Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
85 files
5.75K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Yurtimizdagi barcha matbuot xodimlari, jurnalistlar, soha vakillarini, qolaversa, Oʻzbekistonda rasman faoliyat olib borayotgan xorijiy OAV vakillarini 3-may – Jahon Matbuoti erkinligi kuni bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi nomidan tabriklaymiz.

Matbuot va soʻz erkinligi
jamiyat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Xolislik va haqqoniylik esa mana shu erkinlikning tayanch ustunidir.

Oʻzining xolisligi va oʻtkir qalami bilan mamlakatimizda soʻz erkinligini amalga oshirish va himoya qilishga hissa qoʻshayotgan, xalqchil va demokratik islohotlarning taʼminlanishida xormay-tolmay mehnat qilayotgan barchani 3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi jamoasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
🏠Subsidiya asosida olingan uy-joy krediti uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan daromad solig‘i olinmaydi

“Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga (PQ–377-son, 22.09.2022 y.) asosan:

2023-yil 1-yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘iga tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

☑️ 2023-yildan ipoteka kreditiga olingan mol-mulk olingan sanadan 36 oyda qayta sotilsa, kredit va foizlar uchun yo‘naltirilgan daromad soliqqa tortiladi.
❇️Soliq organlarida korrupsiyaga o‘rin yo‘q

Viloyat soliq boshqarmasida “Soliq organlarida korrupsiyaga o‘rin yo‘q ” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Shaxsiy xavfsizlik  boshqarmasi boshlig’i J.Raximjonov, boshqarma boshlig’i A.Inagamovlar so'zga chiqdi.

So'zga chiqqanlar har bir xodim tizim, qolaversa oilasi sha’nini har doim himoya qilishlari lozimligi, korrupsiyaga yo‘l qo‘yib hayotini ostin-ustun, soliq tizimini esa sharmanda qilishi mumkinligi haqida so‘z bordi.

J.Raximjonov Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Raisi o‘rinbosari buyrig’iga asosan  viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo’limi boshlig’i lavozimiga Obiddin Xudoyberdiev o'tkazilganligini  aytib, uni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.

Tayinlovga qadar O.Xudoyberdiev Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik  bo’limi boshlig’i vazifasida faoliyat olib borgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys #onlayn_NKT

Onlayn savdo uchun xaridorlarga elektron chek berilmoqda

Mahsulot uchun to‘lov QR-kod yoki “Joylarda toʻlov” orqali amalga oshirilganda sotuvchilar onlayn-NKTlarining "Elektron to‘lov" funksiyasidan foydalanishi lozim.

👉Batafsil videoqo‘llanmada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_NKM

Onlayn-NKM, virtual kassa yoki marketpleys cheklari ma'lumotlarida tafovut aniqlanganda chek berilgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu chek ma'lumotlari tahrirlanishi mumkin.
👉 VMQ-943 1-ilova 23.11.2019-yil

🌐my3.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “Yuridik va jismoniy shaxslarning onlayn nazorat-kassa texnikasi maʼlumotlari” sahifasidan tegishli chek tanlanib "Tahrirlash" tugmasi bosiladi.

Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
mahsulot miqdori;
– summasi;
– QQS;
– mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi;
– to'lov usuli (naqd pul yoki bank karta).

Shundan so‘ng tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.

👉Mahsulot qaytarilganda onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari qanday rasmiylashtiriladi?

👉Qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazish

👉Vositachi (komissioner) tomonidan chop etilgan chek ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #onlayn_NKT

Joriy yilning 4 oyi uchun:

👉оnlayn-NKT orqali tovarlarni sotish hajmi 64 trln so'mdan oshdi

👉 iste'molchilarga 418 mlndan ortiq elektron chek berilgan
___________

#цифровизация #онлайн_ККТ

За 4 месяца этого года:

👉объем реализации товаров через онлайн-ККТ превысил 64 трлн сумов

👉потребителям выдано свыше 418 млн электронных чеков

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ishtixon
#sayyor_qabul

❇️Aholi muammolarini o'rganish va ularni tizimli hal etish maqsadida Samarqand viloyati 4-sektor rahbari Alovitdin Inagamovning navbatdagi sayyor qabuli Ishtixon tumanida bo'lib o'tdi.

🟢Qabul davomida fuqarolar subsidiya ajratish, tibbiy va moddiy yordam koʻrsatish, ichki yo‘llarni asfaltlash, bankdan kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatish kabi masalalar yuzasida mutasaddilarga murojaat qilishdi.

Mazkur muammolarning ba'zilari joyida hal etilgan bo'lsa, vaqt va mablag' talab etiladigan masalalar yuzasidan mas'ul xodimlarga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Forwarded from Fiskal tahlillar
#sayyor_qabul

2023-yilda 3 mingdan ziyod sayyor qabullarda 31 mingdan ortiq murojaat hal etildi

2023-yil yanvar-aprel oylarida Soliq xizmati organlari tomonidan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 3 539 ta sayyor qabullarda 41 628 ta murojaat yo‘llangan.
Shundan:
▫️hal etilgan – 31,5 mingta (75,7%);
▫️tushuntirish berilgan – 7,3 mingta (17,4%);
▫️o‘rganish jarayonida – 2,8 mingta (6,8%);
▫️rad etilgan – 20 ta (0,1%).

Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:
📍
Toshkent viloyati – 365 ta;
📍Farg‘ona viloyati – 316 ta;
📍Qoraqalpog‘iston Resp. – 280 ta.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❇️Turoperator xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga imtiyoz beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2024-yil 1-iyulga qadar tajriba tariqasida turoperator xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ular tomonidan 5 nafar va undan ortiq norezidentlarga xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutuvchi turpaketlar (joylashtirish, avtomobil yoki temir yoʻl transporti, ekskursiya va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar qamrab olingan) boʻyicha chet ellik hamkorlariga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻining 20 foiz miqdoridagi mablagʻlar respublika byudjetidan subsidiya sifatida qaytariladi;

2026-yil 1-mayga qadar mahalliy turoperatorlar, turizm sohasida joylashtirish xizmatlarini koʻrsatuvchi yoki avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga oʻz faoliyatida yoʻlovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchi bilan birga oʻn va oʻndan ortiq oʻrindiqqa ega boʻlgan hamda ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq boʻlmagan transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻini foizlar hisoblanmagan va ularning toʻlanishini taʼminlash talab etilmagan holda 12 oy muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 5-may

aprel oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi)
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 мая 2023 года последний день

за апрель:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter