Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.05K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.97K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 15-dekabr

- qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 447-modda 3-qism);

noyabr oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4 va 5- qismlar);

- AOS hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 декабря 2022 года последний день

- представления налоговой отчетности сельскохозяйственными предприятиями в налоговые органы по месту водопользования или водопотребления по налогу за пользование водными ресурсами
(ч.3 ст.447 Налогового кодекса);

за ноябрь:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4 и 5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу с оборота
(ч.3 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#elon #EHF

15-dekabr – EHF taqdim etishning oxirgi kuni❗️

Respublikamizning ayrim hududlarida kuzatilayotgan elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sababli, soliq to‘lovchilarda o‘z majburiyatlarini bajarishida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar munosabati bilan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, noyabr oyi uchun elektron hisobvaraq-faktura taqdim etish muddati joriy yilning 15-dekabriga qadar (15-dekabr ham kiradi) uzaytirilgan edi.

❗️Bugun – 15-dekabr (15-dekabr ham kiradi) 2022-yil noyabr oyi uchun EHF taqdim etishning oxirgi kuni.
____
#объявление #ЭСФ

Крайний срок выставления ЭСФ – 15 декабря❗️

По причине нестабильности электроснабжения в некоторых регионах республики исходя из многочисленных обращений, связанных с затруднениями в исполнении налогоплательщиками своих обязанностей, срок выставления электронных счетов-фактур был продлён

❗️Сегодня – 15 декабря (включительно) 2022 года крайний срок выставления электронных счетов-фактур за ноябрь месяц.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#EHF #TTY

Yuk tashish xizmatlari uchun EHFlarda “tonna-kilometr”o‘lchov birligidan foydalanish qat'iy belgilandi

📄 Elektron hisobvaraq-faktura (EHF)da quyidagi pozitsiyalardagi MXIKlar bo‘yicha yuk tashish xizmatlari uchun “tonna-kilometr” o‘lchov birligidan foydalanish tartibi joriy etildi:

10102001-Suv transportida yuklarni tashish xizmati

✈️ 10103003-Havo transportida yuklarni tashish xizmati

🚚 10107002-Avtomobil transportida yuklarni tashish xizmati

🚂 10108002-Temir yo‘l transportida yuklarni tashish xizmati

🚛 Mazkur o‘lchov birligi 1 tonna yukni 1 km masofaga tashish (yetkazish) uchun xizmatning narxini belgilaydi.
Misol uchun: Tadbirkorlik subyekti tomonidan 50 tonna yuk 20 km masofaga tashib (yetkazib) berilgan bo‘lsa, u holda yuk tashish xizmati o‘lchov birligi sifatida tonna-kilometr tanlanadi va mahsulot miqdoriga 1 000 (50 * 20) kiritiladi.

❗️ Taʼkidlash lozim, bunga qadar, EHFda yuk tashish xizmatlari uchun “Xizmat (so‘m)” hamda “Boshqa” o‘lchov birliklaridan foydalanib, miqdori “1” sifatida ko‘rsatib kelingan.

🚫 Qayd etilgan MXIKlar bo‘yicha EHF to‘ldirishda “Miqdor” katakchasiga “1” belgilab, “Narxi” katakchasiga butun tashish xizmati qiymatini kiritish mumkin emas (agar haqiqatda tashilgan yuk og‘irligi va masofa ko‘paytmasi 1 tonna-kilometrni tashkil etmasa)

📝 Yuqoridagilardan kelib chiqib, elektron hisobvaraq-faktura (EHF)da yuk tashish xizmatlari uchun “tonna-kilometr” o‘lchov birligidan foydalanish tavsiya etiladi.

📊 Shuningdek, "teskari hisob" funksiyasi faollashtirilganda yuk tashish miqdori va yetkazib berish qiymatini kiritish orqali 1 tonna-kilometr uchun xizmat narxi avtomatik shakllanadi.

👉Noruda foydali qazilmalarni tashishda EHF elektron tovar-transport yukxati ma'lumotlari asosida shakllanadi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#QQS

SAVOL: Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan sugʻurta xizmatlari mavjudmi?

🖊 Diyor Shukrullayev

JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 245-moddasiga muvofiq, sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish xizmatlari bo‘yicha sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta qilish bo‘yicha xizmatlar bu xizmatlar natijasida:

1) sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:

🔹 sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari;

🔹 qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha vositachilik haqi va tantyemalar;

🔹 sug‘urta agenti, sug‘urta va qayta sug‘urta brokeri, syurveyer hamda sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik haqi;

🔹 sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, ajasterlar, syurveyerlar, assistans xizmatlari va shu singarilar) ko‘rsatgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;

🔹 qonunchilikka muvofiq sug‘urtalovchiga o‘tgan, sug‘urta qildiruvchining (naf oluvchining) yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan mablag‘lar;

🔹 qayta sug‘urta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, ular bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi summalari;

🔹 bevosita sug‘urta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa daromadlar;

2) sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:

🔹 sug‘urta to‘lovi (sug‘urta tovoni);

🔹 preventiv tadbirlar o‘tkazish uchun beriladigan mablag‘lar;

🔹 sug‘urta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sug‘urtalovchi to‘laydigan mablag‘lar;

🔹 sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablag‘lar.

❗️ O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ushbu modda qoidalarining qo‘llanilish tartibi yuzasidan, ayrim aylanmalarni batafsillashtirgan xolda, tushuntirishlar berishga haqli.

📢 Savolga Samarqand viloyati DSB davlat soliq bosh inspektori Umid Alimov javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan jismoniy shaxs xalqaro tashishlarda transport xizmatlari taqdim etishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar)dan necha foiz miqdorida daromad soligʻi toʻlaydi?
Anonymous Quiz
14%
4
10%
6
6%
8
51%
10
19%
12
3 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillarida xizmat koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar bir oyda necha soʻm miqdorida qatʼiy belgilangan soliq toʻlaydi?
Anonymous Quiz
13%
175 000 soʻm
30%
200 000 soʻm
10%
215 000 soʻm
30%
225 000 soʻm
16%
Toʻgʻri javob yoʻq
#kodeksdan

Soliq kodeksining 383-moddasiga asosan
yakka tartibdagi tadbirkor bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qatʻiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlaydi.

❗️ Faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shugʻullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun oʻrnatilgan yuqori stavkada soliq toʻlanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube
🔰 Samarqand shahri 4-sektori rahbariyati tomonidan mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilari ishtirokida seminarlar oʻtkazilmoqda.

Jumladan, sektorda joylashgan “Xoʻjagʻunjoyish” mahalla fuqarolar yigʻinida tashkil etilgan seminarda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#kodeksdan

📚 Soliq kodeksining 467-moddasiga muvofiq,
konsert-tomosha ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromadlar oladigan yuridik shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni 5 foiz miqdorida toʻlaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#raqamlashtirish
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

❗️ Joriy yilning 1-dekabr holatiga Samarqand viloyatidagi 14 799 ta tijorat tashkilotida faoliyat yurituvchi 37 919 nafar xodimning mol-mulk va yer soliqlaridan qarzi 47,4 mlrd. soʻmni tashkil qilmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube
#EHF #MXIK

🔴Elektron hisob-fakturalarni to‘ldirishda “shartli birlik” ustunida tanlash uchun notog‘ri, “mantiqsiz” tarkibga ega qadoqlar ro‘yxati chiqadi. Masalan, kartoshka uchun MXIK 00701001001000000 – o'lchov birligi va qadoqlarining uzun ro'yxati ochiladi. Bu foydalanishni qiyinlashtiradi. Ushbu turdagi qadoqlar nima uchun yaratilgan

🔵Haqiqatan ham, bugungi kunda EHF shakllantirishda “tavsiya qilinadigan” ro'yxatdan kerakli o‘lchov birliklari va qadoq turini tanlash mumkin.

Qayd etish lozimki, ushbu ustunda operator tomonidan biriktirilgan barcha o‘lchov birliklari va qadoqlar bilan birga tadbirkorlarning o‘zlari tomonidan tasnif.soliq.uz saytida yaratilgan qadoq turlari ham aks etadi.

Bunday vaziyatni oldini olish uchun birinchi navbatda quyidagilar tavsiya etiladi:

tasnif.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida tovar va xizmatlarga biriktirilgan o'lchov birliklari asosida qadoq yaratish yoki taklif qilingan ro'yxatdan o'lchov birliklari hamda qadoqlarni tanlash va barchasini "Tanlanganlar"ga qo'shish.
_________
#ИКПУ #ЭСФ

🔴 При заполнении ЭСФ в столбце «Единица измерения» для выбора выходит перечень, иногда с неправильным, “нелогичным” составом. Например, у ИКПУ картошка 00701001001000000 – выпадает длинный список единиц измерений и упаковок. Это замедляет работу. Зачем создаются такого типа упаковки

🔵 Действительно, на сегодняшний день при оформлении ЭСФ создана возможность выбрать из «выпадающего» списка нужные единицы измерения и упаковки.

При этом, следует отметить, что в данном столбце отражаются, как единицы измерений и упаковки, закрепленные Оператором, так и виды упаковок, созданные самими предпринимателями на tasnif.soliq.uz.

Во избежание подобной ситуации рекомендуется предварительно:

в персональном кабинете tasnif.soliq.uz на основе прикрепленных условных единиц измерений сформировать свою упаковку либо выбрать из предложенного перечня упаковок и условных единиц и добавить всё в «Избранное».

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter