Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.05K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.97K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasida tadbirkorlar uchun seminar o'tkazildi Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
#Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qilindi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali viloyat Davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:

🔸Samarqand viloyati Davlat soliq boshqarmasi:
— Oqdaryo tuman davlat soliq inspeksiyasi - Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorida ishlarni tashkil qilish bo‘limi Davlat katta soliq inspektori (3-sektorga mas’ul) 0,5 stavka (https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/94295#profile);

— Samarqand tuman davlat soliq inspeksiyasi - Kameral soliq tekshiruvlari sho‘basi Davlat bosh soliq inspektori;

(https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/70587#profile)— Boshqarmaning Kameral soliq tekshiruvlari sho‘basi - Sho‘ba boshlig‘i o‘rinbosari;

(https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/65592#profile)— Boshqarmaning Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligi bo‘limi - Davlat bosh soliq inspektori;

(https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/77560#profile)— Boshqarmaning Soliq auditi sho‘basi - Davlat bosh soliq inspektori;

(https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/80411#profile)— Boshqarmaning Kameral soliq tekshiruvlari sho‘basi - Davlat bosh soliq inspektori;

(https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/80410#profile)— Boshqarmaning Kameral soliq tekshiruvlari sho‘basi - Davlat katta soliq inspektori;

(https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/94285#profile)— Boshqarmaning Soliq auditi sho‘basi - Davlat bosh soliq inspektori;

(https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/94282#profile)— Boshqarmaning Soliq auditi sho‘basi - Davlat katta soliq inspektori;

(https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/94283#profile)— Boshqarmaning Sayyor soliq tekshiruvlari sho‘basi - Davlat bosh soliq inspektori;

(https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/94284#profile)— Toyloq tuman davlat soliq inspeksiyasi - Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari;

(https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/77572#profile)— Ishtixon tuman davlat soliq inspeksiyasi - Sayyor soliq tekshiruvlari sho‘basi boshlig‘i;

(https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/81529#profile)— Urgut tuman davlat soliq inspeksiyasi - Kameral soliq tekshiruvlari sho‘basi Davlat bosh soliq inspektori;

(https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/94292#profile)— Urgut tuman davlat soliq inspeksiyasi - Soliq nazorati bo‘limi boshlig‘i;

(https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/94291#profile)— Paxtachi tuman davlat soliq inspeksiyasi - Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorida ishlarni tashkil qilish bo‘limi Davlat katta soliq inspektori (3-sektorga mas’ul) 0,5 stavka (https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/94293#profile).

▶️ Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz/) orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

❗️Hujjatlar 2021 yil 14 dekabrdan 23 dekabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma

(https://t.iss.one/vacancy_argos/225)🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

(https://t.iss.one/vacancy_argos/250)⭕️ Portalning rasmiy kanali — https://t.iss.one/vacancy_argos
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahrida “Zakovat” intellektual o‘yinining “Davlat soliq qo‘mitasi Raisi kubogi” turniri viloyat saralash bosqichi o‘tkazildi Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
Soliq qonunchiligidagi yangiliklar tushuntirildi

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 4-oktabrdagi “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining shu yil 28-apreldagi “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Unda boshqarmaning mas’ul xodimlari ushbu hujjatlar bilan joriy etilayotgan yangiliklar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Chunonchi, 2022-yil 1-yanvardan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga ularning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika budjetidan qaytariladi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, avtomobil, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lov, shuningdek, to‘lov tizimi operatorlari orqali to‘lovni amalga oshirganda olingan xarid cheklari bundan mustasno. Sotib oluvchiga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek, identifikatsiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qilish nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qo‘llanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi to‘g‘risida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga, huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasi hisobidan qonunchilik hujjatlarida nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibining buzilishi bo‘yicha belgilangan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi. Bunda jarimaning qolgan undiriladigan qismi belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Qayd etish joizki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalar (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar)dan majburiy foydalanish amaliyotga tatbiq qilinadi.
Seminarda tadbirkorlar va hisobchilarning 2022-yildan boshlab joriy qilanadigan o‘zgarish hamda yangiliklar bo‘yicha savollariga atroflicha javob qaytarildi.
Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
Forwarded from SamTVR | MTRK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_XABARLARI

SAMARQANDDA "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O‘YININING
"DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI RAISI KUBOGI" TURNIRI
VILOYAT SARALASH BOSQICHI O‘TKAZILDI
#savol_javob

🔴Budjet tashkilotlariga foizlar uchun to’lov amalga oshirilganda to’lov manbaida soliq solinadimi?

🔵Soliq kodeksining 344-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan yuridik shaxs tomonidan notijorat va budjet tashkilotlariga mablag‘larni depozitga joylashtirishidan to’lanadigan foizlarga to’lov manbaida ushbu Kodeks 337-moddasi 1-qismining 12-bandida belgilangan miqdordagi soliq stavkasi (15%) bo’yicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
____________
#вопрос_ответ

🔴Удерживается ли налог у источника выплаты при выплате процентов бюджетным организациям?

