Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
89 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
SAVOL: Korxonamiz mahsulotini chet elga eksport qilgan. Hozirgi kunda inopartner debitor qarzdorlikni to‘liq pul ko‘chirib berolmayapti. Mazkur holatning korxonamizga oqibati qanday bo‘lishi mumkin?

Akmal Xo‘jayev

➡️ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga
asosan sotib olish kontrakti bo‘yicha to‘langan pul mablag‘larini qaytarish yoki sotish kontrakti bo‘yicha pul mablag‘larining kelib tushishi sotib olish kontrakti bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan oshmasligi kerak. Bunda sotish kontrakti bo‘yicha kelib tushgan pul mablag‘larining miqdori sotib olish kontrakti bo‘yicha to‘langan pul mablag‘lari miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim.

❗️ Ushbu muddatda qaytarilmagan yoki belgilangan miqdorda kelib tushmagan valyuta mablag‘lari muddati o‘tgan debitor qarzdorlik sifatida qaraladi. 180 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablag‘lari yoki “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar, shuningdek, bajarilmagan ishlar yoki ko‘rsatilmagan xizmatlar summasining 10 foiziga teng miqdorda, 180 kundan 365 kungacha kechikkanda – 20 foizga, 365 kundan ortiq kechikkanda70 foizga teng miqdorda respublika budjeti daromadiga qo‘shimcha jarima to‘lanadi.

👉 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq solish bo‘yicha maslahat bo‘limi boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#imtiyoz

Avvalroq, 2022-yil I yarim yilligida foydalanilgan soliq imtiyozlari haqida ma’lumot berilgan edi

E-imtiyoz axborot tizimi orqali soliq turlari, hududlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar kesimida imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlandi.

2022-yilning dastlabki 6 oyi davomida yuridik shaxslar 75 mingta holatda 24,6 trln so‘m soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Jami imtiyozning 8,5 trln so‘miga QQSning nol stavkasi qo‘llanilgan.

Shundan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha:
Soliq kodeksiga asosan – 22,5 trln so‘m;
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlarga asosan – 2,1 trln so‘m qo‘llanilgan.

Soliq turlari kesimida:
eng ko‘p qo‘llanilgan imtiyoz – QQS bo‘yicha 22,4 trln so‘m (91,1%)
Boshqa soliq turlaridan – 2,2 trln so‘m (8,9%) miqdorida foydalanilgan.

Hududlar kesimida:
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi korxonalari tomonidan jami imtiyoz summasining 18 trln so‘m qismi foydalanilgan.
Imtiyozning qolgan 6,6 trln so‘m qismi Respublikaning boshqa hududlariga to‘g‘ri keladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Payariq tumani “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘inida 4-sektor rahbari J.Yadgarov, IIB xodimlari va aholi ishtirokida hududda sodir etilgan jinoyat muhokamasi hamda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktik suhbat bo‘lib o‘tdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
🔰 Samarqand tumani 4-sektori hududida joylashgan "Oqmachit" mahalla fuqarolar yig'inida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 70 ga yaqin faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

Malumot uchun. 1-iyun holatiga O‘zbekistonda jami 1 720 423 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Ularning 565 843 nafari joriy yilda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lgan. Joriy yil boshidan buyon 159,4 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tomonidan jami 40,7 mlrd so‘m ijtimoiy soliq to‘langan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Urgut tumani 4-sektori rahbarining tashabbusi bilan “Chorchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Durdona Davlatova moddiy yordam so‘rab qilgan murojaati ijobiy hal etildi.

➡️ Bundan tashqari, "Katta Torinjak" mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaatlari tegishli tashkilotlar bilan o‘rganilib, ijrosi ta'minlanmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube
Kattaqo‘rg‘on shahri 4-sektoriga qarashli “Yakkabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Bo‘ston ko‘chasida ichimlik suvi quvurlarini yotqizish ishlari tugallanish arafasida.

🔹 Davlatobod ko‘chasidagi ushbu yo‘nalishdagi ishlar esa jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Reja asosida mahallaning ichki ko‘chalariga tungi yoritgichlar o‘rnatilmoqda.

🔹 Quvonarlisi, ushbu bunyodkorlik ishlaridan mahalla ahli juda mamnun. Ular ham hududni obodonlashtirishga o‘zlarining hissalarini qo‘shmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube
🟢 SAVOL: Joriy yilning aprel oyidan boshlab tashqi debitorlik qarzi bo‘yicha bir yil muddatga jarima qo‘llanilmasligini eshitdim. Shu to‘g‘rimi?

Sultonali Hojiyev

🔹 JAVOB:
Ushbu yengillik barcha korxonalarga tegishli emas. Fors-major holat Ukrainada notinch vaziyat bo‘lgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli topshirig‘iga asosan yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus davlatlari bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorligi uchun jarimalar qo‘llanilmaslik vazifasi belgilangan.

🔹 Shu munosabat bilan faqatgina Rossiya, Ukraina va Belarus davlatlari bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorligi uchun jarimalar qo‘llanilmaydi.

👉 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq solish bo‘yicha maslahat bo‘limi boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube