Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.75K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
2022-yil uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer solig‘i stavkalari

1) Saqlab qolindi:

- yuridik va jismoniy shaxslarning yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi;

- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan soliq stavkasi – 0,95% (Solq kodeksi 429-modda);

- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i hisobotlarini taqdim etish – joriy soliq davrining 1-mayiga qadar (Soliq kodeksi 431-modda).

2) Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘ining bazaviy stavkalari o‘rtacha 1,07 baravarga indeksatsiya qilindi.

3) 2022-yilda jismoniy shaxslar (YATTdan tashqari) uchun hisoblangan soliq summasi 2021-yilda hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

4) Pasaytirilgan soliq stavkasini bazaviy soliq stavkasiga bosqichma-bosqich yetkazish davom ettiriladi. Soliq kodeksining 429- moddasida nazarda tutilgan yuridik shaxslarning alohida obyektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun soliq stavkalariga nisbatan qo‘llaniladigan pasaytiruvchi koeffitsiyent 0,25 dan 0,3 gacha oshirildi.

Yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalaridan iborat bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan ushbu toifadagi soliq to‘lovchilar uchun soliq yukini 2021-yil darajasida saqlab qolish maqsadida, yer solig‘i stavkasiga 0,25 koeffitsiyenti saqlab qolindi.

Liniyali obyektlarga nisbatan (Soliq kodeksining 429-moddasi oltinchi qismining ikkinchi-beshinchi xatboshilari) respublikaning har bir tumani va shahri bo‘yicha o‘rtacha belgilangan soliq stavkasiga 0,3 koeffitsiyenti qo‘llaniladi.

Har bir tuman va shahar bo‘yicha o‘rtacha soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organi tomonidan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari belgilagan soliq stavkalari asosida aniqlanadi hamda ular har yili 5-yanvarga qadar soliq to‘lovchilarga yetkaziladi.

5) Qonun hujjatlarida yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘iga nisbatan oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan taʼsir choralari qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan obyektlarni soliqqa tortish tartibi saqlanib qolindi. Bunda, ushbu yer uchastkalariga Soliq kodeksining 428-moddasida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi.

6) Geologiya-qidiruv va (yoki) qidiruv ishlari uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i soliq solish obyektidan chiqarib tashlandi.

7) Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i bo‘yicha joriy soliq davri uchun soliq hisobotlarini 1-fevralga qadar taqdim etish huquqi berildi.

Bunda, ushbu soliqni to‘lash, aylanmadan soliq to‘lovchilar toifasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan yillik summaning 1/12 qismi miqdorida 2022-yilning 1-fevraliga qadar amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha

- Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi;

- tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki YaTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlarini soliqqa tortish tartibi saqlab qolindi.

Turar joy fondi obyektlariga, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylariga 2021-yilda amal qilgan soliq stavkalari 1,1 baravarga indeksatsiya qilindi.

Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 4 %dan 3 %ga tushirildi.

❗️2022-yilda jismoniy shaxslar uchun 2018 yilda belgilangan
kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan soliq miqdori, 2021 yil uchun hisoblangan soliq miqdoridan 1,3 baravardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan ozod etildi. Ushbu imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ular 23 yoshga to‘lgunga qadar davlat tomonidan ajratilgan turar-joy xonalariga tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5232-sonli qaroriga asosan,
Umumiy ovqatlanish korxonalari (restoran, kafe, oshxona va h.k.) quyidagi soliqlar bo‘yicha 2021-yil 15-avgust holatiga mavjud qarzdorlikni va barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulgacha foizlarsiz kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lashi mumkin:
aylanmadan olinadigan soliq;
foyda solig‘i;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yig‘imlar. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2022-yil 20-yanvar

dekabr oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksining 273-moddasi 1-va 2-qismlari);

- agar dekabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).

Eslatib o‘tamiz, oxirgi muddati 19 va 20 yanvar bo‘lgan soliq hisobotlarini topshirish muddati bir kunga uzaytirilgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ 20 января 2022 года крайний срок

за декабрь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(части первая и вторая статьи 273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в декабре были начислены дивиденды и проценты
(часть пятая статьи 345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(часть первая статьи 355 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера базовой расчетной величины в размере 1/12 части годовой суммы налога
(часть третья статьи 448 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами, не являющихся плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера базовой расчетной величины, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями
(часть третья статьи 448 Налогового кодекса).

Напоминаем также, что представление налоговой отчетности, крайний срок которой приходится на 19 и 20 января, продлен на один день.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS

Nima uchun QQS to‘lovchining ofis maydoni 18 m² dan kam bo‘lmasligi kerak

📝 Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarori (22.09.2021) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, QQS to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda soliq xavfi darajasini aniqlash maqsadida soliq organlari ularning joylashgan joyi manzilini o‘rganishga haqli.

📍Bunda mulk huquqi yoki ijara yoxud tekin foydalanish asosida bitta yuridik shaxsga o‘rtacha 18 m² dan kam ma’muriy maqsadlarda foydalanayotgan maydon (ofis) to‘g‘ri kelsa nominal manzil deb e’tirof etiladi.

‼️O‘zbekistonda o‘rnatilgan shaharsozlik me’yorlariga muvofiq (“Jamoat binolari va inshootlari” ShNQ 2.08.02-09) ishchi xonalar va kabinetlar 1 shtat xodimiga kamida 6 m² maydon to‘g‘ri kelishi hisobidan loyihalanadi.

Yuridik shaxsning rahbari kamida 3 nafar xodimga ega bo‘lishi hisobga olinsa, binolarning (ofis) minimal maydoni 18 m² ni tashkil qiladi.

Ushbu me’yor real iqtisodiy faoliyatni amalga oshirmaydigan subyektlarni (xususan, bir vaqtning o‘zida bir nechta yuridik shaxs “ommaviy ro‘yxatga olish” manzilida ro‘yxatdan o‘tganligini) aniqlash maqsadida o‘rnatilgan.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda 149 371 ta QQS to‘lovchining:

99,5 %i ushbu mezonga tushmaydi;

🚫0,5%i (742 ta subyekt) zaruratdan kam maydonga ega.

Vazirlar Mahkamasining 22.09.2021-yildagi 595-sonli qarorida nazarda tutilgan mezonlar faqat QQS to‘lovchilarini xavf guruhlariga ajratish uchun qo‘llaniladi va QQS to‘lovchisi hisoblanmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilganlar, oilaviy korxonalar va yuridik shaxslarga qo‘llanilmaydi.

❗️Bunda, ushbu mezonlar tadbirkorlik faoliyatini taqiqlash uchun asos bo‘lmaydi, balki faqat QQS to‘lovchisi maqomiga muvofiqlik ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn

Ayni damda Samarqand shahridagi Yoshlar markazida "2022-yil uchun soliq siyosati: yangiliklar, o'zgarishlar va imtiyozlar" mavzusida DSQ raisi o’rinbosari Jahongir Abdiyev
ishtirokida berilayotgan soliq imtiyozlarining samaradorligi yuzasidan muloqot bo’lib o’tmoqda. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Tumanlar va viloyatlar kesimida yer usti va yer osti manbalari suv hajmining 2022 yilga nisbati

📝Soliq kodeksining 444-moddasiga asosan soliq to‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida hisobini yuritadi.

🚰Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan keladigan vodoprovod tarmog‘idagi suvdan foydalanilganda, soliq bazasi manbaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi.

Suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning maʼlumotiga asosan vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlarining 2022 yilga nisbati quyidagi jadvalda keltirilgan👇

https://soliq.uz/storage/files/January2022/e4e480827e58d54e017e7739c0fe0007.pdf

👉2022-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari
__________
#налог_за_пользование_водными_ресурсами

Соотношение объемов воды из поверхностных и подземных источников в разрезе районов и областей в 2022 году

📝Согласно ст.444 Налогового кодекса, налогоплательщики ведут раздельный учет объемов использованных водных ресурсов из поверхностных и подземных источников.

🚰При использовании воды из водопроводов, куда она поступает из поверхностных и подземных источников, налоговая база определяется отдельно по каждому виду источника.

В таблице по ссылке ниже приведены представленные юридическими лицами сведения о соотношении объемов воды, поступающих в водопроводную сеть из поверхностных и подземных источников водных ресурсов на 2022 год👇

https://soliq.uz/storage/files/January2022/e4e480827e58d54e017e7739c0fe0007.pdf

👉Ставки налога за пользование водными ресурсами в 2022 году

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram