Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.05K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.97K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#e_ijara

Ijara to‘lovlarining minimal stavkalari

Soliq solish maqsadida har yili ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilanadi. Soliq hisoblash uchun ijaraga oluvchi tomonidan har oylik to‘lanadigan summa ushbu belgilangan miqdordan past bo‘lmasligi lozim.

Avval bunday stavkalar faqat mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga qo‘llanilgan bo‘lsa, joriy yildan boshlab oylik ijara to‘lovlari yuridik shaxslar uchun ham tatbiq etildi.

Masalan, Toshkent shahrida 1 kv.m turar-joy maydoni uchun minimal ijara to‘lovi 25 ming so‘m. Agar 50 kv.m kvartira ijaraga olinsa, soliq hisoblash uchun ijaraga oluvchi tomonidan oyiga to‘lanadigan summa kamida 1 250 000 so'm (25 000 x 50) bo‘lishi kerak. Shartnoma bo‘yicha jismoniy shaxsning ijara to‘lovi miqdori ushbu summadan kam bo‘lsa ham, har oy uchun 1,25 mln so‘mdan 12 % daromad solig‘i hisoblanadi (1,25 mln x 12 % = 150 000).

Agar yuridik shaxs Toshkent shahrida 100 kv.m bo‘lgan noturar joyni ijaraga olgan bo'lsa soliq solish maqsadida oylik ijara toʻlovi oyiga kamida 4 mln soʻm boʻlishi kerak.

Belgilangan minimal stavkalar ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalarga ham tegishli. Faqat yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalar bundan mustasno.
___________
#e_ijara

О минимальных ставках арендной платы

В целях налогообложения ежегодно устанавливаются минимальные ставки арендной платы. Это значит, что для расчета налога сумма, которую уплачивает арендатор в месяц, должна быть не ниже установленных размеров.

Ранее такие ставки применялись только в отношении физических лиц, сдающих имущество в аренду, а с этого года ежемесячные ставки арендной платы распространяются и на юридических лиц.

К примеру, минимальный размер арендной платы за 1 кв. м жилого помещения в Ташкенте составляет 25 тыс. сумов. Если в аренду сдается квартира площадью 50 кв. м, то для исчисления налога сумма, уплачиваемая арендатором в месяц, должна составлять не менее 1 250 000 сумов (25 тыс. сумов х 50 кв.м). Если у физлица сумма арендной платы по договору ниже этой суммы, то налог в размере 12% (НДФЛ) будет исчисляться от 1,25 млн сумов (12% от 1,25 млн сумов = 150 тыс. сумов в месяц).

Если юрлицо арендует нежилое помещение площадью 100 кв. м в Ташкенте, то в целях налогообложения сумма арендной платы в месяц должна составлять не менее 4 млн сумов.

Установленные минимальные ставки применимы и в отношении договоров бесплатного пользования недвижимым имуществом. Исключение составляют только договора между близкими родственниками.
#e_ijara

Tovar aylanmasidan ijara haqi hisoblanishi bo‘yicha tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ham "E-ijara" da hisobga qo‘yish mumkin

Buning uchun ijaraga beruvchi shaxs ijara shartnomasini hisobga qoʻyish jarayonida “Tovar aylanmadan ijara toʻlovi” tugmasiga belgi qoʻyishi hamda tovar aylanmasidan toʻlanadigan ijara toʻlovi stavkasini koʻrsatishi lozim.

Agar ijara toʻlovi belgilangan minimal stavkadan past boʻlsa, ijaraga berishdan olingan daromad uchun soliq oylik ijara toʻlovining minimal stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
👉2024-yil uchun ijara toʻlovlarining minimal stavkalari

Ijaraga oluvchi tomonidan shartnoma tasdiqlangach u soliq organlarida hisobga qoʻyiladi. Hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada ijara toʻlovi tovar aylanmasidan hisoblanishi to‘g‘risidagi ma'lumot hamda ijara toʻlovi stavkasi aks etadi.
————-
#e_ijara

Через E-ijara можно зарегистрировать договоры аренды недвижимого имущества, заключенные на основе арендной платы от оборота

Для этого арендодателю необходимо в процессе постановки на учет договора аренды поставить отметку «Арендная плата от товарооборота» и указать ставку арендной платы, уплачиваемой от товарооборота.

