Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.75K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#deklaratsiya

SAVOL:
2023-yilda farzandimning kontraktiga toʻlagan oylik ish haqimdan daromad soligʻini qaytarib olish maqsadida my3.soliq.uz sayti orqali deklaratsiya yubordim. Lekin 2023-yildagi daromadimga dekabr oyidagi ish haqim qoʻshilmayapti. Natijada qaytariladigan summa dekabr oyida toʻlagan daromad soligʻim miqdorida kam chiqmoqda.

JAVOB: Soliq toʻlovchi tomonidan deklaratsiya yuborilganda uning ish haqi ish joyi tomonidan taqdim etilgan daromad soligʻi hisobotlari asosida avtomatik shakllanadi.

Ushbu soliq hisobotlari har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Yil yakunlari (yanvar-dekabr) boʻyicha hisobot esa 2024-yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etilishi belgilangan.

Ishxonangiz tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha 2023-yil (yanvar-dekabr) yakunlari to‘g‘risidagi hisobot soliq organiga taqdim etilmaganligi sababli 2023-yilgi daromadingizda dekabr oyi ish haqi shakllanmagan. Hisobot topshirilgach dekabdagi ish haqi avtomatik shakllanadi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Pudrat tashkilotlarining soliq hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida aks etadi


“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
👉 PQ-165-son, 29.04.2024-y.

Qarorga koʻra, pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga yuborish tartibi belgilanmoqda.

Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlariga vazirlik va idoralarning o‘zaro integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan qo‘shimcha ma’lumotlar roʻyxati ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Soliq qoʻmitasi quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.

🔹 “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga:
▫️Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi oʻlchov birligi, narxi) maʼlumotlar.
🔹 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga:
▫️Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi EHFlar va ularga ilovalar;
▫️Loyiha va pudrat tashkilotlarining JSHODS hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari.

Ushbu roʻyxatda keltirilgan maʼlumotlar begʻaraz (bepul) taqdim etiladi.
Toyloq tumanida "Sektorlar faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligiga qaratilgan" seminar bo‘lib o‘tmoqda.              
      Seminarda viloyat 4-sektor rahbari E.Tolliyev, viloyat  masʼullari, shahar va tuman 4-sektor rahbarlari va kotiblari Toyloq tuman 4-sektor tajribasi bilan tanishmoqda.
Seminar ishtirokchilari  tumanda faoliyat yurituvchi "Orzu-Olim-Dilmurod asallari" asalarichilik,  naslchilik fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishishdi.
#soliqchi_komakchi

QQS to‘lovchiga xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish va baholashning ilg‘or mexanizmlari

QQS to'lovchi har bir korxonaga soliq inspektori biriktirildi. Soliq to'lovchiga shaxsiy kabinetida o‘zining inspektori haqidagi aloqa ma'lumotlari ko‘rsatilgan xabarnomalar yuborildi.

Bitta soliq inspektori bir xil faoliyat sohasidagi bir nechta korxona (masalan, qishloq xo'jaligi, sanoat va boshqalar) bilan ishlaydi. Soliq xizmati organining ma’lumotlar bazasida soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi mavjud  barcha zarur ma’lumotlarni bir joyda to‘plash, monitoringini yuritish va tezkor tahlil qilish maqsadida soliq inspektorlari uchun avtomatlashtirilgan tizim yaratildi.

Undagi barcha ma'lumotlar alohida toifalarga ajratilgan:
▫️tovar aylanma,
▫️hisobot taqdim etilishi,
▫️soliq turlari kesimida ma'lumotlar,
▫️soliq qarzi,
▫️ortiqcha to'lov,
▫️tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari (avtokameral) va h.k.


Soliq inspektorlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) yuqoridagi toifalar bo‘yicha baholanadi.

Bular tadbirkorlar barqarorlik reytingi mezonlariga juda yaqin ko‘rsatkichlardir. Shu boisdan ham ushbu tizim ikki tomon uchun ham manfaatlidir - soliq inspektori soliq to'lovchiga qonun doirasida soliq majburiyatlarini bajarishga yordam beradi, natijada tadbirkorning barqarorlik reytingi yuqorilashi barobarida inspektorning mehnat samaradorligi ham oshib boradi.

Tizim QQS to'lovchilar bilan muhokama qilindi. Soliq to‘lovchilar inspektor bilan bir vaqtda tizimdagi ma’lumotlarni ko‘rish imkonini berish taklifini bildirgan. Yaqin kunlarda ular shaxsiy kabinetida o‘zlariga tegishli ma'lumotlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

Bu o‘zaro munosabatlarda tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi: soliq to‘lovchilar  kamchiliklarini aniq ko‘rib turadi va soliq inspektorlari ularni bartaraf etishda yordam beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Mahsulot (xizmat)larga mos oʻlchov birligini tanlash lozim

Mahsulot xususiyatiga koʻra MXIKka bir yoki bir nechta oʻlchov birligi biriktiriladi.
Misol uchun❗️hajmi ogʻirlikda oʻlchanadigan mahsulotlar uchun tonna, kilogramm, gramm. Bunda tonnada xarid qilib, kilogramm yoki grammda sotish mumkin.

Ammo keyingi paytlarda ayrim tadbirkorlar tomonidan EHF va cheklarda mahsulot (xizmat) xususiyatiga toʻgʻri kelmaydigan oʻlchov birliklaridan foydalanish holatlari tez-tez kuzatildi. Masalan, mol goʻshti litrda, tirik baliq kilometrda sotilgan.

Yuqoridagi holatlarni oldini olish maqsadida faqat mahsulot (xizmat)lar xususiyatiga mos oʻlchov birligini tanlash mumkin.

Hozirda Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogida 370 mingdan ortiq MXIK va ularga tegishli oʻlchov birliklari bor.

Katalogda MXIKlar mahalliy bozorga yangi kirib kelayotgan mahsulot (xizmat)lar boʻyicha muntazam ravishda koʻpayib boradi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar ayrim soliqlardan ozod etiladi

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-71-son, 01.05.2024-y.

Farmonga koʻra:

🔹2026-yil 1-yanvarga qadar toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar quyidagi soliqlardan ozod etiladi:
▫️mol-mulk soligʻi;
▫️yer soligʻi;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.


🔹2024-yil 1-maydan 2026-yil 1-maygacha barqarorlik reytingida “A” va undan yuqori toifada boʻlgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi tadbirkorlarda:
▫️soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno),
▫️QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) 1 kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"KUN XABARLARI"  | SEKTOR RAHBARLARI MAHALLA AHOLISI BILAN UCHRASHISHDI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
  4 - SEKTOR  RAHBARLARI  VA  KOTIBLARI  UCHUN  SEMINAR  TASHKIL  ETILDI