Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.01K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
90 files
5.81K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi (MXIK) topilmagan taqdirda tasnif.soliq.uz sayti orqali murojaat qoldiring.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
2022-yil 1-iyulgacha “E-aktiv” AATdan lozim darajada foydalanmaganlik uchun soliq to‘lovchilarga ta'sir choralari ko‘rilmaydi

QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan yuridik shaxslar 2022-yil 1-yanvardan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish, o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirishi shart (VM-595-son qarori, 22.09.2021).
Mazkur tizim tadbirkorlik subyektlariga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalar hisobini yuritish imkonini beradi.
Hozirda tizimni amaliyotga joriy etishning birinchi bosqichi olib borilmoqda. Bunda asosiy eʼtibor elektron hisobvaraq-faktura va bojxona-yuk deklaratsiyalari asosida faqat kiruvchi va chiquvchi tovarlar oqimini avtomatik ravishda hisobga olishga qaratilmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining taklif va murojaatlari asosida tizimni yirik avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobi dasturiy mahsullari (1C, SAP va boshqalar) bilan integratsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.
2022-yil 1-iyulgacha “E-aktiv” AATdan lozim darajada foydalanmaganlik uchun soliq to‘lovchilarga ta'sir choralari ko‘rilmaydi. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
#солиқчи_кўмакчи

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi elektron soliq xizmatlari portali – my.soliq.uz dagi elektron hisobot interaktiv xizmatida yuz bergan ayrim texnik nosozliklar munosabati bilan oxirgi muddati 2022-yil 19 yoki 20-yanvar bo‘lgan soliq hisobotlarining taqdim etishni bir kundan ortiq bo‘lmagan muddatga kechiktirganlik soliq to‘lovchilarni javobgarlikka tortishga va ularni u yoki bu soliq xavfi guruhiga kiritilishiga sabab bo‘lmasligini maʼlum qiladi.

Mazkur eʼlon DSQ rasmiy xabari sifatida tan olinib soliq nazorati chog'ida jarimalar qo‘llanilmasligiga asos bo‘ladi.
____________________
#клиентоориентированность

Уважаемые налогоплательщики ❗️

В связи с некоторыми техническими неполадками, возникшими в работе интерактивной услуги электронной отчетности портала электронных налоговых услуг my.soliq.uz, Государственный налоговый комитет Республики Узбекистан сообщает, что за нарушение сроков представления налоговой отчетности, но не более чем один день, представление которой должно быть осуществлено 19 или 20 января 2022 года, не повлечет за собой привлечение налогоплательщиков к ответственности и отнесение их к той или иной группе налогового риска.

Данное объявление признается официальным сообщением ГНК и является основанием для неприменения штрафов при осуществлении налогового контроля.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_aktiv
“E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish majburiymi?
❇️2022-yil 1-yanvardan boshlab QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun quyidagilar majburiy❗️ hisoblanadi:
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish (sotib olish (qurish), ishga tushirish, qayta baholash, tasarruf etish) hamda o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (https://my3.soliq.uz/legal/e-ombor/home)da aks ettirish;
tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yaroqsizligi, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida yo‘q qilinganda va kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) sababli hisobdan chiqarilganda uch ish kunidan kechiktirmasdan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (https://my3.soliq.uz/legal/e-ombor/home)da aks ettirish (VM-595-son qarori (https://lex.uz/docs/-5650010), 22.09.2021). Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2020-yil iyun oyida olingan kvartira 2022-yilda daromad solig‘idan ozodmi? Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5 %ga tushirildi

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 2 %dan 1,5 %ga, normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlariga nisbatan 4 %dan 3%ga pasaytirildi.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash va hisobotlarni taqdim etishda quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

Mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda bino va inshootlar bo‘yicha soliq bazasi (liniyali obyektlar va tugallanmagan qurilish obyektlari bundan mustasno) quyidagi miqdorlarda 1 м² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas:

📍Toshkent shahrida – 2,5 mln so‘m;

📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 1,5 mln so‘m;

📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 mln so‘m.

Agar obyektning 1 м² qiymati belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirish uchun baholovchilarni jalb etishga haqli.

Bunda mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi.

Soliq to‘lovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish bo‘yicha quyidagi huquqlar berildi:

- 2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani 2022-yil 1-fevralga qadar ko‘chmas mulk obyektlariga 1 м² minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etish;

- 2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan maʼlumotnomani 2022-yil 1-aprelga qadar, penya hisoblash ko‘rinishidagi javobgarlik chorasini qo‘llamasdan taqdim etish;

- 1 м² obyektning qiymati belgilangan minimal qiymatdan kam bo‘lgan taqdirda, 2022-yil 1-aprelga qadar ko‘chmas mulk obyektlarini mustaqil baholash rejalashtirilganligi to‘g‘risida soliq organini xabardor qilgan holda ko‘chmas mulk qiymatini 2022-yil 1-oktabrga qadar mustaqil baholashni o‘tkazish, mustaqil baholash yakunlangandan keyin 30 kun davomida soliq organlariga mol-mulk solig‘i hisobotini taqdim etish.

Yangi neft va gaz quduqlarini, ularni foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki 2 yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod etilishi nazarda tutilmoqda. Ushbu soliq imtiyozining amal qilish muddati yakunlangach, keyingi 3 yil davomida mazkur quduqlarga nisbatan belgilangan soliq stavkasining 50 %ga kamaytirilgan stavkasi qo‘llaniladi.
2022-yil uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer solig‘i stavkalari

1) Saqlab qolindi:

- yuridik va jismoniy shaxslarning yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi;

- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan soliq stavkasi – 0,95% (Solq kodeksi 429-modda);

- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i hisobotlarini taqdim etish – joriy soliq davrining 1-mayiga qadar (Soliq kodeksi 431-modda).

2) Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘ining bazaviy stavkalari o‘rtacha 1,07 baravarga indeksatsiya qilindi.

3) 2022-yilda jismoniy shaxslar (YATTdan tashqari) uchun hisoblangan soliq summasi 2021-yilda hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

4) Pasaytirilgan soliq stavkasini bazaviy soliq stavkasiga bosqichma-bosqich yetkazish davom ettiriladi. Soliq kodeksining 429- moddasida nazarda tutilgan yuridik shaxslarning alohida obyektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun soliq stavkalariga nisbatan qo‘llaniladigan pasaytiruvchi koeffitsiyent 0,25 dan 0,3 gacha oshirildi.

Yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalaridan iborat bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan ushbu toifadagi soliq to‘lovchilar uchun soliq yukini 2021-yil darajasida saqlab qolish maqsadida, yer solig‘i stavkasiga 0,25 koeffitsiyenti saqlab qolindi.

Liniyali obyektlarga nisbatan (Soliq kodeksining 429-moddasi oltinchi qismining ikkinchi-beshinchi xatboshilari) respublikaning har bir tumani va shahri bo‘yicha o‘rtacha belgilangan soliq stavkasiga 0,3 koeffitsiyenti qo‘llaniladi.

Har bir tuman va shahar bo‘yicha o‘rtacha soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organi tomonidan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari belgilagan soliq stavkalari asosida aniqlanadi hamda ular har yili 5-yanvarga qadar soliq to‘lovchilarga yetkaziladi.

5) Qonun hujjatlarida yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘iga nisbatan oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan taʼsir choralari qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan obyektlarni soliqqa tortish tartibi saqlanib qolindi. Bunda, ushbu yer uchastkalariga Soliq kodeksining 428-moddasida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi.

6) Geologiya-qidiruv va (yoki) qidiruv ishlari uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i soliq solish obyektidan chiqarib tashlandi.

7) Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i bo‘yicha joriy soliq davri uchun soliq hisobotlarini 1-fevralga qadar taqdim etish huquqi berildi.

Bunda, ushbu soliqni to‘lash, aylanmadan soliq to‘lovchilar toifasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan yillik summaning 1/12 qismi miqdorida 2022-yilning 1-fevraliga qadar amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha

- Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi;

- tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki YaTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlarini soliqqa tortish tartibi saqlab qolindi.

Turar joy fondi obyektlariga, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylariga 2021-yilda amal qilgan soliq stavkalari 1,1 baravarga indeksatsiya qilindi.

Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 4 %dan 3 %ga tushirildi.

❗️2022-yilda jismoniy shaxslar uchun 2018 yilda belgilangan
kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan soliq miqdori, 2021 yil uchun hisoblangan soliq miqdoridan 1,3 baravardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan ozod etildi. Ushbu imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ular 23 yoshga to‘lgunga qadar davlat tomonidan ajratilgan turar-joy xonalariga tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5232-sonli qaroriga asosan,
Umumiy ovqatlanish korxonalari (restoran, kafe, oshxona va h.k.) quyidagi soliqlar bo‘yicha 2021-yil 15-avgust holatiga mavjud qarzdorlikni va barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulgacha foizlarsiz kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lashi mumkin:
aylanmadan olinadigan soliq;
foyda solig‘i;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yig‘imlar. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2022-yil 20-yanvar

dekabr oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksining 273-moddasi 1-va 2-qismlari);

- agar dekabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).

Eslatib o‘tamiz, oxirgi muddati 19 va 20 yanvar bo‘lgan soliq hisobotlarini topshirish muddati bir kunga uzaytirilgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ 20 января 2022 года крайний срок

за декабрь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(части первая и вторая статьи 273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в декабре были начислены дивиденды и проценты
(часть пятая статьи 345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(часть первая статьи 355 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера базовой расчетной величины в размере 1/12 части годовой суммы налога
(часть третья статьи 448 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами, не являющихся плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера базовой расчетной величины, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями
(часть третья статьи 448 Налогового кодекса).

Напоминаем также, что представление налоговой отчетности, крайний срок которой приходится на 19 и 20 января, продлен на один день.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram