Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
89 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

❇️ Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini o‘tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari belgilangan.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15 noyabr

oktabr oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5-qismlar);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar).
Jismoniy_shaxslardan_olinadigan_daromad_soligʻi_JSHODS_va_ijtimoiy.pdf
240.8 KB
#JShODS #ijtimoiy_soliq

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS) va ijtimoiy soliq hisobotini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

👉JSHODS va ijtimoiy soliq hisobotining paket kodi: 11101_16

🌐 “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliq: hisobot, soliqni to‘lash va imtiyoz” mavzusidagi seminar
_______________
#НДФЛ #социальный_налог

Инструкция по заполнению отчетности по налогу на доходы физических лиц (НДФЛ) и социальному налогу

👉Код пакета отчетности по НДФЛ и социальному налогу:
11101_16

🌐 Cеминар на тему «Налог на доходы физических лиц и социальный налог: отчетность, уплата налогов и льготы».

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
❇️ Samarqand shahridagi “Marmar bozori” hududida maishiy texnika savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Viloyat soliq boshqarmasi va shahar soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda jahon brendlari ostidagi soxta tovarlar, markirovka qilinmagan maishiy texnikalar sotishning huquqiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🎤- Davra suhbati davomida tadbirkorlarimizga qonuniy faoliyat yuritishlari lozimligini yana bir bor eslatib o‘tdik,-deydi viloyat soliq boshqarmasi mas’ul xodimi Dilovar Sultonov.- Ba’zi uddaburon tadbirkorlar soxta mahsulot sotib mo‘may daromad ko‘rmoqchi bo‘lishadi. Yana ba’zilari esa onlayn nazorat kassa mashinasidan foydalanmasdan savdo qilishadi. Terminal orqali to‘lov qilmoqchi bo‘lgan xaridorlarga bank plastik kartasiga pul o‘tkazish orqali to‘lov qilishni so‘rayotganlar ham ko‘p uchraydi. Tashkil etilayotgan davra suhbatlarda tadbirkorlarga soliqlardan qochmasdan qonuniy ishlashlari lozimligini eslatib o‘tayapmiz.

❇️ Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.
❇️ Soliq kodeksining 221-moddasiga asosan, nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishi majburiy bo‘lgani holda, ularni qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik — besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Soliq organlarida ro‘yxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qo‘llagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko‘rsatganlik, — yetti million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilishi, — yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Texnik talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik, — yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ayni paytda viloyat soliq boshqarmasida bir qator masʼullar ishtirokida tuman va shaharlar bilan bogʻlangan holda videoselektor yigʻilishi oʻtkazmoqda.

Yigʻilishda soliq idoralarida ijro intizomi va xodimlar kasbiy faoliyatida yuzaga kelayotgan kamchilik va nuqsonlar, soliq tushumlari va boshqa masalalar muhokama qilinmoqda.
❇️ Soliq organlari tomonidan Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanidagi “L.” XK korxonasida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida jami 4125 dona umumiy qiymati 81,2 mln soʻmlik alkogol mahsulotlari noqonuniy savdoga qoʻyilganligi aniqlandi.

Mazkur mahsulotlar, belgilangan tartibda vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yildi.

❗️Hurmatli tadbirkorlar alkogol mahsulotlarini belgilangan talablarga muvofiq realizatsiya qilishingizni so‘raymiz. Iste’molchilar alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosi yuzasidan Soliq (mobil ilovasining "Soliq hamkor bo‘limi orqali soliq organlariga murojaat yo‘llashi mumkin.
❇️ Viloyat soliq boshqarmasi xodimlari Oqdaryo tumani, Loyish shaharchasidagi tadbirkorlar bilan uchrashib, savdo qoidalarini yana bir bor eslatib o‘tishdi.

Jumladan, xaridorlarga xarid uchun chek bermaslik, to‘lov terminali orqali to‘lov qabul qilishdan bosh tortish, savdo jarayonida bank plastik kartasidan to‘lov uchun jismoniy shaxsga tegishli plastikka o‘tkazish (P2P) holatlari ko‘p uchrayotgani haqida to‘xtalishdi.

Shuningdek, profilaktik tadbirlar davomida soliq huquqbuzarligiga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlarga qonunchilikda belgilangan choralar to‘g‘risida eslatmalar tarqatildi.