Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.05K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.97K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 23-sentabr

sentabr oyi uchun:


- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️23 сентября 2024 года - последний день

за сентябрь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIYOR YANGILIKLARI | NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushlarda 15 aprelgacha va 15 oktabrgacha to‘lash belgilangan.

15 oktabrga oz qoldi!

Mol-mulk va yer soliqlarini soliq idorasiga kelmasdan ham amalga oshirishingiz mumkin! Buning uchun Soliq mobil ilovasi imkoniyatlaridan unumli foydalaning!

Agar soliqqa oid savolingiz bo‘lsa SoliqMaslahatchilari telegram guruhi orqali murojaat qiling!

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!
#yer_soligi #soliq_imtiyozi

Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilingan?

▫️ “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
▫️yolgʻiz pensionerlar;
▫️boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar;
▫️Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar  qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.

Soliq imtiyozlari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 436-modda

👉Qaysi jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini to'lashdan ozod qilingan?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'ini qaytarib olishi mumkin

Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga ota-ona (farzandlikka oluvchi)lar tomomidan, har bir farzandi uchun oyiga 3 mln so‘mgacha yo'naltirilgan daromadlari soliq solishdan ozod qilinadi.
👉Soliq kodeksi 378-modda 16-band

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?

Ota (ona) imtiyozni:
▫️ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
▫️soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti yoki Soliq mobil ilovasi orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda foydalanishi mumkin. Deklaratsiya yuborilgandan so'ng to‘langan soliq summasini qaytarish uchun ariza topshirish lozim.
👉Deklaratsiya to'ldirish bo‘yicha videoqo'llanma
___________
#льготы

Родители могут вернуть налог на доходы при оплате частных детских садов и школ

Платежи родителей до 3 миллионов сумов в месяц за каждого ребенка, который посещает негосударственную дошкольную образовательную организацию и школу, освобождаются от уплаты налога на доходы.
👉п.16 ст.378 НК

Как применить льготу?

Родитель может применить льготу:
▫️по месту работы, предоставив в бухгалтерию своей организации заявление о перечислении средств в негосударственную дошкольную или школьную образовательную организацию и счет на оплату (договор);
▫️представив в орган государственной налоговой службы декларацию о доходах по итогам года через сайт my3.soliq.uz или мобильное приложение Soliq, прикрепив договор и квитанции. После отправки декларации необходимо также подать заявление на возврат суммы уплаченного налога.
👉Видеоинструкция по заполнению декларации
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Kam taʻminlangan oila а'zosi bo‘lgan xodimlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% ni tashkil etadi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.
👉23.09.2024-yildagi PF-143-son

Hujjatga koʻra, 2024-yil 1-dekabrdan boshlab Kambag‘al oilalar reestri shakllantiriladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab ushbu reestrga kiritilgan oilalar aʻzosi MHTEKM (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori)ning* 1,5 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlangan holda ishga joylashsa, unga ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada toʻlanadi. Hozirgi soliq stavkasi 12% ni tashkil qiladi.

*Maʻlumot uchun. Joriy yilning 1-oktabridan boshlab:
MHTEKMning 1 baravari = 1 155 000 soʻm;
MHTEKMning 1,5 baravari = 1 732 500 soʻm.


📌Mazkur tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirish kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉 Soliq kodeksi 2- va 75- moddalar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"KUN XABARLARI" INFORMATSION DASTURI
MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soliq

25 yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun ijtimoiy soliqni qaytarish boʻyicha ariza qanday topshiriladi?

2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilar 25 yoshga toʻlmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjeti hisobidan qaytarib olishlari mumkin.
❗️Istisnolar:
▫️budjet tashkilotlari,
▫️davlat korxonalari,
▫️ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar.


25 yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun ijtimoiy soliqni qaytarish boʻyicha ariza berish uchun videoqoʻllanmadan foydalaning.
Hurmatli fuqarolar!

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-oktabrga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

Soliqlar – yurtimiz farovonligi, yo‘llarimiz ravonligi, sarhadlarimiz mustahkamligi, aholi salomatligi, farzandlar kelajagi uchun sarflanadi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xokkey federatsiyasi, xokkey maktablari va seksiyalari uchun foyda soligʻi stavkasi 2 baravar kamaytirildi

“Xokkey sport turini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi..
👉PQ-334-son, 23.09.2024-yil

Unga koʻra
:

🔹Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʻlim tashkilotlari uchun foyda soligʻi 3 yil muddatga 50 foizga kamaytirildi. Amaldagi foyda soligʻi stavkasi 15%ni tashkil etadi;

🔹Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʻlim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish uchun yuridik shaxslar tomonidan yoʻnaltirilgan homiylik xayriyalari summasi foyda soligʻini hisoblashda soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadi. Mazkur tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirish kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉 Soliq kodeksi
2- va 75- moddalar