Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
89 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#mol_mulk_soligi

1-mart – 2023-yil uchun mol-mulk soligʻi hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

Yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi hisoboti yilda 1-marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etiladi.
👉 Soliq kodeksi 417-modda

Bunda soliq hisoboti ko‘chmas mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan kelib chiqib to‘ldiriladi.

Ko‘chmas mulkning qoldiq qiymati mol-mulkning boshlang‘ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to‘lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdori o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Soliqni hisoblash maqsadida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlarga nisbatan soliq bazasi 1 kv. m uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas.
👉 Soliq kodeksi 412-modda

Barcha turdagi ko'chmas mulklarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar my3.soliq.uz portali "Alohida soliq stavkalari qo'llaniladigan ko'chmas mulk obyektlari va yer uchastkalari" xizmatining 7-bo'limidan shakllanadi.

📖 Mol-mulk soligʻi hisoboti va ma’lumotnoma shakllarini toʻldirishda soliq xizmati organlari mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan qoʻllanmalardan foydalanish tavsiya etiladi.
👇Quyidagi havolalar orqali qoʻllanmalar bilan tanishish mumkin:

👉 Moʻljallanayotgan soliq bazasi (oʻrtacha yillik qoldiq qiymat)ni soliq hisobotida aks ettirish;
👉 Soliq stavkasi 0,6 % miqdorida belgilangan obyektlar;
👉 Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar;
👉 Qurilish tashkilotlari balansida keyinchalik sotish uchun koʻrsatilgan turar joy obyektlari;
👉 Moʻljallanayotgan soliq bazasini maʼlumotnomada aks ettirish;
👉 Eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan obyektlar roʻyxatini taqdim etish (ma'lumotnoma uchun);
👉 Mol-mulkni baholash natijalarini taqdim etish.

Eslatma! Soliq davrida soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar summasi soliq hisobotida koʻrsatilgan budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10 %dan ortiq kamaytirilgan taqdirda, soliq organi boʻnak toʻlovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
👉 Soliq kodeksi 417-modda
#soliq_forumi

Toshkent shahrida XVI “Ipak yoʻli” Soliq forumi boshlandi


Mazkur forum 28–29-fevral kunlari bo‘lib o'tadi.

Unda Ozarbayjon, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Armaniston, Xitoy, Tojikiston, Turkiya va Yaponiya kabi davlatlardan kelgan 60 ga yaqin moliya va soliq idoralari vakillari ishtirok etmoqda.

Forum doirasida mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish va soliq siyosati, toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita soliq solish, raqamli soliq maʼmuriyatchiligi, shuningdek, soliq bazasini kamaytirish va daromadlarni yashirishga qarshi kurashish boʻyicha harakatlar rejasi (BEPS – Base Erosion and Profit Shifting – OECD dasturining ikki ustunli yechimi (GloBE Rules) oqibatlariga oid 8 ta tematik sessiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
____
#налоговый_форум

В Ташкенте стартовал XVI Налоговый форум «Шелковый путь»

Данный форум проводится 28-29 февраля этого года.

В нем принимают участие около 60 представителей финансовых и налоговых ведомств из Азербайджана, Грузии, Казахстана, Кыргызстана, Монголии, Армении, Китая, Таджикистана, Турции и Японии.

В рамках форума пройдет 8 тематических сессий, посвященных региональному экономическому развитию и налоговой политике, прямому и косвенному налогообложению, цифровому налоговому администрированию, а также двухкомпонентному решению (Правила GloBE) ОЭСР, действиям для борьбы с размыванием налоговой базы и перемещением прибыли (Base erosion and profit shifting – BEPS).
Jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk soliqlarini teng ulushlarda to‘lashlarining dastlabki muddati qachon?
Anonymous Quiz
10%
A) 15-mart
76%
B) 15-aprel
6%
C) 1-mart
6%
D) 1-aprel
1%
E) 25-mart
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_forumi

XVI “Ipak yo‘li” Soliq forumi – birinchi kun


Chet davlatlardan kelgan 60 ga yaqin moliya va soliq idoralari vakillari qatnashmoqda.

Mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish va soliq siyosati, toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita soliq solish, raqamli soliq maʼmuriyatchiligi, BEPS loyihalari va soliq sohasiga oid boshqa masalalar muhokama etilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#foyda_soligi

Foyda solig‘i hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

2023-yil yakunlari bo‘yicha
foyda solig‘i hisoboti 2024-yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.
👉Soliq kodeksi 339-modda

👉Youtube orqali ko‘rish
#imtiyoz

Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'I to'lamaydi

Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotida o‘qish pullik hisoblanadi. Endi ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.
👉O‘RQ 785-son 26.07.2022-yil

Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?

Ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan.

Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi bo‘yicha har oyda 720 ming so‘m (6 mln so‘mdan 12%) JShODS ushlab qolingan holda 6 mln so‘m ish haqi hisoblanadi.

U buxgalteriyaga o‘z farzandining ta'minoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln so‘m o‘tkazish haqida ariza taqdim etadi.

Ushbu 2,5 mln so‘m uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln so‘m (6 mln so‘m - 2,5 mln so‘m) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming so‘mni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 300 ming so‘m tejaydi.

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?


Ota (ona) imtiyozni:
▫️ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
▫️soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda qo‘llashi mumkin.
👉 Kontrakt to'lashda deklaratsiya to'ldirish bo‘yicha videoqo'llanma

❗️Imtiyoz 2022-yil 1-apreldan amal qiladi.
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

1-mart – 2023-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

❗️
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari (qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno) 2023-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini 2024-yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etishi lozim.

2023-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari
2024-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari
SOLIQ_TAQVIMI_2024_MART.pdf
188.2 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2024-yil mart oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на март 2024 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 1-mart

2023-yil uchun:


- foyda soligʻi boʻyicha soliq davri yakunlari boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 339-modda 5-qism va 340-modda 1-qism);

- mol-mulk soligʻi hisobotini soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 2- va 8-qismlar);

- suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan (qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno) soliq hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 447-modda 3-qism va 448-modda 5-qism);

- foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454 prim.7-modda 2- va 3-qismlar);

- xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan foyda soligʻini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 480-modda 1-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️1 марта 2024 года - последний день

за 2023 год:


- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу на прибыль по итогам налогового периода
(ч.5 ст.339 и ч.1 ст.340 Налогового кодекса);

- представления в налоговый орган по месту налогового учета налоговой отчетности и уплаты по налогу на имущество по итогам налогового периода
(ч.2 и 8 ст.17 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу за пользование водными ресурсами по месту водопользования или водопотребления юридическими лицами РУз (за исключением сельскохозяйственных предприятий)
(ч.3 ст.447 и ч.5 ст.448 Налогового кодекса);

- уплаты и представления налоговой отчетности по специальному рентному налогу на добычу полезных ископаемых в налоговый орган по месту налогового учета
(ч.2-3 статьи 454 прим.7 Налогового кодекса);

- исчисления, представления налоговой отчетности и уплаты налога на прибыль нотариусами, занимающимися частной практикой
(ч.1 ст.480 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilmoqda


Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq to'lovchilarni mol-mulk va yer soliqlarini to'lash to'g'risida xabardor qiladi.

Toʻlov xabarnomalari jismoniy shaxslarning shaxsiy kabinetiga (mavjud boʻlsa), SMS-xabarnoma koʻrinishida, shuningdek, “Soliq” mobil ilovasiga yuboriladi.
👉 Soliq kodeksi 423-modda

“Soliq” mobil ilovasining “Kabinet” bo‘limida quyidagilar ko‘rsatiladi:
- soliq qarzi;
- qaytarilishi lozim bo'lgan ortiqcha to'langan soliq summalari;
- mol-mulk va yer soliqlari bo'yicha joriy yil uchun hisob-kitoblar.

Soliq mobil ilovasi orqali ("Kabinet" – "Soliqlarni to'lash") jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) kiritish orqali soliqlarni to‘lash mumkin.

Toʻlov amalga oshirilgach, qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisidagi ma'lumotnoma va kvitansiyani yuklab olish mumkin.

❗️Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

👉 Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?
👉 Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?
__________
#земельный_налог #налог_на_имущество

Физические лица получают уведомления об оплате налогов

Налоговые органы каждый год не позднее 1 марта уведомляют налогоплательщиков о необходимости уплаты налога на имущество и земельного налога.

Платежное извещение физлицам направляется в персональный кабинет (при наличии), в виде СМС-уведомления, а также в мобильное приложение Soliq
👉 ст. 423 НК

В мобильном приложении Soliq в разделе "Кабинет" отображаются:
- налоговая задолженность;
- суммы излишне уплаченных налогов, подлежащих возврату (переплата);
- начисления на текущий 2024 год по налогу на имущество и земельному налогу.

Оплатить налоги можно - в "Кабинете" и в разделе "Оплата налогов", путем ввода персонального идентификационного номера физического лица (ПИНФЛ).

В завершении оплаты скачайте справку об отсутствии задолженности и квитанцию.

❗️Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса физические лица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября.

Какие физлица освобождены от уплаты налога на имущество?
Какие физлица освобождены от уплаты земельного налога?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasi orqali to‘lang. Bu soliq to'lovchilar uchun juda qulay.
#yer_soligi #soliq_imtiyozi

Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilingan?

▫️ “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
▫️yolgʻiz pensionerlar;
▫️boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar;
▫️Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar   qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.

Soliq imtiyozlari
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

👉 Soliq kodeksi 436-modda