Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.75K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2023-yil 20-yanvar

- boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisoblangan joriy yil uchun mol-mulk soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 5-qism);

- qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha 1-yanvar holatiga hisoblab chiqarilgan yer soligʻi hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 431-modda 1-qism);

- soliq solish obyekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud boʻlgan yer uchastkalari toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 431-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

- Oʻzbekistonda faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekistonning norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini yetkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 447-modda 3-qism);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar moʻljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy yil uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdimning etish oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 2-qism);

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism);

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-va 2-qismlar);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3- va 4-qismlar);

- agar dekabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliq solish boʻyicha 2023-yilda quyidagilar saqlab qolinmoqda:

🔹 soliq bazasini, shuningdek, 1 kv.m uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymat miqdorlarini belgilash tartibi;

🔹 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlarining koʻchmas mulk obyektlarining belgilangan eng kam qiymatiga, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, 0,5 gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyentni belgilash huquqi;

🔹 soliq bazasiga nisbatan 1,5 foiz miqdoridagi soliq stavkasi.

❗️ Soliq kodeksining 415-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha belgilangan pasaytirilgan soliq stavkasini bazaviy soliq stavkasiga, 2023-yilda uni 0,5 foizdan 0,6 foizgacha oshirish yoʻli bilan, bosqichma-bosqich yetkazish davom ettiriladi. Yuridik shaxslar uchun pasaytirilgan soliq stavkasi 2020-yildan boshlab ilgari soliq imtiyozlari berilgan obyektlar boʻyicha joriy etilgan edi.

🔹 2022-yilning 1-iyulidan boshlab qonunchilikda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning oshirilgan stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin boʻlgan obyektlarga soliq solish tartibi bekor qilindi.

🔹 Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni (boʻnak toʻlovlarini) toʻlash muddatlariga oʻzgartirish kiritildi. Xususan, quyidagi muddatlar belgilanmoqda:

🔹 soliq hisobotini taqdim etish – hisobot beriladigan soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay. Soliq davri uchun soliq, boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda, xuddi shu muddatda toʻliq toʻlanadi;

🔹 joriy soliq davri uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etish (boʻnak toʻlovlari) – joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay;

🔹 aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan boʻnak toʻlovlarini toʻlash – har chorakdagi uchinchi oyning 20-sanasidan kechiktirmay. Qolgan soliq toʻlovchilar uchun boʻnak toʻlovlarini toʻlash muddatlari saqlanib qoladi – har oyning 10-sanasigacha, bunda ular yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay toʻlaydilar.

Тelegram | Facebook | Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar #QQS

QQS bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

2023-yil 1-yanvardan
:

1. Saqlab qolindi
▫️soliq toʻlovchilarning toifasi,
▫️soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi,
▫️soliq hisobotini taqdim etish muddatlari.

2. Pasaytirildi soliq stavkasi 15%dan 12 %gacha.

3. Qisqartirildi qoplanadigan (qaytariladigan) QQS summasining asosliligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatlari 60 kundan 30 kungacha

4. Bekor qilindi:
а) 2023-yilning 1-aprelidan quyidagilar bo‘yicha berilgan imtiyozlar:
▫️budjet mablag‘lari hisobidan har yillik mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida ko‘rsatiladigan geologiya xizmatlari bo‘yicha aylanma;
▫️pochta markalari, markali otkritkalar, konvertlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
▫️budjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
b) 2023-yil 1-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari xizmatlari bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar.

5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan QQS to‘lovchilar deb e’tirof etilishi mumkin.

6. QQS guvohnomasining amal qilish muddati to‘xtatilganligi munosabati bilan hisobga qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovar (xizmat)lar bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasiga, guvohnomaning amal qilish muddati tiklangan taqdirda, soliq to‘lovchida va uning xaridorlarida guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilgan davr uchun tuzatishlar kiritilishi (hisobga qabul qilinishi)ni nazarda tutuvchi tartib joriy qilindi.

7. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida hisobda turadigan soliq to‘lovchilarga tovarlarni import qilish chog‘ida QQS to‘lovi hisobiga budjetdan qoplanishi lozim bo‘lgan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish huquqi berildi.

