Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.75K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#soliq_hisoboti

My3.soliq.uz saytidagi Yuridik shaxslarning shaxsiy kabinetida soliq to‘lovchilarning interaktiv taqvimi joriy etildi

Yangi interaktiv taqvim har bir soliq to‘lovchining soliq majburiyatlariga moslashtirilgan bo‘lib, tadbirkorlik subyektlarining soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etishi haqida ma’lumot berib boradi.

“Mening taqvimim” boʻlimida oʻz vaqtida taqdim etilgan hisobotlar, kelgusi hisobotlar, shuningdek, taqdim etilmagan hisobotlar haqida batafsil maʼlumotlar aks etadi.

Yaqin kunlarda interaktiv taqvim haqida onlayn-seminar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu seminarda sizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob beradi. Savollaringizni
- Soliq qo‘mitasining soliq.uz sayti,
- yoki Soliq mobil ilovasidagi "Bizga xabar yuboring" qayta aloqa tizimi orqali yo‘llang.

*interaktiv taqvim test rejimida ishlamoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi.

Joriy yil uchun soliq summasining birinchi yarmi 15-aprelgacha to‘lanmagan bo‘lsa, kechiktirilgan har bir kun uchun penya hisoblanadi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.
_____
#налог_на_имущество #земельный_налог

Уплатить налоги на имущество и землю можно в мобильном приложении Soliq

Физлица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября.

Если вы не уплатили первую половину от суммы налога за текущий год до 15 апреля, то за каждый день просрочки начисляются пени.

Произвести оплату можно не выходя из дома - в мобильном приложении Soliq.
Joriy yilning 1 iyun holatiga Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning byudjet oldidagi jami qarzdorligi 310,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, yil boshiga (408,0 mlrd. so‘m) nisbatan 97,4 mlrd. so‘mga kamaygan.

Ushbu mavjud soliq qarzdorliklarini bevosita sohalar kesimida tahlil qilsak. Bu borada “birinchilik” fermer xo‘jaliklarida. Ularning bugungi kundagi qarzdorliklari 148,6 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek, vazirlik tarkibidagi korxonalarda 5,8 mlrd. so‘m, savdo (chakana va ulgurji) tizimidagi korxonalarda 40,8 mlrd. so‘m, qurilish tizimidagi korxonalarda 30,0 mlrd. so‘m, transport tizimidagi korxonalarda 2,7 mlrd. so‘m, umumiy ovqatlanish korxonalarda 1,8 mlrd. so‘m, boshqa korxonalarda 80,7 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.

Ta’kidlash lozimki, soliq qarzini undirish va qisqartirish borasida viloyat soliq xizmati organlari xodimlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muayyan ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida soliq qarzi mavjud korxonalar hisobidan 253,5 mlrd. so‘m mablag‘ undirildi.

Shuningdek, Soliq kodeksining 116-moddasi talablari asosida 415,2 mlrd. so‘mlik qarzdorlik yuzasidan 63 702 ta ogohlantirish talabnomalari berildi.

Belgilangan muddatlarda soliq qarzini to‘lamagan korxonalarning 163,8 mlrd. so‘mlik soliq qarzini mol-mulkidan undirish yuzasidan 11 917 holatda soliq xizmati organlari qarorlari tayyorlanib, majburiy ijro byurosi hududiy bo‘limlariga yuborildi.

Hamkorlikda 372 ta qarzdorlarning 177 ta noturar binolari, 42 ta avtotransport vositalari, 62 ta maxsus texnikalari va 53 ta boshqa turdagi mol-mulklari xatlandi. Shundan, Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda byudjetga 62,6 mlrd. so‘m soliq qarzi undirildi.

Hurmatli tadbirkorlar, siz to‘lamasdan yuzaga keltirgan soliqlaringiz hisobidan juda ko‘p muammolar o‘z yechimini topishi mumkin. Shunday ekan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!
#stol_tennisi
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Samarqand shahridagi oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashgan sport maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "Stol tennisi" sport musobaqasining 4-bosqich -viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Unda 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifalardagi oʻgʻil va qizlar oʻzaro kuch sinashishdi. Gʼoliblar diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi. 

  Yosh toifasida 1-2 va 3-oʻrinni egallagan yoshlar musobaqaning Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritishdi.
#qayta_aloqa

Soliq organlariga savol va takliflarni qayta aloqa tizimi orqali yuborish mumkin

Agar Sizda:
▫️tekshiruvdan oldingi tahlil (avtokameral);
▫️barqarorlik reytingi;
▫️soliq hisoboti;
▫️soliq to'lash


va soliqqa oid boshqa mavzular boʻyicha savollar bo'lsa, Soliq organlarining qayta aloqa tizimi orqali xabar bering:

💻 web-sayt - https://appeal-bot.soliq.uz/
📲 Soliq mobil ilovasi

Soliq toʻlovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun Sizda soliq inspektorlari javobini baholash imkoniyati mavjud.
___________
#обратная_связь

Вопросы и предложения налоговым органам можно оставить через систему обратной связи

Если у вас имеются вопросы по:
▫️предпроверочному анализу (автокамерал);
▫️рейтингу устойчивости;
▫️налоговой отчетности;
▫️уплате налогов


и другим темам, имеющим отношение к налоговой сфере, оставьте сообщение налоговым органам через систему обратной связи:

💻 на сайте - https://appeal-bot.soliq.uz/
📲 или в мобильном приложении Soliq

У вас есть возможность оценить ответ налогового инспектора, чтобы помочь улучшить качество взаимодействия с налогоплательщиками.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ERI

Elektron raqamli imzo nima uchun kerak va uni qanday olish mumkin?

🔐Elektron
raqamli imzo (ERI) soliq to'lovchilar tomonidan bir qator masofaviy xizmatlarda faol foydalaniladi:

🔹 Yuridik va jismoniy shaxslarning shaxsiy kabinetlarida – my3.soliq.uz;
🔹 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida – my.gov.uz.

🔑 ERIni e-imzo.soliq.uz sayti orqali masofadan olish mumkin.

Qo‘llanmalar quyidagi havolalarda:
👉 https://e-imzo.soliq.uz/#handbook
👉 https://dls.yt.uz/e-imzo/instruction_online_ecp_ru.pdf

ERI narxi:
▫️jismoniy shaxslar uchun - BHMning 7%i = 23 800 so'm;
▫️yuridik shaxslar va YTTlar uchun - BHMning 10%i = 34 000 so'm.

📱Soliq mobil ilovasida ERI uchun to‘lov qilish mumkin.

👉ERI haqida batafsil ma'lumot