Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.05K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.97K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#ijtimoiy_soliq

Ish beruvchi nogiron xodimlar uchun to'langan ijtimoiy soliq summasini qaytarish uchun qanday murojaat qilishi lozim?

2022-yil 1-martdan 2024-yil 1-martga qadar
ish beruvchilarga 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi to‘liq qaytarib beriladi.
❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PQ-57-son 21.12.2021-yil

Ariza topshirish uchun ish beruvchi:

1. My3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetidagi “Xizmatlar” qatoridagi “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limida “Ijtimoiy soliq summasini qaytarish” bandini tanlashi lozim.

2. Ochilgan oynada "Nogironlar uchun" bo‘limi tanlanadi.

3. Ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzili va faoliyat turi) avtomatik shakllanadi.

4. Yil va davr (oylar) ko‘rsatilishi lozim.

5. Ilovadagi ariza to‘ldiriladi. Jadvalda nogironligi bo‘lgan xodimning JShShIR, soliq stavkasi, oylik maoshi summasi va oy (davr) qo‘lda kiritiladi. Agar ijtimoiy soliq summasini qaytarish arizasi bir necha oy uchun topshirilgan bo'lsa, unda har bir xodim bo‘yicha jadvaldagi qatorlar har oy uchun alohida to'ldirilishi kerak.

6. Jadval to‘ldirgandan so‘ng, pastki qatorlarda xodimlarning umumiy soni va qaytarilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy soliq summasi avtomatik hosil bo‘ladi.

7. Ish beruvchining bank rekvizitlari ham avtomatik shakllanadi.

8. Shundan so‘ng “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi. Ariza va uning ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirib, “Arizani yuborish” tugmasini bosish lozim.

Ariza holatini “Yuborilgan arizalar” bo‘limida ko‘rish mumkin.

Malumot uchun. 2023-yil 1-yanvar holatiga 41 ta tashkilot tomonidan 163 ta ariza asosida nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan 168,5 mln so‘m ijtimoiy soliq qaytarildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #marketpleys

Iste'molchilarga joriy yil boshidan 72 mlndan ziyod elektron chek berildi
_____________
#цифровизация #маркетплейс

С начала этого года потребителям выдано свыше 72 млн электронных чеков

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❇️Qonunchilikka ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi.

❗️Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan to‘rt va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir.

Mazkur imtiyoz Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
SOLIQ_TAQVIMI_FEVRAL_2023.pdf
183.5 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil fevral oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на февраль 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
❇️Samarqand shahar 4-sektor hududidagi 49 ta MFYdagi xotin-qizlar faollari hamda sektor shtabi hamkorligida 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar muammolari o‘rganildi.

Ularning qiziqishlariga qarab hunarga yo‘naltirish bo‘yicha shuningdek, "Ayollar daftari"ga kiritilishi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
#aksiz_soligi

2023-yil 1-fevraldan neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10 %ga indeksatsiya qilindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tax_free

Tax free – chet el fuqarolari O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlar uchun QQS summasini qaytarib olishi mumkin

👉5 ta aeroportda "tax free" tizimi joriy etildi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAVOL: O‘simlik yog‘ini olib kirish va sotishda QQS bo‘yicha imtiyoz hali ham amaldami?

🖊Gulchehra Rasulova

Javob: Soliq kodeksining 483-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisiga asosan, 2021-yil 1-maydan 2022-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish hamda o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishi belgilangan.

❗️Hozirgi kunda ushbu imtiyoz muddati tugagan.

📢 Savolga Samarqand viloyati soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.
SAVOL: Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilganda soliq qanday hisoblanadi?

🖊 Nodir Dehqonov

JAVOB: Soliq kodeksining 392-moddasiga asosan agar yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik subyekti) oʻz faoliyatini muayyan muddatga toʻxtatsa, u oʻz faoliyatini toʻxtatguniga qadar tadbirkorlik subyektini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnomani topshiradi.

➡️ Bunda xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik subyekti) har bir yollangan xodimga belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga topshiradi.

❗️ Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisida soliq organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun soliqni hisoblashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.

📢 Savolga Samarqand viloyati DSB boʻlim boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliq to'lovchilar ortiqcha soliq to'lovlarini avtomatik ravishda o‘tkazishdan voz kechishlari mumkin

Soliq to'lovchi tomonidan ortiqcha to'langan ortiqcha soliq summasini uning soliq qarzini so‘ndirish hisobiga hisob-kitob qilish soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 104-modda 1-qism

Agar hisobga olinadigan summa BHMning 20 barobaridan oshmasa, elektron topshiriqnomalar soliq xizmati organlarining axborot tizimi orqali avtomatik tarzda yaratilishi va elektron shaklda yuborilishi mumkin.
👉Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA 33-band

2022-yil 1-maydan ushbu jarayon bir necha turdagi soliqlar bo‘yicha soliq organlari tomonidan avtomatlashtirilgan.

Soliq to'lovchilar ortiqcha soliq to'lovlarini avtomatik ravishda hisob-kitob qilishdan voz kechish huquqiga ega. Bu haqda my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali soliq organlarini xabardor qilish zarur:

1. "Xizmatlar" bo'limida "YuSh ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish" bandi tanlanadi.

2. Ochilgan oynada ko‘k rangdagi “Ortiqcha to‘langan (undirilgan) soliq summalarini boshqa soliqlar bo‘yicha mavjud qarzlarni uzish hisobiga avtomatik hisob-kitob qilish” qatori tanlanadi.

3. Avtomatik hisob-kitob qilish funksiyasini o‘chirish uchun berilgan savolga "Yo‘q" javobini tanlab, "Yuborish" tugmasi bosiladi.

4. Shundan so'ng, "Avtomat xulosa yuborish tizimi yoqilgan"ligi haqida ma’lumot paydo bo'ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zarnews.uz
Самарқандда солиқ коэффицентлари тасдиқланди

Халқ депутатлари вилоят Кенгашининг “Самарқанд вилоятида 2023 йилда юридик шахслар мол-мулк солиғини ҳисоблашда кўчмас мулкнинг мутлақ қийматига қўлланиладиган камайтирувчи коэффициентларни тасдиқлаш тўғрисида”ги Қарори қабул қилинди.

—————-

Samarqandda soliq koeffitsentlari tasdiqlandi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining “Samarqand viloyatida 2023 yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

👉 https://zarnews.uz/354

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtubev
#imtiyoz

🔴 Ipoteka krediti asosida uy-joyga muhtojlar uchun kvartira olganman. Kredit toʻlovi summasi har oy ish haqimdan ushlab qolinyapti. Oylik ish haqidan ipoteka krediti toʻlansa, daromad soligʻidan imtiyozlar beriladimi?

👉
Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube
Hurmatli yurtdoshlar!

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soliqlarini teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktabrga qadar to‘lashi mumkin!

❇️To‘laydigan soliqlarimiz yurtimiz ravnaqi, turmushimiz farovonligi, hududlarimiz obodligini ta’minlashga xizmat qiladi!

❇️Shunday ekan, burchimizga mas’uliyat bilan yondashib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga o‘z hissamizni qo‘shaylik!