QQSni o‘zaro hisobga olish soliq va bojxona organlari tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Buning uchun tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi bo‘lgan soliq to‘lovchi bojxona-yuk deklaratsiyasi (BYD)ni rasmiylashtirayotganda import qilish chog‘ida QQS qoplanishi lozim bo‘lgan summa hisobidan to‘langani to‘g‘risida belgi qo‘yishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❇️Soliq xizmati organlari tomonidan ZOOM platformasida 2023-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha onlayn-seminar o‘tkazilmoqda.
❇️Kattaqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Raxmonov 4-sektor hududi Jizmansoy mahallasida uyma-uy yurib, aholi holidan xabar olmoqda.
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

2022-yilda Soliq qo‘mitasi tomonidan quyi soliq organlarining jami 557,4 mlrd so'mlik 120 ta qarori soliq to‘lovchilar foydasiga bekor qilingan

1.01.2023-yil holatiga Soliq qo‘mitasiga shikoyat berish tartibida jami 1 556,5 mlrd so‘mlik 512 ta soliq nizolariga oid shikoyat kelib tushgan. Ularning barchasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan. Shundan:
🔹soliq auditi bo‘yicha1 299,6 mlrd so‘mlik 299 ta;
🔹sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha256,9 mlrd so‘mlik 213 ta.

Natijada:
▫️557,4 mlrd so‘mlik 120 ta shikoyat bo'yicha (shundan, 37 tasi 468,2 mlrd so‘mlik qisman) soliq to‘lovchilarning shikoyati qanoatlantirilgan;
▫️974,2 mlrd so‘mlik 369 ta shikoyat bo'yicha davlat soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirilib, bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
▫️24,9 mlrd so‘mlik 23 ta shikoyat o‘rganilmoqda.

👉Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qanday shikoyat qilinadi?
______________________
#цифровизация #обжалование

В 2022 году Налоговый комитет отменил в пользу налогоплательщиков 120 решений нижестоящих налоговых органов на общую сумму 557,4 млрд сумов

По состоянию на 1.01.2023 г. Налоговым комитетом в установленном порядке рассмотрено 512 жалоб на общую сумму 1 556,5 млрд сумов. Из них:
🔹по налоговым аудитам - 299 жалоб на сумму 1 299,6 млрд сумов;
🔹по выездным налоговым проверкам - 213 жалоб на сумму 256,9 млрд сумов.

В результате:
▫️удовлетворено в пользу налогоплательщиков 120 жалоб на сумму 557,4 млрд сумов (из них частично 37 жалоб на сумму 468,2 млрд сумов);
▫️по 369 жалобам на сумму 974,2 млрд сумов оставлены в силе решения налоговых органов и об этом налогоплательщикам даны соответствующие разъяснения;
▫️продолжается рассмотрение 23 жалоб на сумму 24,9 млрд сумов.

👉Как обжаловать акты налоговых органов, действия или бездействия их должностных лиц?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
https://t.iss.one/fiskaltahlil

Jamoatchilikka soliq ma’murchiligining strukturasi va dinamikasini ko‘rish, ularning ijobiy va salbiy tendensiyalarini kuzatib borish imkonini beruvchi fiskaltahlillar telegram kanalidan foydalaning.
#elon

📢 Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Ayrim hududlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yеrlar uchun yеr solig‘i stavkalari hamda mol-mulkning minimal qiymatlari xalq deputatlari kengashlari tomonidan belgilangan muddatlarda tasdiqlanmaganligi, soliq hisobotlarini soliq to‘lovchilarga avtomat shakllantirib berishda texnik muammolar va kadastr ma'lumotlari noto'g'ri shakllangan ayrim holatlar aniqlandi.

Shu sababli, tadbirkorlik subyektlari tomonidan yo‘llanayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda yuridik shaxslarning yеr solig‘i bo‘yicha hisoboti va joriy yil uchun mol-mulk solig‘i ma'lumotnomasini 2023-yilning 25-yanvariga qadar (25-yanvar kuni ham) taqdim qilgan soliq to'lovchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilmasligi hamda QQS toʻlovchilarini maxsus hisobga qoʻyish bo'yicha mezonga olinmasligini ma’lum qilamiz.
👉Soliq kodeksi 213-modda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
🟢 Bulungʻur tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili asosida tadbirkorlik subyeklariga faoliyat yuritishda amaliy yordam koʻrsatmoqda.

🔹 Jumladan, 2023-yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha soliq toʻlovchilar uchun targʻibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube