Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.02K subscribers
14.3K photos
1.31K videos
90 files
5.82K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Viloyat 4-sektor rahbari o‘zi ta’lim olgan maktabda ustozlari bilan uchrashdi

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i viloyat 4-sektor rahbari Elyor Tolliyev Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov hamrohligida o‘zi ta’lim olgan Zarafshon mahallasidagi 18-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktab jamoasi va faxriy ustozlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida E.Tolliyev ustozlar bilan samimiy suhbatda bo‘ldi va o‘zining esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek, maktab kutubxonasiga badiiy adabiyotlar to‘plami hamda kompyuter jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozi

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari va preferensiyalar


2026-yil 1-maygacha barqarorlik reytingida “A” va undan yuqori toifada boʻlgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi, QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytariladi.

2026-yil 1-yanvarga qadar toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etiladi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda "A" va undan yuqori toifadagi toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalar soni 132 tani tashkil etmoqda. Shundan "A" toifada 64 ta, "AA" toifada 48 ta va "AAA" toifada 20 ta.
#qayta_aloqa

Soliq organlari bilan qayta aloqa

Agar Sizda soliq sohasiga oid savollar bo‘lsa, qayta aloqa axborot tizimi orqali soliq organlariga xabar qilishingiz mumkin:

💻 saytda - https://appeal-bot.soliq.uz/
📲 Soliq mobil ilovasida

Soliq toʻlovchilar bilan ishlash sifatini yaxshilashga yordam berish uchun Sizda soliq toʻlovchining javobini baholash imkoni mavjud.

📞Maslahat olish uchun siz 24/7 rejimida xizmat ko'rsatuvchi 1198 telefon raqamiga ham murojaat qilishingiz mumkin.
#onlayn_NKT

Onlayn-NKT tanlash tadbirkorlarning o‘z ixtiyorida

Naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassalardan foydalanishi shart.

O‘zbekiston hududida faqat belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Davlat reyestriga kiritilmagan, kassa cheklarida mahsulotlar yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilmaydigan, shuningdek, shtrix-kodlar va raqamli markirovka belgilarini erkin o‘qish hamda aniqlash qurilmalarini ulash imkoniyatiga ega bo‘lmagan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Soliq qo'mitasining rasmiy saytida onlayn-NKM, virtual kassa va TXKMlarning doimiy yangilanib boriladigan reestrlari bilan tanishishingiz mumkin.

Onlayn-NKM davlat reyestri
👉https://soliq.uz/page/davlat-reestri
Virtual kassa davlat reyestri
👉 https://soliq.uz/page/virtual-kassa-reestri
Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari davlat reyestri
👉 https://soliq.uz/page/txkm-reestri

Tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM yoki virtual kassalarning narxi, qulayligi, funksionalligi va boshqa jihatlaridan kelib chiqqan holda erkin tanlash huquqiga ega.

👉VMQ-943-son 1-ilovas 8-band 23.11.2019-yil

Agar soliq xizmati xodimlari tomonidan maʼlum bir onlay-NKTdan majburan foydalanishga undash holatlariga duch kelsangiz, bu haqda @dsq_anticorrupciya_bot orqali xabar bering.
___________
#онлайн_ККТ

Выбор модели онлайн-ККТ за предпринимателем

Все предприниматели, имеющие наличную выручку, должны использовать онлайн-ККМ либо виртуальную кассу.

На территории Узбекистана разрешается применение онлайн-ККМ и виртуальных касс, только включенных в установленном порядке в Государственный реестр.

Не допускается применение онлайн-ККМ и виртуальных касс, не включенных в Государственный реестр, не отображающих на кассовых чеках идентификационные коды по Единому электронному национальному каталогу продукции, а также не имеющих возможности подключения устройств свободного считывания и определения штрих-кодов и цифровой маркировки.

С реестрами онлайн-ККМ, виртуальных касс и ЦТО можно ознакомиться на официальном сайте Налогового комитета:

Государственный реестр онлайн-ККМ
👉 https://soliq.uz/page/davlat-reestri?lang=ru
Государственный реестр виртуальных касс
👉 https://soliq.uz/page/virtual-kassa-reestri?lang=ru
Государственный реестр Центров технического обслуживания
👉 https://soliq.uz/page/txkm-reestri?lang=ru

Предприниматели вправе свободно выбирать модель онлайн-ККМ или виртуальной кассы, внесенной в Государственный реестр, исходя из стоимости, функциональности, удобства в использовании и других характеристик.

👉 Прил.№1 к ПКМ №943 от 23.11.2019 г.

Если вы столкнулись с тем, что сотрудники налоговых органов принуждают к использованию определенной онлайн-ККТ, сообщите об этом через специальный Telegram-бот @dsq_anticorrupciya_bot.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Zargarlik sanoati va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini qo‘llab-quvvatlash uchun soliq imtiyozlari taqdim etildi

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi (O‘RQ-926-son 13.05.2024).

Mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni xomashyo resurslari bilan taʼminlash va ularning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek turizmni rivojlantirish maqsadida Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq quyidagi vaqtinchalik soliq imtyozlari taqdim etilmoqda:

🔹 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi;

🔹 2026-yil 1-yanvargacha kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi foyda solig‘idan ozod qilinadi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-may

aprel oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-moddasi 4-5 qismlar);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️15 мая 2024 года - последний день

за апрель:


- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).