Если арендная плата ниже установленных минимальных ставок, налог на доходы от сдачи имущества в аренду будет рассчитываться исходя из минимальных ставок арендной платы в месяц.
👉Минимальные ставки арендной платы на 2024 год

Договор регистрируется в налоговых органах после его подтверждения арендатором. В свидетельстве о постановке на учет содержится информация о расчете арендной платы от оборота и ставке арендной платы.
#tashqi_savdo

Chet el yuridik shaxslari ishtirokchilari va nazorat qiluvchilarga eslatma


Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentlari soliq organiga chet el yuridik shaxsi faoliyatida oʻzining ishtirok etishi toʻgʻrisida (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini taʼsis etish haqida) va oʻzlari nazorat qiluvchi shaxs boʻlgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqida xabarnoma yuborishlari shart.
👉 Soliq kodeksi 209-modda

Soliq qoʻmitasi chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etuvchi va chet el kompaniyasini nazorat qiluvchi Oʻzbekiston soliq rezidentlariga Soliq kodeksida belgilangan majburiyatlarini eslatish maqsadida xabarnomalar yubormoqda.

Soliq toʻlovchilar chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etish boʻyicha qoʻshimcha savollar bilan Soliq qoʻmitasining 71 244-98-09 (ichki raqam 01620, 01243, 01281, 01879) telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topolmayapsizmi?
Unda elektron onlayn-ariza qoldiring!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Tovarlarni qadoqlash tartibi – tasnif.soliq.uz

Qadoqni shakllantirish uchun:
🔹ERI orqali shaxsiy kabinetga kiriladi;
🔹Qidirish oynasida qadoqlamoqchi boʻlgan mahsulot tanlanadi;
🔹"Qadoqlar" bo'limiga kirib "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

Mahsulotni qadoqlash (agregatsiya qilish) xizmatida 3 xil qadoqlash mavjud.

🔺 Iste'mol qadog‘ini yaratish uchun quyidagilar bajariladi:
▫️qadoqlash turini tanlash;
▫️tovar miqdorini kiritish;
▫️o'lchov birligini tanlash;
▫️qadoqlangan mahsulot rasmini yuklash.

Xuddi shunday tartib tashqi qadoqlash uchun ham tatbiq etiladi.

Jarayonni yakunlash uchun "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

❗️Barcha yaratilgan qadoqlar "Qadoqlar" bo'limidagi "Shakllangan qadoq" oynasida saqlanadi.

👉 MXIK uchun elektron onlayn-ariza qoldirish
👉 MXIKdan foydalanadigan soliq to'lovchilarga eslatma
#MXIK #QQS

Ayrim mahsulot va xizmatlar uchun imtiyozlarning bekor qilinishi tufayli MXIK o'zgaradimi?

1-apreldan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilindi. Soliq to‘lovchilarda imtiyozlar bekor qilingan tovarlar va xizmatlar uchun MXIK o‘zgaradimi degan savollar tug‘ilmoqda.

MXIK o'zgarishsiz qoladi. Tizimdagi QQS imtiyozlari 1-aprelgacha amal qiladi. Shu kundan boshlab, ushbu tovarlar yoki xizmatlarning MXIKni tanlashda QQS stavkasi avtomatik ravishda qo'llaniladi.
——————
#ИКПУ #НДС

Поменяются ли ИКПУ товаров и услуг из-за отмены льгот?

С 1 апреля отменяются некоторые льготы по НДС. В связи с этим у налогоплательщиков возникают вопросы, поменяются ли ИКПУ на товары и услуги, по которым прекращается действие льгот.

ИКПУ останутся без изменений. Льготы по НДС в системе действуют до 1 апреля. Начиная с этой даты при выборе ИКПУ этих товаров или услуг будет автоматически применяться ставка НДС.
#tayinlov

Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan

Qurbonov Sardor Xusanovich Urgut tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Sardor Qurbonov 1986-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2007-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

S.Qurbonov soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2007-yilda Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarga soliq solish va deklaratsiya shuʻbasi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan.

Qurbonov Sardor Xusanovich soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
#tayinlov

Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan

Sharipov Shuxrat Shavkatovich Samarqand tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Shuxrat Sharipov 1988-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2011-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Sh.Sharipov soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2011-yilda Toyloq tumani davlat soliq inspeksiyasi EHM operatori lavozimidan boshlagan.

Sharipov Shuxrat Shavkatovich soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
#tayinlov

Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan

Nizomov Firdavs Raxmatovich Pastdargʻom tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Firdavs Nizomov 1989-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2012-yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini (bakalavr), 2015-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini (magistratura) tamomlagan.

F.Nizomov soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2015-yilda Samarqand viloyati, Samarqand tumani soliq inspeksiyasi rahbar kotibi lavozimidan boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlayotgan edi.

Nizomov Firdavs Raxmatovich soliq xizmatining II darajali inspektori.
#tayinlov

Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan

Sindorov Zafar Bolmanovich Toyloq tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Zafar Sindorov 1975-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 1999-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini, 2002-yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Z.Sindorov soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 1996-yilda Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi elektron hisoblash mashinasi operatori lavozimidan boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand shahar soliq inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari vazifasida ishlayotgan edi.

Sindorov Zafar Bolmanovich soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.
#tayinlov

          4 ta soliq inspeksiyasida yangi boshliqlar ish boshladi  

           Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev Urgut tumani hokimligida  o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman soliq inspeksiyasiga tayinlangan yangi rahbarni keng jamoatchilikka tanishtirdi.

           Shundan so‘ng yig‘ilish tuman soliq inspeksiyasida davom ettirildi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Qo‘mita raisi “mahallabay” ishlash tizimida xodimlar yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi.Yangi tayinlangan rahbarga har bir xodimning faoliyatini o‘rganib, yuqori natijalarga erishish yuzasidan o'z tavsiyalarini berdi.

          Shuningdek, Sh.Kudbiyev Samarqand va Pastdarg‘om tuman hokimliklarida, rais o‘rinbosari J.Abdiyev Toyloq tumani soliq inspeksiyasida yangi tayinlangan rahbarlarni mutasaddilarga tanishtirdi.
#mol_mulk_soligi #yer_soligi #soliq_imtiyozi

Urush qatnashchilari mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilingan

Urush nogironlari va qatnashchilari
, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod qilingan.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanloviga ko‘ra faqat bitta yer uchastkasiga yoki ko‘chmas mulkka nisbatan qo‘llaniladi.

👉 Soliq kodeksi 436-modda
👉 Soliq kodeksi 421-modda
____
#налог_на_имущество #земельный_налог #льготы

Участники войны освобождены от уплаты налогов на имущество и землю

Инвалиды и участники войны,
а также приравненные к ним лица, круг которых устанавливается законодательством, освобождаются от уплаты налогов на имущество и землю.

Налоговые льготы распространяются только на один объект недвижимого имущества или земельный участок по выбору собственника.

👉ст.436 НК
👉ст.421 НК
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasining yangi 1.4.7 versiyasi taqdim etildi

Yangilangan versiyada fiskal modul uchun to‘lov xizmati qo‘shildi.

Ma'lumot uchun. Fiskal modul bilan ta’minlash va operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan yilda bir marta BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) miqdorida operatorga to‘lov amalga oshiriladi.
👉 VMQ-943-son qarori 55-band 23.11.2019

❗️Soliq mobil ilovasini faqat rasmiy platformalardan yuklab olish va yangilash lozim.
➡️ Android / iOS

Soliq mobil ilovasidan 6,5 mlnga yaqin aholi faol foydalanmoqda.
__
#мобильное_приложение

Появилась новая версия 1.4.7 мобильного приложения Soliq

В обновленной версии доступна услуга оплаты за фискальный модуль.

Для информации. За обеспечение фискальным модулем и оказание услуг оператором фискальных данных с субъектов предпринимательства 1 раз в год взимается плата - 1 БРВ (340 000 сумов).
👉п.55 ПКМ от 23.11.2019 №943

❗️Скачивать и обновлять мобильное приложение Soliq нужно только с официальных платформ.
➡️ Android / iOS

Мобильным приложением Soliq активно пользуются уже около 6,5 млн человек.
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

🗓 9-may dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi muddati 10-mayga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
__
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 9 мая - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 10 мая.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК