Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.03K subscribers
14.4K photos
1.33K videos
91 files
5.89K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
🏓 Bugun Samarqand shahridagi o'yin turlari va yengil atletika bo'yicha  ixtisoslashgan sport maktabida erkaklar va ayollar o'rtasida sportning stol tennisi turi bo'yicha O'zbekiston Kubogi musoboqalari boshlandi.

♻️Musoboqa 2024-yil 9-aprelgacha davom etadi.
Qo‘shma_xat.pdf
1.1 MB
#QQS #imtiyoz

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining
Budjet tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni olib kirish 2028-yil 1-yanvarga qadar QQSdan ozod qilinishi boʻyicha axboroti

👉 Soliq kodeksi 483-modda
____________
#НДС #льготы

Информация Министерства экономики и финансов и Налогового комитета об освобождении от НДС до 1 января 2028 года оборота по реализации, а также ввоза товаров (услуг), приобретаемых в рамках проектов, реализуемых полностью или частично за счет государственного внешнего долга, привлеченного и привлекаемого из международных финансовых институтов и зарубежных правительственных финансовых организаций

👉ст.483 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligʻi

"Siz to'lagan soliqlar yashayotgan mahallangizing obodligi uchun sarflanadi" — senator Farmon Toshev soliq to'lovlari haqida munosabat bildiridi.

Hurmatli vatandoshlar!

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” davlat dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi


OʻRQ-923-son Qonun (02.04.2024) bilan ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritildi.

Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” davlat dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga tabaqalashgan miqdorlarda soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etish nazarda tutilmoqda.

Xususan, Soliq kodeksining 482 va 483-moddalariga quyidagi qoʻshimchalar kiritilmoqda:
🔹01.01.2025-yilga qadar “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga mol-mulk va yer soliqlarini 50 %dan 100 %gacha kamaytirilgan stavkalarda toʻlash;
🔹barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona toʻlovlari boʻyicha taʼminotsiz va foizsiz 3 oydan 12 oygacha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilmoqda.

🔹Ushbu imtiyozlar “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga ular bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etgan taqdirda beriladi:
▫️“Ijtimoiy himoya yagona reyestr”dagi fuqarolar ishga qabul qilinganda, ularga 1 yil davomida har oy 1 mln soʻmdan kam boʻlmagan ish haqi toʻlaganda;
▫️“Ijtimoiy himoya yagona reyestr”dagi fuqarolar ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda.
Ushbu imtiyoz va preferensiyalar Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Hisob-kitoblarga koʻra mazkur imtiyozlar boʻyicha tadbirkorlik subyektlari ixtiyorida 135 mlrd soʻm mablagʻlar qolishi kutilmoqda.

Izoh. Mazkur soliq imtiyozlari va preferensiyalari 01.07.2023-yildan etiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❇️Hurmatli fuqarolar❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-aprelga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-aprel

mart oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JSHODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
__

#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 апреля 2024 года последний день

за март:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. №1515 от 06.10.2005 г.).
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️15 aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ining teng yarmini to‘lashning so‘nggi muddati.

❇️ Joriy yildan siz to‘laydigan soliqlar  hisobiga “Mahalla budjeti” shakllanadi.

Ushbu mablag‘lar mahallangiz ravnaqi, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Shunday ekan, burchimizga mas’uliyat bilan yondashib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga o‘z hissamizni qo‘shaylik!
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi?

O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan tadbirkorlar reytingi joriy etildi.

Yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo‘llash nazarda tutilmagan.

Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa:

▫️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
▫️QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);
▫️QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalarini 3  kunda qaytarib berish (amalda 10 kundan 15 kungacha) yuzasidan qo‘shimcha preferensiyalar beriladi.

Yana bir rag‘batlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilish vaqtida to‘langan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinadi.

Avval bu faqat yirik soliq to‘lovchilar hamda 20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis dasturi doirasida sertifikat olgan korxonalar uchun amal qilar edi.

Endi reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga ham mazkur tartib tatbiq etiladi.

Reytingning asosiy maqsadi – tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishiga undashdir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❇️Hurmatli fuqarolar❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-aprelga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

👉Qaysi obyektlar uchun to‘lanadi?
👉Qanday hisoblanadi?
👉Stavkalar miqdori qancha?

🎞Batafsil videorolikda

❗️15-aprelga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!
❇️Hurmatli fuqarolar❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-aprelga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.
#alkogol #yigim

Aprel oyi uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lashning oxirgi kuni – 9-aprel

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan kundan e’tiboran to‘lanadi.

❗️Bildirishnoma elektron litsenziyalash tizimi license.gov.uz orqali yuboriladi.

Bunda xabarnoma:
▫️joriy oyning 20-sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda,
▫️joriy oyning 20-sanasidan keyin yuborilganda keyingi oyning 1-sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.

Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek, ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi.

👉
2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning 1-sanasidan to‘xtatib turiladi.
👉Soliq kodeksi 460-modda

To‘xtatib turilgan yoki tugatilgan faoliyat tiklanganda tadbirkorlik subyekti ruxsatnoma olish uchun yangi xabarnoma yuborishi lozim.
__
#алкоголь #cбор

9 апреля – последний день уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции за апрель 

Сбор за право реализации алкогольной продукции
уплачивается с момента направления уведомления о начале реализации алкогольной продукции.

❗️Подать уведомление необходимо через систему электронного лицензирования license.gov.uz

При направлении уведомления:
▫️до 20 числа текущего месяца сбор исчисляется в полном объеме за данный месяц,
▫️после 20 числа текущего месяцас 1 числа следующего месяца.

В случае если реализация алкогольной продукции осуществляется через несколько пунктов стационарной торговли и (или) общественного питания, сборы за право реализации алкогольной продукции исчисляются и взимаются в пределах установленных ставок пропорционально количеству стационарных пунктов торговли и (или) общественного питания, а также размерам территории расположения каждого из них.

👉Ставки сбора за право реализации алкогольной продукции на 2024 год

При приостановлении или прекращении деятельности по розничной торговле алкогольной продукцией исчисление сбора приостанавливается с 1 числа следующего месяца.
👉ст.460 НК

При возобновлении приостановленной или прекращенной деятельности субъект предпринимательства должен направить новое уведомление для получения разрешения.
#alkogol #yigim

2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari

👉OʻRQ-886-son, 25.12.2023-y.
___
#алкоголь #cбор

Предельные ставки сборов за право реализации алкогольной продукции на 2024 год

👉ЗРУ №886 от 25.12.2023 г.