🔵Согласно статье 344 Налогового кодекса проценты, выплачиваемые юридическим лицом — налоговым резидентом Республики Узбекистан некоммерческим и бюджетным организациям от размещения средств на депозитах, облагаются налогом у источника выплаты по налоговой ставке (15%), установленной пунктом 12 части 1-ой статьи 337 Налогового кодекса, и подлежат вычету при определении налоговой базы получателей таких доходов.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#sayyor_qabul

Kattaqo‘rg‘on shahri 4-sektori
hududidagi “Haydarchaman” mahallasida sektor mas’ul xodimlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari mahalla fuqarolari bilan sayyor qabul hamda yoshlar bilan uchrashuvini o‘tkazdi.
Unda fuqarolarning kommunal soha, ish bilan ta’minlash, kredit olishga oid va boshqa bir qator muammolari mutaxassislar ishtirokida atroflicha o‘rganildi. Ba’zi masalalarga shu yerning o‘zida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, vaqt talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
#Bilasizmi

Elektron ishonchnoma nima?

🔹 Elektron ishonchnoma xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovar-moddiy boyliklarni olish uchun rasmiylashtiriladigan elektron hujjatdir.

🔹 Mahsulotlarni (tovar va xizmatlarni) yetkazib berish bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslar elektron ishonchnomalarni rasmiylashtirish jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.

🔹 Ishonch bildirilgan jismoniy shaxs ishonchnoma rasmiylashtirilayotgan korxonada mehnat shartnomasi asosida faoliyatini amalga oshirib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentidir.

🔹 Elektron ishonchnomaga mobil ilovalar va dasturiy mahsulotlar orqali o‘qish (skanerlash) vaqtida elektron ishonchnoma haqida barcha ma’lumotlarga havola bo‘ladigan maxsus QR-kod biriktiriladi. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliqchilar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazilmoqda.

@hududtv
#mutaxassis_sharhi

Tovarlarni vositachilik shartnomasi asosida realizatsiya qilish operatsiyalari soliq hisoboti onlayn-NKM tizimida qanday yuritiladi?

Onlayn-NKM tizimida tovarlar realizatsiyasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar soliq hisobotida avtomatik ravishda aks ettiriladi.

Avvalroq vositachilik shartnomasi asosida tovarlar relizatsiya qilishni onlayn kassa cheklarida aks ettirish imkoniyati paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu yangi imkoniyat haqida DSQ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti direktori Hayotjon Nasrulloyev aniq va lo‘nda tushuntirish berdi:

Vositachilik shrtnomasini imzolagan tomonlarni soliqqa tortishning 4 ta yo‘li mavjud:

1️⃣ Vositachi va komitent - aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar;
2️⃣ Komitent va vositachi - QQS to‘lovchilar”;
3️⃣ Komitent - aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi, vositachi - QQS to‘lovchi;
4️⃣ Komitent - QQS to‘lovchi, vositachi - aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi.

Vositachilik shartnomasi asosida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish operatsiyalari onlayn-NKM tizimida aks ettirilgan soliq hisobotini shakllantirishda komitentning holati inobatga olinadi.

Agar komitent QQS to‘lovchisi bo‘lsa, onlayn-NMK cheklarida ko'rsatilgan summa uning qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.

Agar komitent aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchisi bo‘lsa, onlayn-NMK cheklarida ko‘rsatilgan summa uning aylanmadan olinadigan soliq hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.
____________

#комментарий_специалиста

Как в системе онлайн-ККМ ведется налоговый учет операций по реализации комиссионных товаров?

В системе онлайн-ККМ предусмотрено автоматическое отражение в налоговой отчетности сведений о реализации товаров.

Ранее сообщалось, что в чеках онлайн-ККМ появилась возможность отражать реализацию товаров по договору комиссии. Для этого в чеке онлайн-ККМ необходимо указать ИНН комитента.

Комментарий начальника департамента информационно-коммуникационных технологий ГНК РУз Хаётжона Насруллоева:

"Существует 4 возможных варианта налогообложения сторон, заключивших договор комиссии:

1️⃣Комиссионер и комитент – плательщики налога с оборота;
2️⃣Комитент и комиссионер – плательщики НДС;
3️⃣Комитент – плательщик налога с оборота, комиссионер – плательщик НДС;
4️⃣Комитент – плательщик НДС, комиссионер – плательщик налога с оборота.

При отражении в онлайн-ККМ операций по реализации товаров (услуг) по договору комиссии в формируемой налоговой отчетности учитывается статус комитента.

Если комитент является плательщиком НДС, то сумма, указанная в чеке онлайн-ККМ, автоматически отобразится в отчетности по налогу на добавленную стоимость.

Если комитент является плательщиком налога с оборота, то сумма, указанная в чеке онлайн-ККМ, будет отражена в отчетности по налогу с оборота".

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#davra_suhbati

Ishtixon tumani 4-sektori rahbari O‘tkir Boyzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29-sonli farmoni bilan yuklatilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilarining hamda mahalla yoshlar yetakchilarining samarali faoliyat olib borishini ta’minlash yuzasidan davra suhbati o’tkazdi. Har bir rahbar xodim va sektor rahbarlari hokim yordamchilariga ish faoliyati davomida har tomonlama ko‘maklashishga ma’sul ekani tushuntirildi. Davra suhbatida qatnashganlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq javob oldi. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube