#deklaratsiya
Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash qanday hollarda rad etiladi?
Soliq toʻlovchi soliq toʻlash maqsadida jami yillik daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiyani elektron shaklda taqdim etsa, toʻlanadigan soliq summasi real vaqt rejimida uning shaxsiy kartochkasida avtomatik ravishda shakllanadi.
Bunda, taqdim etilgan deklaratsiya soliq organi tomonidan rad etilmasdan qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 82-modda
Soliq toʻlovchilar JShODS boʻyicha qoʻllaniladigan imtiyozlarni deklaratsiya taqdim etish orqali qaytarib olishi mumkin.
Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
▫️ariza beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ariza (deklaratsiya) va unga ilova qilinadigan hujjatlardagi xato va kamchiliklar belgilangan muddatda (5 ish kuni) bartaraf etilmaganda;
▫️qalbaki hujjatlar taqdim etilganda;
▫️daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz avval qoʻllanilganda.
👉 VMQ-601-son 15.11.2023
Rad etilgan deklaratsiyalar kamchiliklari bartaraf etilgan holda qayta yuborilganda soliq organlari tomonidan qabul qilinadi.
Maʼlumot uchun, jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya “my3.soliq.uz” saytidagi soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
👉“Jismoniy shaxsning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya” elektron xizmatidan foydalanish yuzasidan qo‘llanma

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya
❓SAVOL: 2023-yilda farzandimning kontraktiga toʻlagan oylik ish haqimdan daromad soligʻini qaytarib olish maqsadida my3.soliq.uz sayti orqali deklaratsiya yubordim. Lekin 2023-yildagi daromadimga dekabr oyidagi ish haqim qoʻshilmayapti. Natijada qaytariladigan summa dekabr oyida toʻlagan daromad soligʻim miqdorida kam chiqmoqda.
✅ JAVOB: Soliq toʻlovchi tomonidan deklaratsiya yuborilganda uning ish haqi ish joyi tomonidan taqdim etilgan daromad soligʻi hisobotlari asosida avtomatik shakllanadi.
Ushbu soliq hisobotlari har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Yil yakunlari (yanvar-dekabr) boʻyicha hisobot esa 2024-yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etilishi belgilangan.
Ishxonangiz tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha 2023-yil (yanvar-dekabr) yakunlari to‘g‘risidagi hisobot soliq organiga taqdim etilmaganligi sababli 2023-yilgi daromadingizda dekabr oyi ish haqi shakllanmagan. Hisobot topshirilgach dekabdagi ish haqi avtomatik shakllanadi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Pudrat tashkilotlarining soliq hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida aks etadi
“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
👉 PQ-165-son, 29.04.2024-y.
Qarorga koʻra, pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga yuborish tartibi belgilanmoqda.
Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlariga vazirlik va idoralarning o‘zaro integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan qo‘shimcha ma’lumotlar roʻyxati ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Soliq qoʻmitasi quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
🔹 “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga:
▫️Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi oʻlchov birligi, narxi) maʼlumotlar.
🔹 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga:
▫️Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi EHFlar va ularga ilovalar;
▫️Loyiha va pudrat tashkilotlarining JSHODS hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari.
Ushbu roʻyxatda keltirilgan maʼlumotlar begʻaraz (bepul) taqdim etiladi.

monitoring.mc.uz
Davlat dasturlari ijrosi monitoringi - monitoring.mc.uz
Toyloq tumanida "Sektorlar faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligiga qaratilgan" seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda viloyat 4-sektor rahbari E.Tolliyev, viloyat masʼullari, shahar va tuman 4-sektor rahbarlari va kotiblari Toyloq tuman 4-sektor tajribasi bilan tanishmoqda.

Seminar ishtirokchilari tumanda faoliyat yurituvchi "Orzu-Olim-Dilmurod asallari" asalarichilik, naslchilik fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishishdi.
#soliqchi_komakchi
QQS to‘lovchiga xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish va baholashning ilg‘or mexanizmlari
QQS to'lovchi har bir korxonaga soliq inspektori biriktirildi. Soliq to'lovchiga shaxsiy kabinetida o‘zining inspektori haqidagi aloqa ma'lumotlari ko‘rsatilgan xabarnomalar yuborildi.
Bitta soliq inspektori bir xil faoliyat sohasidagi bir nechta korxona (masalan, qishloq xo'jaligi, sanoat va boshqalar) bilan ishlaydi. Soliq xizmati organining ma’lumotlar bazasida soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi mavjud barcha zarur ma’lumotlarni bir joyda to‘plash, monitoringini yuritish va tezkor tahlil qilish maqsadida soliq inspektorlari uchun avtomatlashtirilgan tizim yaratildi.
Undagi barcha ma'lumotlar alohida toifalarga ajratilgan:
▫️tovar aylanma,
▫️hisobot taqdim etilishi,
▫️soliq turlari kesimida ma'lumotlar,
▫️soliq qarzi,
▫️ortiqcha to'lov,
▫️tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari (avtokameral) va h.k.
Soliq inspektorlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) yuqoridagi toifalar bo‘yicha baholanadi.
Bular tadbirkorlar barqarorlik reytingi mezonlariga juda yaqin ko‘rsatkichlardir. Shu boisdan ham ushbu tizim ikki tomon uchun ham manfaatlidir - soliq inspektori soliq to'lovchiga qonun doirasida soliq majburiyatlarini bajarishga yordam beradi, natijada tadbirkorning barqarorlik reytingi yuqorilashi barobarida inspektorning mehnat samaradorligi ham oshib boradi.
Tizim QQS to'lovchilar bilan muhokama qilindi. Soliq to‘lovchilar inspektor bilan bir vaqtda tizimdagi ma’lumotlarni ko‘rish imkonini berish taklifini bildirgan. Yaqin kunlarda ular shaxsiy kabinetida o‘zlariga tegishli ma'lumotlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.
Bu o‘zaro munosabatlarda tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi: soliq to‘lovchilar kamchiliklarini aniq ko‘rib turadi va soliq inspektorlari ularni bartaraf etishda yordam beradi.