Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.02K subscribers
14.3K photos
1.31K videos
91 files
5.85K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.
#onlayn_seminar

“Onlayn NKT va elektron cheklardagi xatoliklarni tuzatish tartibi va talablari” mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://www.youtube.com/live/gBzi9GaXGhM
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему «Порядок и требования по корректировке чеков онлайн-ККТ и маркетплейсов».

🌐
Ссылка на семинар 👉 https://www.youtube.com/live/gBzi9GaXGhM

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
❇️ Samarqand viloyati 4-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli Samarqand tumani, Qumzor mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Valiev va tuman mas’ullari ishtirok etgan qabul davomida fuqarolar ichki ko‘chalarni ta’mirlash, otalar choyxonasini ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish, simyog‘ochlarni almashtirish va boshqa muammolarini bayon etishdi.

Mazkur masalalarning ayrimlari joyida hal etilgan bo'lsa, vaqt va mablag' talab etiladigan masalalar yuzasidan mas'ul xodimlarga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Ayni daqiqalarda, Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda viloyatdagi baʼzi korxonalarda ishlab chiqarish hajmi pasaygani, ayrimlari ishlamayotgani, 3 ta loyihani ishga tushirish 4-5 yildan beri cho‘zilib kelayotgani tanqid qilinib, masʼul rahbarlar bunday korxonalarga yordamlashishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Ro‘yxatga olingan tadbirkorlarning muayyan qismi faoliyat yuritmayotgani, ayrimlarida esa aylanma va ish o‘rinlari qayd etilmagani “yashirin iqtisodiyot”dan dalolat berishi qayd etildi.

Mutasaddilarga bu holatlarni o‘rganib, “soyadan” chiqishga ko‘maklashish topshirildi.

Shu bilan birga, tumanlar mahalliy budjetida mablag‘ni ko‘proq qoldirish maqsadida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini yarmini tuman budjetida qoldirish masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.
Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning og‘irini yengil qilish uchun yer solig‘i yarmiga kamaytirilsa, adolatdan bo‘lishi taʼkidlandi.
#ochiq_muloqot

Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv

Ayni daqiqalarda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqoti oldidan qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Unda soha mutaxassislari va tadbirkorlar qurilish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, loyiha, arxitektura, dizayn va muhandislik yo‘nalishidagi tizimli muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha o‘z takliflarini bildirmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamda boshqa tegishli idoralar rahbar va mas'ul xodimlari ishtirok etmoqda.

📡Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Urgut tumanida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i E.Tolliyev, tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida soliq qarzdorligini undirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, mahalla raislari, hokim yordamchilari, bank xodimlari, viloyat va tuman soliq inspeksiyalari xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruhga qarzdorlar bilan uchrashib, qarzdorlikni undirish vazifasi belgilab berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube