Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.05K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.97K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
📄Soliq qonunchiligidagi yangiliklar tadbirkorlarga yetkazildi!

Bugun, Samarqand shahridagi “Yoshlar Markazi”da 2025-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlari va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Unda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati, mas’ul xodimlari ishtirok etib, Soliq kodeksiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar haqida batafsil axborot berdilar.

Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga qo‘shimcha imtiyozlar berilganligi, ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va investitsion muhitni yaxshilash maqsadida tadbirkorlarga berilgan yengilliklar, ta’lim va IT-sohalariga berilgan imtiyozlar, yashil energiya manbalarini o‘rnatish rag‘batlantirilishi va boshqa o‘zgarishlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib, ularni amaliyotda qo‘llash tartib-tamoyillari bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi.

📖Seminar davomida tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi hamda tizimli muammolar yuzasidan takliflar eshitildi.
📌Korrupsiya - jamiyat taraqqiyoti kushandasi

⚡️ Qo'shrabot tumanida viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan tuman soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

🔹Unda xodimlarga o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof faoliyat yuritmasligi lozimligi, poraxo‘rlik va ta’magirlikning salbiy oqibatlari hamda muqarrar jazo choralari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, uning oqibati, sabab va omillarini bartaraf etish, korrupsion jinoyatlarni sodir etganlik uchun muqarrar jazo choralari to‘g‘risida so‘z yuritilib, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lishi kerakligi tushuntirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025 #mol_mulk_soligi

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i

❗️20-yanvar - boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisoblangan joriy yil uchun mol-mulk solig'i summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5%.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig'ini hisoblash uchun soliq bazasi 1 м² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo'lishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida — 3,3 mln so'm;
📍Nukus shahri va viloyat markazlarida — 2,2 mln so'm;
📍Boshqa shaharlarda va qishloq joylarida — 1,3 mln so'm.

👉Ko'chmas mulkning o'rtacha yillik qoldiq qiymatini soliq hisobotida aks ettirish tartibi
👉Mustaqil baholash natijalarini taqdim etish
👉Imtiyozlardan foydalanish boʻyicha qoʻllanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening

🗓 17-yanvar kuni
"Yuridik shaxslar yer va mol-mulk soliqlari"
mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 📱 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
_______
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится

🗓 17 января
Тема: Налоги на имущество и землю юридических лиц

Прямой эфир - на платформе 📱 YouTube

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari Nurobod tumani aholisi muammolarini o‘rganish maqsadida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda viloyat soliq boshqarmasi va tuman soliq inspeksiyasi rahbariyati ishtirok etib, tegishliligi bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini o‘rgandi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan yer va mol-mulk soliqlari, soliq imtiyozlari, faoliyatini qonuniy tugatishda amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, subsidiya ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
#onlayn_seminar

"Yuridik shaxslar yer va mol-mulk soliqlari" mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

📱Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/yJwxEDBz0zg?feature=share
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Налоги на имущество и землю юридических лиц".

📱Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/yJwxEDBz0zg?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Savol: Korxonamiz joriy yilda chetdan olib kelingan yangi uskunani ishga tushirdi. Bunda korxonamiz foyda solig‘ini hisoblashda investitsiyaviy chegirmani qo‘llashi mumkinmi?

🖊 Samira Avazova

❇️ Javob: Soliq kodeksining 308-moddasiga asosan, soliq to‘lovchi aktivning boshlang‘ich qiymatidan kelib chiqqan holda amortizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo‘yicha investitsiyaviy chegirmalarni belgilangan tartibda va shartlarda qo‘llashga haqli.

Investitsiyaviy chegirma yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minotini sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summalarining 20 foizi miqdorida qo‘llaniladi.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Bekzod Saliyev javob berdi.
📖Soliq tushunchasi va soliq qonunchiligidagi yangiliklar yuzasidan universitet talabalariga o'quv-seminari o'tkazildi!

👨🏼‍🎓Samarqand shahridagi “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalarga soliq tushunchasi, O'zbekiston Respublikasida soliq siyosati hamda soliq qonunchiligidagi yangiliklar yuzasidan o'quv seminari tashkil etildi.

📝O'quv-seminari davomida universitet talabalari soliqlar bo'yicha o'z bilimlarini mustahkamlashdi.

🙋‍♂️Seminar davomida ishtirokchilar o'zlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.