Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
88 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#MXIK

❗️2023-yil 1-martga qadar EHFda yoki onlayn-NKT cheklarida tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi.
__________
#ИКПУ

❗️До 1 марта 2023 года не применяются финансовые санкции за неправильное отражение в ЭСФ или чеках онлайн-ККТ идентификационных кодов товаров (услуг) (ИКПУ).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
❇️ “Ustoz-shogird” an’analari amalda

Davlat soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan Vatanimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlab ishlab chiqilgan "30 yil va 30 yosh uchrashuvi" loyihasnining Samarqand viloyati bosqichi o‘tkazildi.

Bu yil baxtimiz qomusi, davlat va jamiyatimiz poydevori – Konstitutsiyamizning qabul qilinganiga 30 yil to‘ladi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi davlat soliq xizmati organlarida ham ushbu tantanaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur tanlovning o‘tkazilishi ham fikrimizning yorqin tasdig‘idir.

Ta’kidlash joizki, tanlovni o‘tkazishdan maqsad “Ustoz-shogird” an’anasini yanada mustahkamlash, uzoq yillar mobaynida davlat soliq xizmati organlari tizimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning tajribasidan foydalangan holda yoshlarda kasbiy ijodkorlik ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.

Tanlovda Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda shahar va tuman davlat soliq inspeksiyalaridan 17 ta juftlik uchta shart bo‘yicha bilim va mahoratini namoyish etdi. Yakuniy natijaga ko‘ra g‘oliblikni viloyat davlat soliq boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan mos ravishda Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyalari jamoalari joy oldi. Tanlovning g‘olib va sovrindorlari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

G‘olib jamoa dekabr oyida Toshkent shahrida tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.

🖊Samarqand viloyati davlat
soliq boshqarmasi matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tuman va shaharlarda soliq qonunchiligiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan berilgan soliq imtiyozlarini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida seminarlar o‘tkaziladi.
SAVOL: Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash tartibi qanday?

🖊 Baxtiyor Xoliqov

JAVOB: Soliq kodeksining 432-moddasiga asosan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

➡️ aylanmadan soliq to‘lovchilar uchun − yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida, har chorak birinchi oyining 10-kunigacha;

➡️ aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar uchun − yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-kunigacha.

❗️ Soliq davri davomida soliq to‘lashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani to‘lash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.

➡️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

➡️ hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;

➡️ hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.

📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Umid Alimov javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#keshbek

To‘langan keshbeklar 602 milliard soʻmdan oshdi

Oktabr oyi
uchun 1 201 152 nafar isteʼmolchiga 82,2 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-sentabr oylari uchun yana 1,5 mlrd so'm keshbek tasdiqlandi.

📈Yil boshidan buyon 1 506 906 nafar fuqaro 602,9 mlrd soʻm keshbek oldi.

🔐 Foydalanuvchi shaxsini aniqlash va xavfsizlik maqsadida 500 000 so‘mdan ortiq keshbek mablag‘larini bank kartasiga o‘tkazishda Face ID (avtorizatsiya) dan o‘tish talab etiladi.

Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun Iyul Avgust Sentabr
___________________
#кешбэк

Выплаченные суммы кешбэка превысили 602 миллиарда сумов

За октябрь
месяц 1 201 152 потребителям выплачено 82,2 млрд сумов.

Также после устранения недостатков в налоговой отчетности и уменьшения налоговой задолженности за январь-сентябрь – выплачено ещё 1,5 млрд сумов кешбэка.

📈Итого с начала года общая сумма кешбэка, выплаченного 1 506 906 потребителям, достигла 602,9 млрд сумов.

Январь Февраль Март Апрель Май Июнь Июль Август Сентябрь

🔐 В целях идентификации и безопасности лица, регистрирующего чек, для перевода суммы кешбэка более 500 000 сумов, требуется авторизация с помощью Face ID

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Uy xo‘jaligida, shu jumladan dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramollarni, parrandalarni, mo‘ynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar va hokazolarni) tirik holda hamda ularni so‘yib mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan (bundan sanoatda qayta ishlash mustasno) chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.

❗️ Bundan manzarali bog‘dorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno.

Тelegram | Facebook | Youtube