Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.05K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.97K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
SAVOL: Bizning korxonamiz aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi sifatida chet eldan mahsulot import qilgan. Joriy yilning 17-iyun kuni qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga nomzodlikka tushganimiz to‘g‘risida xabarnoma kelgan. Shuningdek, soliq hisoboti taqdim etilmaganligi to‘g‘risidagi xabarnomani ham oldik. Korxonamiz qachondan boshlab QQS to‘lovchisi bo‘ladi va shu haqdagi guvohnoma qachondan beriladi?

Nozim Rahimov

➡️ JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 461-moddasiga asosan aylanmadan olinadigan soliq O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

➡️ Shuning uchun mahsulot iimport qilganda tadbirkorlik subyekti avtomatik tarzda soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tadi (QQS va foyda solig‘i to‘laydi).

➡️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan, biroq QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan xo‘jalik yurituvchi subyekt qonunchilikda belgilangan muddatlarda – ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha majburiyat yuzaga kelgan oydan keyingi oyning boshida QQS to‘lovchisiga aylanadi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan, biroq QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan xo‘jalik yurituvchi subyekt QQS bo‘yicha hisobot topshirib belgilangan tartibda QQSni to‘laydi. Biroq soliqni hisobga olish huquqiga ega bo‘lmaydi. Bunday huquq faqat QQS guvohnomasini olgandan keyin paydo bo‘ladi.

➡️ Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida arizalar yetti kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Savolga viloyat DSB bo‘lim boshlig‘i B.Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#sorovnoma

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Moliya vazirligi tomonidan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar va soliq siyosatini takomillashtirish to'g'risida chora-tadbirlarni baholash bo‘yicha anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnomaning ikkinchi qismida 2022-yil 4-iyulgacha ishtirok eting⬇️
https://clck.ru/qWZgf
__________
#опрос

Уважаемые налогоплательщики❗️

Министерство финансов проводит анонимный опрос по оценке изменений, внесенных в Налоговый кодекс, и мер по совершенствованию налоговой политики.

Примите участие во второй части опроса до 4 июля 2022 г.⬇️
https://clck.ru/qWZeH

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Obodonlashtirish

📌 Samarqand tumani 4-sektori
hududidagi barcha mahallalarda ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube
🟢 Urgut tumani 4-sektori hududidagi “Katta Torinjak” mahallasida obodonlashtirish, ijtimoiy obyektlar va xonadonlarning tashqi qismini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube
Ayni paytda Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Siyosiy-ma’rifiy soati”da qatnashmoqda.

➡️ “Siyosiy-ma’rifiy soati” agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilyapti.

Тelegram | Facebook | Youtube