#obodonlashtirish
🔵 Narpay tumani 4-sektoridagi "Tepa", "Chaykal" mahallalarining ichki ko‘chalariga hashar yo‘li bilan tosh to‘kilib, tekislanmoqda.
Ravon yo‘llardan harakatlanayotgan aholi bundan juda mamnun.
Тelegram | Facebook | Youtube

❓ SAVOL: Kimlar qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb e’tirof etiladi?
Farrux Abdumajidov
✅ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 57-moddasiga muvofiq, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar e’tirof etiladi:
🔹 qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini, shu jumladan uni o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa;
🔹 yer uchastkalariga ega bo‘lgan, bu yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lsa.
👉 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jumlasiga biologik resurslardan (hayvonlar va o‘simliklardan) olingan quyidagi mahsulotlar kiradi:
1) qishloq va o‘rmon xo‘jaligi o‘simlikshunosligi mahsulotlari;
2) chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik mahsulotlari;
3) ipakchilik mahsulotlari;
4) baliqchilik mahsulotlari va suvda yetishtiriladigan ekinlar.
❗️ Sanoatda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsuloti ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsuloti deb e’tirof etilmaydi.
🔈 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimi Umid Alimov javob berdi.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#e_ijara
👨🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
🏠Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin.
1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.
Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.
So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.
2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.
Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.
✅Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.
☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)
👉Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi.
👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

❓ SAVOL: Masʼuliyati cheklangan jamiyati ijaraga joy bergan va ijara shartnomasi E-ijara avtomatlashtirilgan axborot tizimida hisobga qo‘yilgan. Hozirda ijara shartnomasini bekor qilmoqchimiz. Ijara shartnomasini E-ijarada bekor qilyapmiz. Lekin ijaraga olgan shaxs rad tugmasini bosyapti. Qanday qilib ijara shartnomasini bir taraflama bekor qilishimiz mumkin?
Aziz Nizomov
✅ JAVOB: Ijara.soliq.uz avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali hisobga qo‘yilgan ijara shartnomani bekor qilish tomonlarning kelishuviga binoan amalga oshiriladi.
➡️ Ko‘chmas mulk shartnomasi muddatidan ilgari, tomonlarning kelishuviga binoan bekor qilinganida ko‘chmas mulk ijarasini bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat soliq organlariga taqdim etiladi.
➡️ Davlat soliq organi tomonidan ko‘chmas mulk shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvni ro‘yxatga qo‘yish ijaraga beruvchi tomonidan shaxsiy kabinet orqali elektron shaklda taqdim qilinganda real vaqt mobaynida, qog‘oz shaklida taqdim etilganda esa o‘sha vaqtning o‘zida hal qilinadi.
❗️ Ikkinchi tomonning roziligisiz ijara shartnomasini muddatdan oldin bekor qilish imkoniyati yo‘q.
📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq solish bo‘yicha maslahat bo‘limi boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

#bilasizmi
#soliq_tekshiruvi
Tekshiruvlar vaqtida soliq organi tomonidan hujjatlarni qayta talab qilish qonuniymi?
Soliq tekshiruvi va soliq nazoratining boshqa tadbirlari davomida soliq organlari tekshirilayotgan shaxsdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:
▫️tekshiriluvchi shaxsning oldingi kameral yoki sayyor soliq tekshiruvlarida soliq organlariga taqdim etilgan hujjatlari;
▫️soliq monitoringi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari.
Agar hujjatlarning asl nusxalari avval soliq organiga taqdim etilgan va keyinchalik soliq to‘lovchiga qaytarilgan bo‘lsa yoki soliq organiga taqdim etilgan hujjatlar fors-major holatlari tufayli yo‘qolgan bo‘lsa, hujjatlar qayta talab qilib olinishi mumkin.
👉 Soliq kodeksining 146-moddasi 11-qismi
Soliq to'lovchining bu huquqi Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda ham mustahkamlangan.
👉VMQ 1-son 2-ilova 17 band
__________
#знаете_ли_вы
#налоговая_проверка
Правомерно ли повторное истребование налоговым органом документов при проверках?
В ходе налоговой проверки и иных мероприятий налогового контроля налоговые органы не вправе истребовать у проверяемого лица:
▫️документы, которые уже были представлены в налоговые органы при проведении предыдущих камеральных или выездных налоговых проверок проверяемого лица,
▫️заверенные копии документов, представленные в ходе налогового мониторинга.
Документы могут быть истребованы повторно, только если ранее в налоговый орган были представлены, а впоследствии возвращены налогоплательщику подлинники документов, или документы, представленные в налоговый орган, были утрачены вследствие обстоятельств непреодолимой силы.
👉ч.11 ст.146 НК
Это право налогоплательщика закреплено и в Положении о порядке организации и проведения налоговых проверок.
👉п.17 Прил.№2 к ПКМ от 07.01.2021 г. №1

#soliq_huquqbuzarliklari
Shaxs qanday hollarda soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi?
Shaxs quyidagi holatlardan bittasi mavjud bo‘lganda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
❌ soliqqa oid huquqbuzarlik holatining mavjud emasligi;
🙅🏻 soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda shaxsning aybi mavjud emasligi;
📆 soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish muddatlari (5 yil) o‘tib ketganligi.
Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa holatlar mavjud bo‘lganda ham shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
👉Soliq kodeksi 213-modda
__________
#налоговые_правонарушения
При каких обстоятельствах лицо не привлекается к ответственности за совершение налогового правонарушения?
Лицо не может быть привлечено к ответственности за совершение налогового правонарушения, если:
❌отсутствует событие налогового правонарушения;
🙅🏻отсутствует вина лица в совершении налогового правонарушения;
📆 истек срок давности (5 лет) привлечения к ответственности за совершение налогового правонарушения.
Лицо не может быть привлечено к ответственности за совершение налогового правонарушения при наличии и иных обстоятельств, предусмотренных Налоговым кодексом.
👉ст.213 НК

❓ SAVOL: Bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliq majburiyatini kim bajaradi?
O‘tkir Jo‘rayev
✔️ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 95-moddasiga muvofiq, sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etilgan jismoniy shaxsning soliqlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyati ushbu bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulkini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxs (vakolatli shaxs) tomonidan qonunchilikka muvofiq uning mol-mulki hisobidan bajariladi.
🔹 Vakolatli shaxs sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan jismoniy shaxsning u bedarak yo‘qolgan deb topilgan kunda vujudga kelgan butun soliq qarzini shu bedarak yo‘qolgan shaxsning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulki hisobidan uzishi shart.
🔹 Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliq majburiyati shu muomalaga layoqatsiz shaxsning mol-mulki hisobidan uning vasiysi tomonidan bajariladi.
🔹 Vasiy muomalaga layoqatsiz jismoniy shaxsning soliqlar bo‘yicha butun soliq qarzini shu muomalaga layoqatsiz shaxsning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulki hisobidan uzishi shart.
❗️ Sud tomonidan bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatini, shuningdek unga tegishli penyalar va jarimalarni to‘lash bo‘yicha majburiyatni bajarish, shu jismoniy shaxsning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulki ko‘rsatilgan majburiyatni bajarish uchun yetarli bo‘lmagan (mavjud bo‘lmagan) taqdirda, tegishli soliq organining qarori bilan to‘xtatiladi.
❗️ Jismoniy shaxsni bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topishni bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda, to‘xtatib turilgan majburiyatlarning bajarilishi mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran tiklanadi.
🔹 95-moddaga muvofiq, sud tomonidan bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxslarning soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlari yuklatilgan shaxslar soliq to‘lovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda barcha huquqlardan foydalanadi va barcha majburiyatlarni mazkur moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda bajaradi. Ushbu modda bilan o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish chog‘ida, shu munosabat bilan soliq huquqbuzarliklarini sodir etganlik aybi uchun javobgarlikka tortiladigan mazkur shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jarimalarni tegishlicha sud tomonidan bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning mol-mulki hisobidan to‘lashga haqli emas.
📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimi Umid Alimov javob berdi.