Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
88 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#tayinlov

          4 ta soliq inspeksiyasida yangi boshliqlar ish boshladi  

           Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev Urgut tumani hokimligida  o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman soliq inspeksiyasiga tayinlangan yangi rahbarni keng jamoatchilikka tanishtirdi.

           Shundan so‘ng yig‘ilish tuman soliq inspeksiyasida davom ettirildi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Qo‘mita raisi “mahallabay” ishlash tizimida xodimlar yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi.Yangi tayinlangan rahbarga har bir xodimning faoliyatini o‘rganib, yuqori natijalarga erishish yuzasidan o'z tavsiyalarini berdi.

          Shuningdek, Sh.Kudbiyev Samarqand va Pastdarg‘om tuman hokimliklarida, rais o‘rinbosari J.Abdiyev Toyloq tumani soliq inspeksiyasida yangi tayinlangan rahbarlarni mutasaddilarga tanishtirdi.
#mol_mulk_soligi #yer_soligi #soliq_imtiyozi

Urush qatnashchilari mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilingan

Urush nogironlari va qatnashchilari
, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod qilingan.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanloviga ko‘ra faqat bitta yer uchastkasiga yoki ko‘chmas mulkka nisbatan qo‘llaniladi.

👉 Soliq kodeksi 436-modda
👉 Soliq kodeksi 421-modda
____
#налог_на_имущество #земельный_налог #льготы

Участники войны освобождены от уплаты налогов на имущество и землю

Инвалиды и участники войны,
а также приравненные к ним лица, круг которых устанавливается законодательством, освобождаются от уплаты налогов на имущество и землю.

Налоговые льготы распространяются только на один объект недвижимого имущества или земельный участок по выбору собственника.

👉ст.436 НК
👉ст.421 НК
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasining yangi 1.4.7 versiyasi taqdim etildi

Yangilangan versiyada fiskal modul uchun to‘lov xizmati qo‘shildi.

Ma'lumot uchun. Fiskal modul bilan ta’minlash va operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan yilda bir marta BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) miqdorida operatorga to‘lov amalga oshiriladi.
👉 VMQ-943-son qarori 55-band 23.11.2019

❗️Soliq mobil ilovasini faqat rasmiy platformalardan yuklab olish va yangilash lozim.
➡️ Android / iOS

Soliq mobil ilovasidan 6,5 mlnga yaqin aholi faol foydalanmoqda.
__
#мобильное_приложение

Появилась новая версия 1.4.7 мобильного приложения Soliq

В обновленной версии доступна услуга оплаты за фискальный модуль.

Для информации. За обеспечение фискальным модулем и оказание услуг оператором фискальных данных с субъектов предпринимательства 1 раз в год взимается плата - 1 БРВ (340 000 сумов).
👉п.55 ПКМ от 23.11.2019 №943

❗️Скачивать и обновлять мобильное приложение Soliq нужно только с официальных платформ.
➡️ Android / iOS

Мобильным приложением Soliq активно пользуются уже около 6,5 млн человек.
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

🗓 9-may dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi muddati 10-mayga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
__
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 9 мая - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 10 мая.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК
#tayinlov

Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan

Isoxonov Zokir Isoxon oʻgʻli Ishtixon tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Zokir Isoxonov 1975-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 1999-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

Z.Isoxonov soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2006-yilda Ishtixon tumani davlat soliq inpeksiyasi Muddati toʻlanmagan toʻlovlarni tahlil qilish davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati soliq boshqarmasi Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlayotgan edi.

Isoxonov Zokir Isoxon oʻgʻli soliq xizmatining I darajali inspektori.
#tayinlov

Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan

Razzakov Nurbek Yarashevich Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Nurbek Razzakov 1986-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2009-yilda Samarqand arxitektura-qurilish instituti, avtotransport korxonalari menejmenti mutaxassisligi, 2016-yilda Soliq akademiyasini soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2010-yilda Narpay tumani soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortish, davlat boji va boshqa daromadlar sho‘basi soliq katta inspektori sifatida boshlagan.

N.Razzakov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Narpay tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Nurbek Razzakov soliq xizmatining I darajali inspektori.
#tayinlov

Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan

Isokov Bobirmirzo Isroilovich Bulungʻur tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

B.Isokov 1982-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2002-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

Bobirmirzo Isokov soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2013-yilda Jomboy tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarga soliq solish boʻlimi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati soliq boshqarmasi Hududlarni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish sektorlarini muvofiqlashtirish shuʻbasi boshligʻi vazifasida ishlayotgan edi.

Isokov Bobirmirzo Isroilovich soliq xizmatining I darajali inspektori.
#alkogol #yigim

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari

👉OʻRQ-886-son, 25.12.2023-y.
___________
#алкоголь #cбор

Предельные ставки сборов за право реализации алкогольной продукции

👉ЗРУ №886 от 25.12.2023 г.
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i E.Tolliev Bulung‘ur tumani hokimligida  sektor rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda soliq inspeksiyasiga tayinlangan B.Isokovni keng jamoatchilikka tanishtirdi.

Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i tuman soliq inspeksiyasida boshliq o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlari bilan 1-chorak va aprel oyida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, “mahallabay” ishlash tizimidagi past ko‘rsatgich qayd etayotgan xodimlar faoliyati tahlil qildi.

Yangi tayinlangan rahbarga kelgusi faoliyati davomida amalga oshirishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.