Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.05K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.97K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
🏠Subsidiya asosida olingan uy-joy krediti uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan daromad solig‘i olinmaydi

“Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga (PQ–377-son, 22.09.2022 y.) asosan:

2023-yil 1-yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘iga tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

☑️ 2023-yildan ipoteka kreditiga olingan mol-mulk olingan sanadan 36 oyda qayta sotilsa, kredit va foizlar uchun yo‘naltirilgan daromad soliqqa tortiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar AOS hisobotini qanday topshiradi?

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 million so‘mgacha bo‘lgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Soliq davrida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lganda AOS to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tan olinadi. Bunda ular soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etishi hamda soliqlarni to‘lashi  shart.

Agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar EHF, onlayn-NKT hamda marketpleys orqali daromad olgan bo‘lsa, ushbu daromadlarning 100 mln so‘mdan oshgan qismi  AOS hisobotida avtomatik shakllanishi uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim

my.soliq.uz saytidagi “Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun” shaxsiy kabinetiga elektron raqamli imzo orqali kiriladi.

U yerdan  “Avtomatlashtirilgan aylanmadan olinadigan soliq hisobotiga oʻzgartirish kiritish”  soʻngra “Murojaat yuborish” tugmasi bosiladi. 

Ochilgan oynadan soliq davri hamda hisobot davri tanlanadi. Satr nomi qatoridan  “Qatʼiy belgilangan miqdordagi daromad soligʻi toʻlovchisi boʻlgan davrda olgan daromadi” belgilanadi, shundan soʻng satr kodi  hamda summa qatorlari avtomatik shakllanadi.

Soliq turi qatoridan "Aylanmadan olinadigan soliq" tanlanadi.  Asoslantiruvchi hujjat sifatida oʻzini oʻzi band qilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yuklanadi hamda yuborish tugmasi bosiladi.

Shundan soʻng hisobot topshirish jarayoniga oʻtiladi.  Buning uchun shaxsiy kabinetdan “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning hisobotlari” oynasi undan so‘ng quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:
👉Elektron shakllar;
👉Aylanmadan olinadigan soliq;
👉Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi.


Ochilgan oynadan soliq turi, hisobot turi, yil, davr tanlangach, hisobot shaklida soliq summasi avtomatik shakllanadi so‘ngra joʻnatish tugmasi bosiladi.

Bank hisobraqami mavjud soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetning "O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarining soliqlarini to‘lash" bo‘limi orqali soliq to‘lovlarini amalga oshirishi mumkin.
#soʼrovnoma

Hurmatli tadbirkorlar!


Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mezonlari bo‘yicha jamoatchilik fikr-mulohazalarini va takliflarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o’tkazilmoqda.

So‘rovnoma natijalari asosida takliflar ishlab chiqiladi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6
_____________
#опрос

Уважаемые предприниматели!


С целью выявления общественного мнения в отношении критериев Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства проводится опрос.

По результатам опроса будут разработаны предложения.

Пройдите опрос по ссылке https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Yandeks Go bergan cheklarni qayerdan ko‘rsa bo‘ladi?

Yaqin kunlarda Soliq mobil ilovasi orqali ham taksi xizmatlari uchun berilgan cheklarni ko‘rish mumkin.
#bilasizmi #onlayn_NKT

❗️Tadbirkorlik subyektlari onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart.

Tovar
(ish, xizmat)lar uchun haq toʻlash shakli hamda tartibi isteʼmolchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.

To‘lov
terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'iy nazar xaridorga fiskal chek berilishi lozim.
👉PF-5813-son 06.09.2019-yil

Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda
__________
#знаете_ли_вы #онлайн_ККТ

❗️Субъекты предпринимательства обязаны использовать онлайн-ККМ и виртуальные кассы и выдавать покупателям чек с QR-кодом и фискальной отметкой.

Форма и порядок оплаты товаров
(работ, услуг) определяются по соглашению между потребителем и продавцом (изготовителем, исполнителем).

Фискальный чек выдаётся покупателю как при оплате наличными, так и через терминал.
👉№ УП-5813 от 06.09.2019 г.

