Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
88 files
5.77K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka
#EHF

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha EHF 1 kun ichida tasdiqlanishi kerak

Yetkazib beruvchi tomonidan raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha yuborilgan EHF sotib oluvchi tomonidan 1 kalendar kun ichida ERI bilan tasdiqlanishi yoki sababi ko‘rsatilgan holda rad etilishi shart.

Sotib oluvchi tomonidan belgilangan muddatda tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan EHF tasdiqlangan hisoblanadi.

👉VMQ-489 2-ilova 63-band 14.08.2020-yil
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 7-iyun

may oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JSHODS va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️7 июня 2024 года - последний день

за май:

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).
#alkogol #tamaki

Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish choralari kuchaytiriladi

Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish sohasida samarali nazorat tizimini joriy etish, ularning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish, biznesni yuritish uchun sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish, isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida Prezident farmoni imzolandi.
👉 PF-84 03.06.2024

Farmonga muvofiq,

🔹Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etiladi.

2024-yil 1-oktabrdan:

🔹isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda qoʻshimcha litsenziya talablari joriy etiladi:

🔹yashirin ishlab chiqarish va aksiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlar aniqlanganda ishlab chiqarish uskunalari davlat foydasiga oʻtkaziladi;

🔹qalbaki aksiz markali, aksiz markasiz, markirovkalanmagan, qalbaki markirovkali alkogol va tamaki mahsulotlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan muomaladan olinadi va ushbu mahsulotlar bilan savdo qilish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat) belgilangan tartibda bekor qilinadi.

🔹isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyiladi.

Shu bilan birga Farmonda:

▪️2024-yil 1-iyuldan, respublika tovar-xomashyo birjasida isteʼmol etil spirti alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun katta va kichik lotlar orqali sotiladi. Bunda, respublika tovar-xomashyo birjasi etil spirti xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahsulot miqdori va xarid maqsadi kesimida Soliq qoʻmitasiga taqdim etib boradi.

2024-yil 1-sentabrdan:

▪️isteʼmol va texnik etil spirti xarid qilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimiga xarid qilish jarayonida joylashtirilgan isteʼmol va texnik etil spirtidan foydalanish maqsadlaridan boshqa maqsadda foydalanilganligi aniqlanganda, oxirgi 12 oyda birja savdolarida xarid qilingan isteʼmol va texnik etil spirti hajmiga hisoblanadigan aksiz soligʻi summasining 2,5 baravari miqdorida soliq organlari tomonidan moliyaviy jarima qoʻllaniladi;

▪️tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish boʻyicha yangi talablar joriy etiladi;

▪️alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi uchun minimal sotish narxlari joriy etiladi.
Mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

SoliqUz mobil ilovasi yordamida o‘zingiz va ota-onangiz uchun yer hamda mol-mulk solig‘ini bitta klik bilan to‘lashingiz mumkin. Buning uchun:

1. SoliqUz mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘ting (agar hali o‘z akkauntingiz bo‘lmasa);

2. Bank kartasini mobil ilovaga ulang. Soliq to‘lashdan oldin, unda zarur summadagi pul borligiga ishonch hosil qiling;

3. Akkauntingizga kiring;

4. «Soliqlarni to‘lash» yoki «Ota-ona uchun soliqlarni to‘lash»ni tanlang.
Soliqchilarning hammasi poraxo‘r emas
guruch ham kurmaksiz bo‘lmas

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda bir necha hududda soliq xizmati organlari xodimlari turli miqdordagi pora bilan qo‘lga tushgani haqidagi lavha aylanmoqda.


Ta’kidlash lozimki, tizimni nopok xodimlardan tozalash bo‘yicha doimiy profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi. Hatto xodimlarning ota-onasi, farzandlari ishtirokida ham poraxo‘rlikka qarshi kurash bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etiladi. Xalqimizda “Guruch kurmaksiz bo‘lmas” degan dono naql bor. O‘z nafsini tizim obro‘sidan, oilasi sha’nidan ustun qo‘ygan nafsiga qul xodimlar afsuski soliq tizimida ham uchraydi.

Ammo bu barcha soliq xodimlari poraxo‘r degan xulosani keltirib chiqarmasligi kerak. O‘z vazifasini sidqidildan bajarib, halol yo‘l bilan oila tebratayotgan soliqchilar juda ko‘p. Budjetni to‘ldirish, qo‘shimcha manbaalar aniqlash, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashayotgan, fidoiylik ko‘rsatayotgan xodimlar, ikki –uchta ta’magirning qilmishidan ta’naga qolmasligi kerak.

Noqonuniy faoliyat yuritayotgan ayrim “tadbirkor”larning shantaju tuhmatlariga qolgan, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab qo‘yishni so‘raganida haqoratlar eshitgan, kaltak yegan hamkasblarni bilaman. O‘ziga berilgan vazifani ado etish uchun o‘z farzandining to‘yiga bora olmagan, ishini yaxshi ko‘radigan, tizim sha’nini shaxsiy hayotidan ustun qo‘yadigan fidoiiylar bor safimizda.

Soliqchi ham kimningdir farzandi, jondan aziz o‘g‘il-qizlarining ota-onasi. Ijtimoiy tarmoqda chiqqan xabarlarga “bularning hammasi poraxo‘r”, “hammasini qamash kerak” deya munosabatini bildirayotganda bir lahzaga o‘zingizni ta’magir hamkasblarining qilmishidan boshi egilgan soliqchilarning o‘rniga qo‘yib ko‘ring. Arzimagan pul evaziga vijdonini, sha’nini, qadr-qimmatini sotgan hamkasbi uchun u aybdor emas.

Jinoyat ustida qo‘lga tushganlarga esa qonunchilikda belgilangan jazo muqarrar.

Shu o‘rinda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan tadbirkorlarga, o‘z mehnati bilan budjet bajarilishiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoiy soliqchilarga minnatdorchilik bildirib o‘tamiz.
#soliqchi_komakchi

Soliq qarzi yo‘qligi haqida ma'lumotnoma kerakmi?

🫱 Marhamat:

📱Soliq mobil ilovasi yordamida:

🔸▫️soliqlarni toʻlash;
🔸▫️ko‘chmas mulk va avtomobil ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish;
🔸▫️soliq qarzi yo'qligi haqida ma'lumotnoma olish;
🔸▫️ish haqi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish;
🔸▫️o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish;
🔸▫️soliq organlariga savol yuborish;

👉 e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERI olish;

👉 my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali:

🔹▫️
jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish;
🔹▫️ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-iyun

may oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

iyun oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️10 июня 2024 года - последний день

за май:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за июнь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции*
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

*Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
❇️ Samarqand viloyatining barcha shahar va tumanlarida turli vajlar bilan to‘lanmay kelinayotgan soliq qarzdorliklarini undirish maqsadida viloyat soliq boshqarmasi va Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda xatlov tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan,

Samarqand shahridan ro‘yxatdan o‘tgan "Komfort konstrakshn” MCHJ ning 103 262 689 so‘mlik soliq qarzi uchun noturar binosi;

“Azimjon baraka qurilish” MChJning 68 183 850 so‘mlik soliq qarzi uchun noturar binosi;

“Engaver” MChJ ning 148 506 524 so‘mlik soliq qarzi uchun noturar binosi;

Jomboy tumanida ro‘yxatdan o‘tgan “Sunnat Burxonov yeri” fermer xo‘jaligining (Sudning hal qiluv qaroriga asosan majburiy undiruvga qaratilgan) 139 600 732,0 so‘mlik soliq qarzi uchun transport vositasi xatlanib jarima maydonchasiga qo‘yildi

Jomboy tumanida ro‘yxatdan o‘tgan “Nizomjon Nomozovich yerlari” fermer xo‘jaligining (Sudning hal qiluv qaroriga asosan majburiy undiruvga qaratilgan) 101 310 303 so‘mlik soliq qarzi uchun noturar binosi xatlandi.

Xatlov tadbirlari davom ettirilmoqda.
“Soliq” mobil ilovasi orqali 2024-yilning 1-iyun holatiga jami 931 nafar fuqarolardan jami 3 621 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganib chiqilganda 1 734 tasida huquqbuzarlik tasdiqlanmaganligi sababli murojaatlar rad qilingan.

Shuningdek “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar asosida 1-iyun holatiga jami 951 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvlari natijasida aniqlangan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan jami 2 mlrd. 710 mln.so‘m moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Joriy yilning 1-iyun holatiga Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 2 419 ta onlayn nazorat kassa mashinalari bilan jihozlanishi ta’minlandi.