

📱Общая сумма кешбэка, выплаченного через мобильное приложение Soliq, превысила 1 трлн 192 млрд сумов.

Когда будет подтвержден кешбэк
, находящийся в процессе подтверждения

Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически, по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

👉Через мобильное приложение Soliq можно узнать, за какие чеки и почему не подтвержден кешбэк

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #monitoring

Soliq mobil ilovasi orqali to‘lagan soliqlarim yoki kartamga o‘tkazilgan keshbeklar tarixini qanday ko‘rsam bo‘ladi?

📊Ilovaning "Monitoring" bo‘limidagi "Chiqim" oynasida to‘langan soliqlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar manfiy (-) belgisi bilan 🔴 qizil rangda, bank kartasiga o‘tkazilgan keshbek summalari esa "Kirim" oynasida musbat (+) belgisi bilan 🟢 yashil rangda aks etadi.

🕧 Shuningdek, "Monitoring" bo‘limidagi "Amallar" oynasida amaliyotlar avtomatik shakllanadi. “Saralash” (filtr) tugmasi orqali istalgan vaqt oraligʻini belgilash mumkin.
———————-
#мобильное_приложение #мониторинг

Как я могу просмотреть историю уплаченных мною налогов или перечислений кешбэка на карту через мобильное приложение Soliq?

📊 В разделе "Мониторинг" приложения сведения об уплаченных налогах отражаются в окне "Расход" и выделены 🔴красным цветом со знаком минус (-), а суммы кешбэка, переведенного на банковскую карту, отражаются в окне "Поступление" и выделены🟢зеленым цветом со знаком (+).

🕧Также в разделе "Мониторинг" в окне "Операции" автоматически формируется информация о ваших действиях. Вы можете указать любой интервал времени с помощью кнопки "Сортировка" (фильтр).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❇️ Qonunchilikka ko‘ra, 2025 yil 1 yanvargacha:

▫️kasanachilarga daromad solig‘i kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 foizga, 1 oyda ko‘pi bilan 1 million so‘mgacha kamaytirgan holda hisoblanadi;

▫️kasanachilar ijtimoiy soliq to‘lovini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi;

▫️olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga dastlabki 3 oydagi faoliyati uchun 1 oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
Savol: Import shartnomasi bo‘yicha Turkiyadan uskuna import qilindi. Shartnoma shartlariga ko‘ra uskunani o‘rnatish harajatlari shartnomada alohida ko‘rsatilgan, bu holatda qaysi soliqlar to‘lanishi kerak?

🖊Olimjon Pardaev

❇️Javob: Soliq kodeksining 238-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish QQS bo‘yicha soliq solish obyektidir.

Shuningdek, Soliq kodeksining 255-moddasiga asosan, soliq agentlari deb e’tirof etiladigan shaxslar QQS bo‘yicha tegishli soliq summasini hisoblab chiqarishi, soliq to‘lovchidan, u soliq to‘lovchi ekanligidan yoki soliq to‘lovchi emasligidan qat’i nazar, uni ushlab qolishi va byudjetga o‘tkazishi shart.

Agar kontraktlarning shartlariga muvofiq xizmatlar chet ellik shaxslar tomonidan soliqni hisobga olmasdan taqdim etilsa, ushbu xizmatlar bo‘yicha soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymatidan kelib chiqqan holda, soliqni hisobga olmasdan aniqlanadi. Bunday holda soliq agenti tegishli soliq summasini mustaqil tarzda hisoblab chiqarishi va byudjetga o‘tkazishi shart.

Bundan tashqari, Soliq kodeksining 351-moddasiga asosan, norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan va doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan olinadigan foyda solig‘i norezidentga daromad to‘lovchi soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi.

Soliq kodeksining 308-moddasiga asosan, yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minotini sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summalarining 20 foizi miqdorida investitsiyaviy chegirma qo‘llashga haqli.

Shunga ko‘ra, uskunani Respublika hududiga olib kirish QQS bo‘yicha soliq solish obyektidir va norezident tomonidan ko‘rsatilgan xizmat bo‘yicha korxonada soliq agenti sifatida QQS va foyda solig‘ini ushlab byudjetga o‘tkazib berish majburiyati bo‘ladi.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boʻlim boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
#deklaratsiya

1-iyun – jismoniy shaxslar tomonidan 2022-yil uchun jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 398-modda

To'lov tizimlari va mobil ilovalarda:

▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172;
▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182.