Осуществление торговли и оказание услуг без применения контрольно-кассовой техники, реализация товаров и оказание услуг без выдачи чека покупателю считается налоговым правонарушением и является основанием для привлечения к ответственности в установленном порядке.
👉ст.221 НК РУз

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident tomonidan imzolangan Qonun
(OʻRQ-911-son, 21.02.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, jismoniy shaxs pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini toʻla hajmda qanoatlantirishga yoki soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmasa, sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

Soliq kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv jarayonida yuzaga keladigan barcha turdagi joriy soliq toʻlovlarini toʻlash, sud ajrimi asosida joriy etilgan sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddatida toʻxtatib turiladi. (bundan mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar boʻyicha olingan daromadlar soligʻi, shuningdek ijtimoiy soliq mustasno)

Bu holda sud sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining yoki tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlagan va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqargan sanadan eʼtiboran mazkur soliq qarzlari 6 oy ichida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlanadi.

Shuningdek, bankrot deb topilgan qarzdor yuridik va jismoniy shaxslarning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini sotishdan tushgan mablagʻlarining qarzni toʻlashga yoʻnaltirilgan qismi daromad sifatida hisobga olinmasligi belgilandi.

“Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, sud boshqaruvchisi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish jarayonida oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi uchun daʼvo arizalar hamda boshqa arizalar bilan davlat bojini toʻlamasdan sudga murojaat qilishi mumkin boʻldi.

📌Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Savolga Samarqand viloyati soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Akobir Shamsiyev javob berdi.

Yotube kanalida HD formatda tomosha qiling:

https://youtu.be/t84YP7pF2ms?si=Y54-s1ReFfISS4Bc
#imtiyozlar

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari

🔹Urush nogironlari, I va II guruh nogironlari yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilingan.

🔹 Urush nogironlari mulk solig‘idan to‘liq ozod qilingan.

🔹 I va II guruh nogironlari 60 kv.m. doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilingan.

🔹 Bolaligidan nogironligi bo‘lgan hamda I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslarning MHTEKM*ning 3 baravarigacha (3 150 000) bo‘lgan daromadi JShODSdan ozod etilgan.
Ya’ni nogironligi bo‘lgan shaxs 3 mln 150 ming so‘mgacha ish haqi olsa, bu daromadidan soliq to‘lamaydi. Agar maoshi 4 mln so‘m bo‘lsa, daromadining 3 mln 150 ming so‘mi uchun soliq hisoblanmaydi. Qolgan summa uchun (4 mln - 3 mln 150 ming = 850 ming) 12 % stavkada (102 ming so‘m) soliq to‘laydi.

🔹Urush nogironlari, shuningdek, doimiy parvarishni talab etadigan bolaligidan nogironligi bo‘lgan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona har bir oy uchun MHTEKMning 1,41 baravari miqdorida (1 480 500 so‘m) JShODSdan ozod etilgan.

*mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori = 1 050 000 so‘m
#onlayn_NKT

Onlayn-taksi agregatorlari cheki shaxsiy kabinetda aks ettiriladi

Onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi natijasida yo‘lovchi tashish xizmati uchun to‘lovlarga elektron fiskal chek shakllanyapti.

Onlayn-taksi agregatorlari shakllantirilgan cheklarni my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali ko‘rishlari mumkin.

Buning uchun "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikalari to‘g‘risida ma'lumot" sihifasiga o'tish va "Chek ma'lumotlari" bo'limida "Taksi agregatori cheklari" menyusini tanlash kerak.

Shundan so‘ng chek turi, fiskal modul raqami, chek berilgan davrni belgilab "Qidirish" tugmasi bosiladi. Belgilangan sanalarda shakllangan barcha cheklar ekranda aks etadi.

Onlayn-taksi agregatorlari orqali faoliyat yuritayotgan haydovchilar ham shaxsiy kabinetida taksi agregatorlari tomonidan tashuvlar uchun shakllantirilgan cheklar haqida ma'lumot olishlari mumkin. Buning uchun “Onlayn-NKT ma’lumotlari” sahifasida “Kunlik komissioner hisoboti➡️Taksi agregatori cheklari” menyusini tanlash kerak. Shundan so‘ng agregator fiskal moduli, tashish davri belgilanadi. Qidirish natijasida kunlik yoki oylik tashish summalarini ko'rish mumkin.