Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.04K subscribers
14.4K photos
1.33K videos
91 files
5.89K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#TTY

Yirik soliq to‘lovchilar aprel oyi uchun elektron TTYlarni 1-iyungacha rasmiylashtirishi mumkin


Avval xabar berilganidek, joriy yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.

Tadbirkorlik subyektlari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirilmoqda.

Soliq qo‘mitasi tomonidan ko‘p sonli soliq to‘lovchilarning murojaatlari inobatga olinib, aprel oyida rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan elektron TTYlarni joriy yilning 1-iyuniga (01.06.2024 y.) qadar rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, Sizlardan o‘tgan davrda rasmiylashtirilmasdan qolgan elektron TTYlarni berilgan muddatda to‘liq rasmiylashtirish choralarini ko‘rishingiz so‘raladi.

👉 Hammasi elektron tovar-transport yuk xati haqida
👉 Elektron TTY mavzusida onlayn seminar-trening
👉
Didox tomonidan o‘tkazilgan seminar
👉 Elektron TTY tizimidan foydalanish bo'yicha videoqo'llanma
👉 Faktura.uz saytida elektron TTY yaratish bo‘yicha videoqo'llanma
__________
#ТТН

Крупные налогоплательщики могут оформить электронные ТТН за апрель до 1 июня

Ранее сообщалось, что с 1 апреля для крупных налогоплательщиков внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

С учетом предложений предпринимателей система оптимизируется.

Налоговым комитетом также приняты во внимание многочисленные обращения налогоплательщиков и создана возможность оформления электронных товарно-транспортных накладных за апрель до 1 июня текущего года.

❗️Уважаемые налогоплательщики, просим принять меры по полному оформлению электронных ТТН, которые не были оформлены за предыдущий период.

👉 Все об электронных товарно-транспортных накладных
👉 Онлайн семинар-тренинг по электронным ТТН
👉
Семинар, проведенный Didox
👉 Видеоинструкция по использованию системы электронных ТТН
👉
Видеоинструкция по созданию электронной ТТН на сайте faktura.uz
#deklaratsiya

3-iyun* – jismoniy shaxslar tomonidan 2023-yil uchun jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 398-modda

To'lov tizimlari va mobil ilovalarda:
▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172;
▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182.

*1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 3-iyunga ko‘chiriladi.

👉Soliqlarni Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozi

Zargarlik sanoati va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari uchun
soliq imtiyozlari berildi

🔹2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi.

Ma'lumot uchun, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan davlat budjetiga 2023-yilda 993,4 mln so‘m, 2024-yilning o‘tgan davrida 130,1 mln so‘m QQS (importda) to’langan.

🔹2026-yil 1-yanvargacha kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi foyda solig‘idan ozod qilinadi.

👉 O‘RQ-926-son 13.05.2024
#Bilasizmi

❇️ Oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullandigan faoliyat turi hisoblanadi.

📝 Mazkur shaxslar soliq organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish soliq organlarining mobil ilovasi, elektron platformasi yoki my.gov.uz orqali, shuningdek soliq organiga kelgan holda amalga oshiriladi.

📃 Ro‘yxatdan o‘tgan shaxsga QR-kodli ma’lumotnoma beriladi.

❗️O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromad solig‘i to'lamaydi.

➡️ Mazkur shaxslar ishlagan davrini ish staji sifatida hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘laydi.

📁 Shuningdek, enaga sifatida 16 yoshdan shug‘ullanish mumkinligi belgilangan.
#soliqchi_komakchi

Soliq qarzi yo‘qligi haqida ma'lumotnoma kerakmi?

🫱 Marhamat:

📱Soliq mobil ilovasi yordamida:

🔸▫️soliqlarni toʻlash;
🔸▫️ko‘chmas mulk va avtomobil ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish;
🔸▫️soliq qarzi yo'qligi haqida ma'lumotnoma olish;
🔸▫️ish haqi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish;
🔸▫️o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish;
🔸▫️soliq organlariga savol yuborish;

👉 e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERI olish;

👉 my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali:

🔹▫️
jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish;
🔹▫️ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarishi mumkin.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Bu kun 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bagʻishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan boʻlsa, oradan 25 yil oʻtib, 1950-yildan bayram sifatida nishonlab kelinadi.