Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Mol-mulk va yer solig‘i o‘z vaqtida to‘lanishi lozim

Soliq kodeksiga ko‘ra, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash soliq davri uchun teng ulushlarda 15-aprelgacha va 15-oktabrgacha amalga oshirilishi belgilangan.

Quyidagilar mol-mulk solig‘ining soliq solish obyektidir:

- uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari

- tadbirkorlik faoliyati yoki daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari

- qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar


- ko‘p kvartirali uylarga uzviy bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshoatlar

Quyidagilar yer  solig‘ining soliq solish obyektidir:

- jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari va dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari

- yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalari

- jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari


- xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar

- meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari

-mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari

- tadbirkorlik uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari
4-sektor rahbari toyloqlik yoshlar bilan uchrashdi

Yoshlar muammolarini bevosita joylarda o‘rganish va hal etish, maqsadida Toyloq tumanida Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari E.Tolliyevning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda barcha yoshlar bilan do’stona suhbatlashib, ularning muammolari tinglandi. Xususan, yoshlar bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni yo'lga qo'yishda amaliy yordam ko'rsatish va boshqa masalalarda murojaat qilishdi.

Sektor rahbari tomonidan muammolar o’rganildi va ba'zilari joyida o‘z yechimini topdi. Vaqt talab etuvchi murojaatlar esa nazoratga olinib, mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.
Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari topshirig‘iga ko‘ra boshqarma  mas'ullari tomonidan Oqdaryo tumanigi fermer xoʼjaliklarida paxta terimi jarayoni,terimchilarga yaratilgan sharoitlar oʼrganildi.                                                                                  Yetishtirilgan paxta hosilini nest nobud qilmasdan terib olish boʼyicha koʼrsatmalar berildi. Shuningdek, ilgʼor terimchilar sovg‘alar topshirildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-oktabrga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

Soliqlar – yurtimiz farovonligi, yo‘llarimiz ravonligi, sarhadlarimiz mustahkamligi, aholi salomatligi, farzandlar kelajagi uchun sarflanadi.
❇️ Qonunchilikka ko‘ra, umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran 3 yil muddatga, quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etilishi belgilangan:

ushbu qurilmalar bo‘yicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda bo‘yicha — foyda solig‘ini;

uy-joy fondining ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini.

❗️ Agar qurilmalar o‘rnatilayotgan quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam bo‘lmagan quvvatni tashkil etadigan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, yuqoridagi soliq imtiyozlari ular foydalanishga topshirilgan kundan boshlab 10 yil muddatga qo‘llaniladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini 15-oktabrga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Ertaga 15-oktabr Siz uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

Soliqlar – yurtimiz farovonligi, yo‘llarimiz ravonligi, sarhadlarimiz mustahkamligi, aholi salomatligi, farzandlar kelajagi uchun sarflanadi.
Savol: Fermer xo‘jaligimizga tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etdik, shu tizimni joriy etganlarga soliq imtiyozlari mavjud deb eshitdim, shunga tushuntirish bersangiz,

🖊Abdulla Kenjaev

Javob: Qonunchilikka muvofiq, bu holatda yer solig‘idan imtiyoz ko‘zda tutilgan!

❇️ Soliq kodeksining 428-moddasiga asosan suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa) sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar — suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiradi.

Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organning xulosasi asosida beriladi.

Agarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan yoki demontaj qilingan bo‘lsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

15-oktabr - sentabr oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisobotini to‘ldirish bo‘yicha quyidagilardan foydalanish mumkin:
👉 videoqo‘llanma
👉 onlayn-seminar
_______
#налог_с_оборота

15 октября - последний день представления отчетности и уплаты по налогу с оборота за сентябрь

Чтобы заполнить отчетность по налогу с оборота, воспользуйтесь:
👉 видеоинструкцией
👉 онлайн-семинаром

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer soligʻi nima asosida hisoblanadi?


Kadastr organlari yer uchastkasi va koʻchmas mulk, ularning mulkdorlari (egalari) toʻgʻrisidagi axborotni soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etadi.
👉Soliq kodeksi 133-modda

Ushbu maʼlumotlar asosida jismoniy shaxslarga yer va mulk soliqlari hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 423- va 440-moddalar
__________
#налог_на_имущество #земельный_налог

На основании чего рассчитываются налоги на имущество и землю физических лиц?

Органы кадастра предоставляют информацию о земельном участке и ином недвижимом имуществе, их собственниках (владельцах) в органы государственной налоговой службы в электронной форме в режиме реального времени.
👉ст.133 НК

На основании этой информации начисляются налоги на имущество и землю.
👉ст.423 и ст.440 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mulk_soligi #yer_soligi

Fuqarolar qancha mol-mulk va yer soligʻi toʻlashlari toʻgʻrisidagi xabarnomani qachon va qanday olishadi?

Soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasi soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilarga quyidagi usullarda har yili 1 martdan kechiktirmay topshiriladi:

✍️ imzo qoʻydirilgan holda;

💻soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda;

📲soliq toʻlovchining nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma tarzida;

✔️ toʻlov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda.

👉Soliq kodeksi 423- va 439-moddalar
__________
#налог_на_имущество #земельный_налог

Как и когда граждане получают уведомления о подлежащей уплате сумме налогов на имущество и землю?

Налоговые органы ежегодно не позднее 1 марта вручают налогоплательщикам платежное извещение об уплате налога:

✍️ под роспись;

💻 в электронном виде в персональный кабинет налогоплательщика;

📲 в виде СМС-уведомления на номер мобильного телефона, оформленного на имя налогоплательщика и в специальное мобильное приложение налоговых органов;

✔️ иным способом, подтверждающим факт и дату получения платежного извещения.

👉ст.423 и ст.439 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM