Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.05K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.97K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Urgutlik tadbirkorlarga ko‘mak berilmoqda

Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sho‘basi tomonidan joriy yilda xo‘jalik yurituvchi subyektlardan 3859 tasining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishda korxonalardan 290 tasiga dastlabki buxgalteriya hisobini yuritish, 868 tasiga soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berish, 193 tasiga soliq rejimini tanlash bo‘yicha ko‘maklashildi. Bundan tashqari, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan 283 tasiga soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, 214 tasiga shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma berish, 89 tasiga qo‘shilgan qiymat solig‘idan va 93 tasiga boshqa soliq turlaridan ortiqcha to‘lov summasini qaytarish, 23 tasiga soliq qarzi muddatini uzaytirish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
Urgut tumani soliqchilari “Elite-elektro-group”, “Diamond steel production” va “Urgut mikro metal” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, soliq qonunchiligidagi o‘zgarish va yangiliklar xususida tushunchalar berish maqsadida ushbu korxonalarda bo‘ldi.
– Korxonamiz yarim avtomat kir yuvish mashinasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, – deydi “Elite-elektro-group ” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Eldor Sodiqov. – Bugungi kunda 2 turdagi yarim avtomat kir yuvish mashinasini ishlab chiqaryapmiz. Jamiyatda 50 nafardan ortiq ishchi-xizmatchilar mehnat qilmoqda. Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida ko‘mak berib kelmoqda. Jumladan, soliqchilar korxonamizga kelib, soliq rejimini tanlash, elektron hisobotlarni shakllantirish bo‘yicha amaliy yordam beryapti.

Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
“Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish” E-ijara elektron xizmati.
#e_imtiyoz

“E-imtiyoz” tizimiga amaldagi 3 932 ta soliq imtiyozi kiritilgan va har biriga alohida ID-kod biriktirilgan.

Tizimda mavjud imtiyozlar:
🔸16 252 ta tovarga;
🔸200 ta xizmatga;
🔸4 812 ta tashkilotga biriktirilgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishtixon tumani 4-sektoridagi “Yo‘g‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Minglar va Do‘sat qishlog‘ini bog‘lovchi ichki yo‘lning 1.2 km. masofasiga asfalt qoplamasi yotqizildi. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Soliqchi – tadbirkorga ko'makchi" Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
🟢 Bayram yarmarkasi tashkil etildi
Kattaqo‘rg‘on shahridagi mutasaddi tashkilotlar mas’ullari tomonidan aholiga qulaylik yaratish, ularning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Dehqon” MChJga qarashli Qoradaryo ko‘chasida joylashgan dehqon bozorida ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, go‘sht va boshqa mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxlarda sotish bo‘yicha bayram yarmarkasi tashkil etildi. Kattaqo‘rg‘on shahri davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Damir Ashurov dehqon bozorida tashkil etilgan yarmarka, savdo rastalarida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
#savol_javob #imtiyoz

Vazirlar Mahkamasining 30.07.2018-yildagi 595-sonli qaroriga asosan Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiya ajratiladi. Ushbu subsidiya tarbiyachilarning ish haqlarini qoplash uchun beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.04.2018-yildagi PQ-3651-sonli qaroriga asosan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat boshlagandan buyon 10 yilgacha barcha soliq va yig‘imlardan ozod etilgan. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachi va yordamchi tarbiyachilarining ish haqlarini qoplash uchun ajratilgan subsidiya mablag‘laridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ushlanadimi yoki imtiyoz mavjudmi?

Soliq kodeksining 371-moddasiga asosan ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to‘lanadigan mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlardan, tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi.

Soliq kodeksining 370-moddasiga muvofiq mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar jami daromadlarga kiritiladi va Soliq kodeksining 366-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.04.2018-yildagi PQ-3651-sonli qarorida belgilangan imtiyozlar tashkilotga berilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilari esa jismoniy shaxslar hisoblanadi. Shu bois ushbu imtiyoz jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bunda faoliyat yurituvchi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti soliq to‘lovchiga daromad to‘lovchi soliq agenti sifatida soliqni hisoblab chiqadi va budjetga to‘laydi (Soliq kodeksining 385-moddasi).
_____________

#вопрос_ответ #льгота

На основании ПКМ РУз от 30.07.2018 № 595 семейным негосударственным дошкольным образовательным организациям выделяются субсидии. Субсидия предоставляется для покрытия расходов на выплату заработной платы воспитателей. Постановлением Президента №3651 от 05.04.2018 предусмотрено освободить негосударственные дошкольные образовательные организации от уплаты всех видов налогов и обязательных отчислений в течение 10 лет с начала осуществления деятельности. Удерживается ли налог на доходы физических лиц с субсидий, выделенных для покрытия расходов на выплату заработной платы воспитателей и их помощников, или есть льгота?

Согласно ст.371 Налогового кодекса доходами в виде оплаты труда признаются все выплаты, начисляемые и выплачиваемые работнику, состоящему в трудовых отношениях с работодателем и выполняющему работу по заключенному трудовому договору (контракту), в том числе начисленная заработная плата за фактически выполненную работу, исчисленная исходя из сдельных расценок, тарифных ставок и должностных окладов в соответствии с принятыми формами и системами оплаты труда.

На основании ст.370 НК доходы в виде оплаты труда входят в состав совокупного дохода и в соответствии со ст. 366 НК облагаются налогом на доходы физических лиц.

Поскольку льготы, обозначенные в Постановлении Президента №3651 от 05.04.2018, предоставляются организациям, а плательщиками НДФЛ являются физические лица (ст.364 НК РУз), значит освобождение от налогообложения не распространяется на налог на доходы физических лиц.

В связи с этим негосударственная дошкольная образовательная организация, выступая налоговым агентом, выплачивающим доход налогоплательщику, исчисляет и уплачивает налог в бюджет (ст.385 НК).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e_imtiyoz

“Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati yaratildi

Korxona, mahsulot yoki xizmat
uchun soliq imtiyozi belgilangan. Lekin EHF rasmiylashtirishda yoki soliq hisobotlarini to‘ldirishda ayrim hollarda imtiyoz avtomatik shakllanmasa qanday yo‘l tutish kerak?

🎞Batafsil videoqo‘llanmada

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram