Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
14.1K photos
1.28K videos
84 files
5.74K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
❇️ Samarqand viloyati soliq boshqarmasida  “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” ga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni”  tadbiri o‘tkazildi.

Jurnalistlar va blogerlar, yosh xodimlar va ularning ota-onalari, talaba yoshlar ishtirok etgan tadbirda soliq xizmati organlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xatarlarni oldini olish va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan so‘z yuritildi.

Unda viloyat  soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Imamov so‘zga chiqib, boshqarmada xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Yosh xodimlarning ota-onalari hamda talabalar viloyat soliq boshqarmasi xodimlari va soliq to‘lovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taksi #ozini_ozi_band_qilish

Yandex Go
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni to‘laydi.
MyTaxi va Uklon xizmatlari ham soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.
#bilasizmi #markirovka

Markirovka qoidalarni buzish Soliq kodeksining 227-1–moddasiga asosan, Alkogol va tamaki mahsulotlari savdosini noqonuniy amalga oshirish Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 186-1–moddasi hamda Jinoyat kodeksining 186-1–moddasiga asosan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
___
#знаете_ли_вы #маркировка

Нарушение правил маркировки согласно ст.227-1 Налогового кодекса, незаконный оборот алкогольной и табачной продукции согласно ст.186-1 Кодекса об административной ответственности и ст.186-1 Уголовного кодекса влечет за собой ответственность.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#my_soliq_uz

Soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma'lumotnoma qanday olinadi?
#imtiyoz

Nodavlat taʼlim tashkilotlarida malaka oshirish uchun toʻlovlar soliqqa tortilmaydi

Soliq toʻlovchilarning quyidagilarni toʻlash uchun yoʻnaltirilgan BHMning 8 baravarigacha* boʻlgan miqdordagi ish haqi summalari va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi:

🔹xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallari
(badallarning toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjat mavjud boʻlganda);
🔹qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga toʻlovlar
(kursni tugatganlik toʻgʻrisida berilgan hujjat mavjud boʻlganda).

👉
Soliq kodeksi 378-modda 21-band

📌*BHM 8x340 000 = 2 720 000 soʻm
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 5-dekabr

noyabr oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
__________
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

2023-yil 1-dekabr holatiga

O‘zbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 577 510 tani tashkil etdi. Shundan 84 598 tasi joriy yilning yanvar-noyabr oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.

👉 Batafsil
___
#цифровизация #юридические_лица

По состоянию на 1 декабря 2023 года
количество осуществляющих деятельность юрлиц в Узбекистане составляет 577 510. Из них 84 598 зарегистрировано в январе-ноябре текущего года.

👉 Подробнее
Viloyat 4-sektoriga biriktirilgan Oqdaryo tumani Yangiqoʻrgʻon mahallasida “Obod xonadon —obod koʻcha — obod mahalla” dasturi doirasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Bugun mahallada Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazilmoqda.

Tadbir erta tongdan ʻSogʻlom hayot uchun 5000 qadamʻ shiori ostidagi yurish marafoni bilan boshlandi. Unda 4 mingdan ziyod aholi va 150 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

📢 Tadbirkorlar, shoshiling, vaqt oz qoldi ❗️

AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan
AOSni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari)  to‘lashga o‘tish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organini xabardor qilishlari kerak.

👉Buning uchun soliq toʻlovchi my3.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetidan “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali rad qilish xabarnomasini yuboradi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 7-dekabr

noyabr oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi)
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️7 декабря 2023 года последний день

за ноябрь:


- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.)
#rasmiy_munosabat

Soliq organlari tomonidan soliq bazasini kengaytirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish boʻyicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlardan biri taksi va yoʻlovchi tashish bozorini tartibga solishdir.

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 1-dekabridan boshlab Yandex Go xizmati Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini mahalliylashtirib, soliq rezidentiga aylandi. Shu bilan birga, mazkur servis Soliq axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi natijasida har bir tashish xizmati uchun fiskal chek shakllantirish imkoniyati yaratildi.

Oʻtgan kunlar davomida (1 – 6-dekabr) 13,5 mlrd soʻmlik 800 483 ta chek shakllantirildi.

Oʻz navbatida, mazkur sohada bir qator yechimini topishi lozim boʻlgan masalalar saqlanib qolmoqda:

birinchidan,
taksi xizmati (Yandex Go va boshqalar) uchun naqd pul orqali toʻlov qilinganda chek berilishi yoʻlga qoʻyilmagan.

Bu borada amaliyotga tatbiq etish uchun bir nechta yechimlar ishlab chiqildi va bozor ishtirokchilariga taklif qilindi, yaqin kunlarda naqd pul orqali toʻlov qilinganida ham chek berilishi taʼminlanadi;

ikkinchidan, qolgan agregatorlarda, xususan – MyTaxi, Uklon va boshqalarda fiskal chek bugungi kungacha shakllantirilmayapti.
Ushbu agregatorlar bilan texnik integratsiyalash ishlari yakunlangan va yaqin kunlarda yoʻlovchilar ushbu xizmatlardan foydalanganda fiskal cheklarni olishni boshlashi kutilmoqda.

Bundan tashqari, respublikaning barcha hududlarida agregatorlar va taksi xizmatlarini fiskallashtirish koʻzda tutilgan;

uchinchidan, bugungi kunga qadar shakllantirilgan 13,5 mlrd soʻmlik 800 483 ta cheklarning 13,4 mlrd soʻmlik 791 100 tasi 232 ta yuridik shaxslar (Yandex Go hamkorlari va taksi kompaniyalari), 163,9 mln soʻmlik 9 383 tasi esa 1 821 nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hissasiga toʻgʻri keladi.

Bunda, tashish xizmati oʻzini oʻzi band qilgan haydovchi tomonidan koʻrsatilgan boʻlsada, tashishning barcha summasi taksopark (hamkor) aylanmasida aks etish holatlari Soliq qoʻmitasi tomonidan kuzatilmoqda.

Mazkur yoʻnalishda taksoparklar va oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar oʻrtasida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida komissioner va komitentni toʻgʻri belgilash boʻyicha tushuntirish ishlari agregatorlar bilan birgalikda olib borilmoqda.

Shuningdek, ushbu sohada oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur funksiyani Soliq mobil ilovasiga qoʻshish orqali soddalashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun: yuridik shaxslar oʻzlarining shaxsiy kabinetida fiskal cheklarni tahrirlash mexanizmidan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, Soliq kodeksining 369-moddasi 9-bandiga muvofiq, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan.

Taksi faoliyatidan rasmiy daromad shakllantirish imkoniyatining paydo boʻlganligi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun alohida bir qator afzalliklarni keltirib chiqaradi. Jumladan, daromad toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keyinchalik ularga boshqa iqtisodiy harakatlarda (ipoteka, isteʼmol kreditlari, tovarlarni boʻlib-boʻlib toʻlash va hokazo) imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu oʻz navbatida aholining iqtisodiy faolligi oshishiga xizmat qiladi.

Soliq qoʻmitasi taksi xizmatini koʻrsatishda agregatorlar va ularning hamkorlari biznes jarayonlarini monitoring qilib bormoqda va aniq yechimlarni taklif etadi.

Shu bilan birga yoʻlovchi tashish bozorida, turli baholashlarga asosan 500 mingdan 1 mln nafargacha fuqaro toʻliq yoki qisman bandligini, shuningdek, taksilarning kundalik logistika va harakatlanishdagi ahamiyati katta ekanini hisobga olib, mazkur sohadagi munosabatlarni avtomatlashtirish va fiskallashtirish jarayonini bosqichma-bosqich va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish zarur, deb hisoblaymiz.

Bunda, soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazorat hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga soliqlarning toʻliq tushishini taʼminlash soliq organlarining asosiy vazifalari boʻlib qoladi.
❇️Samarqand viloyati soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda dastlab boshqarma boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov so‘zga chiqib barchani bayram bilan tabrikladi. Bosh Qomusimiz erishgan va erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori ekanligini taʼkidladi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Toshpo‘lat Tugalov so‘zga chiqib Vatanni madh etuvchi ijod namunalaridan o‘qib berdi.

Tadbir so‘ngida soliq sohasidagi samarali mehnatlari uchun bir guruh xodimlar boshqarma boshlig‘ining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.