👉Soliqlarni Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin
___________
#декларация

1 июня - крайний срок уплаты физическими лицами налога на доходы, исчисленного по данным декларации о совокупном годовом доходе за 2022 год.
👉 ст.398 НК

В платежных системах и мобильных приложениях для уплаты:

▶️налога на доходы физических лиц на основании декларации о совокупном годовом доходе следует выбрать код 172;
▶️налога на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду следует выбрать код 182.

👉Уплатить налоги можно через мобильное приложение Soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

POYABZAL ISHLAB CHIQARUVCHILAR FOYDA SOLIG‘IDAN OZOD QILINADI

Charm, mo‘yna xom ashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2026-yil 1-yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinishi belgilangan.
#mobil_ilova

Soliqlarni “Soliq” mobil ilovasida qulay va oson toʻlang

Soliq
(Android/iOS) ilovasida soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi soliq turlari boʻyicha qarzdorlik haqida maʼlumot olish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoni yaratilgan:

jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig'i 423-modda

jismoniy shaxslar uchun yer solig'i 440-modda

jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlari bo‘yicha daromad solig‘i 393-modda

jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya taqdim etish asosida JShODS 397-modda

o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq 408-modda

penya 110-modda

Toʻlovni amalga oshirishdan oldin ko‘chmas mulk (yer uchastkasi) egasi JShShIRni koʻrsatib FACE ID orqali avtorizatsiyadan oʻtishi lozim. Tizim avtomatik ravishda mavjud qarzdorlik yoki uning yo'qligini aks ettiradi.

❗️Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng barcha tushumlar “Toʻlangan soliqlar tarixi” boʻlimida saqlanadi.

To‘lovlarni amalga oshirishdan avval ma'lumotlarning to‘g‘riligiga e'tibor qarating!
__________
#мобильное_приложение

Уплачивайте налоги легко и просто через мобильное приложение Soliq

В приложении Soliq
(Android/iOS) для удобства налогоплательщиков – можно узнать о задолженности и произвести оплату по следующим видам налогов:

налог на имущество физических лиц ст.423 НК

земельный налог физических лиц ст.440 НК

налог на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду ст.393 НК

НДФЛ на основании декларации о совокупном годовом доходе
ст.397 НК

соцналог для самозанятых лиц ст.408 НК

пеня ст.110 НК

Перед платежом владельцу имущества (земельного участка) необходимо пройти авторизацию путем FACE ID с указанием ПИНФЛ. Система автоматически отразит задолженность либо ее отсутствие.

❗️После оплаты в разделе "История оплаченных налогов" сохраняются все квитанции.

Перед тем, как произвести оплату, убедитесь в достоверности информации!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?

Yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin.
👉Soliq kodeksi 31-modda

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlash lozim:
1. Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun masofadan turib
new.birdarcha.uz sayti orqali ariza berish.

Agar:
▫️shaxsan kelib ariza berilsa BHMning 1 baravari miqdorida (330 000 so‘m) davlat boji to‘lanadi;
▫️Internet orqali ariza berilganda to‘lov BHMning 0,9 baravarini tashkil etadi (297 000 soʻm).

Shundan so'ng, YTTga ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma beriladi.

👉YTTlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi 100 mln so‘mdan oshmagan YTTlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda daromad solig‘ini to‘lashning quyidagi rejimlaridan birini tanlash huquqiga ega:
🔹jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida;
🔹qatiy belgilangan miqdorda.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

Deklaratsiya asosida daromad solig‘i toʻlashning oxirgi muddati 1-iyun.

Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i davlat ro'yxatidan o'tgan oydan keyingi oydan boshlab har oyda 15-sanadan kechiktirmay to'lanadi.
👉Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i stavkalari

YTTning tovar (xizmat)lar realizatsiyasidan olingan daromadi kalendar yilida
- 100 mln so‘mdan oshsa AOS to‘lashga,
- 1 mlrd so‘mdan oshsa QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

YTT ijtimoiy soliq ham to'laydi:
▫️ o'zi uchun oyiga kamida BHMning 1 baravari – 330 000 so'm;
▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun oyiga BHMning 0,5 baravari165 000 so‘m;
▫️ faoliyatning boshqa sohalarida yollanma xodim uchun yiliga BHMning 1 baravari – 330 000 so‘m.

YTTlar 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega
👉Yollanma xodimlar soliq organlarida qanday hisobga qo‘yiladi?

Ma'lumot uchun. O‘zbekistonda 1-may holatiga, 238 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM