Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.05K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.97K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Qishloq xo‘jaligi korxonalariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash, hisobotini taqdim etish tartibi va to‘lov muddatlari

🔹
1-oktabrga qadar – soliq summasi soliq organlari tomonidan belgilangan soliq stavkalaridan* kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun avvalgi soliq davrida** foydalanilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida aniqlanadi.

Avvalgi soliq davrida qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv iste’moli normativlari bo‘yicha aniqlanadi.

🔹15-dekabrdan kechiktirmay – joriy soliq davrida foydalanilgan suv hajmi bo‘yicha soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga taqdim etiladi.
👉
Soliq kodeksi 447-modda

Toʻlov muddatlari:
🔸 1-oktabrga qadar – soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi;
🔸 15-dekabrga qadar – soliqning qolgan summasi.
👉 Soliq kodeksi 448-modda

*Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun foydalaniladigan 1 kub metr suv hajmi uchun soliq stavkasi 45 so‘m.
👉 Soliq kodeksi 445-modda
**Kalendar yil – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq davri hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 446-modda
Soliq sohasidagi eng muhim, to‘g‘ri va tezkor ma'lumotlarni Soliq qo‘mitasining rasmiy sahifasi – "Soliq xizmati xabarlari" telegram kanali orqali kuzatib boring!
#mol_mulk_va_yer_soligi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

❗️
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

👉Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?
👉Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?
__
#налог_на_имущество
#земельный_налог

15 октября истекает срок уплаты физическими лицами налога на имущество и земельного налога

❗️
Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса, уплата налога на имущество и земельного налога физлицами производится равными долями до 15 апреля и 15 октября.

🔹Уплатить налоги на имущество и землю можно в мобильном приложении Soliq, а также в налоговых органах или в отделениях банка.

👉У кого есть льготы по налогу на имущество?
👉Кто освобожден от уплаты земельного налога?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng ikkiga boʻlgan holda, yarmini 15-aprelgacha qolgan yarmini 15-oktabrga qadar toʻlashi belgilangan

📩 Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularning uyali telefonlariga 15-oktabrgacha toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar SMS koʻrinishida yuborilmoqda.

❗️Agar 15-aprelgacha toʻlanishi lozim boʻlgan summa toʻlanmagan boʻlsa  u qarzdorlik sifatida alohida koʻrsatilgan.

SMS ostida "Batafsil" hamda "Toʻlash" yozuvi bor."Batafsil" yozuvi orqali  toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz sayti orqali, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

❗️E'tibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
❇️Hurmatli fuqarolar❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-oktabrga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 5-oktabr

sentabr oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
__
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 октября 2023 года последний день

за сентябрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 5-oktabr kuni “Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash va to'lash tartibi” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 5 октября на тему «Порядок начисления и уплаты физическими лицами налогов на имущество и землю».

Прямой эфир – на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig'i to'g'risida

👉 Qaysi obyektlar uchun to'lanadi?
👉 2023-yilda qanday soliq stavkalari amal qiladi?
👉 Kimlar mulk solig'i bo'yicha imtiyozlarga ega?

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'i haqida

👉 Qaysi obyektlar uchun to'lanadi?
👉 2023-yilda yer solig‘ining asosiy stavkalari qanday?
👉 Hududlar boʻyicha yer soligʻi stavkalarini interaktiv xizmat orqali bilib oling
👉Kimlar yer solig'ini to'lashdan ozod qilingan?

❗️Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrgacha toʻlashlari shart. Toʻlovni Soliq mobil ilovasida amalga oshirishingiz mumkin.

Savollarni onlayn seminar davomida berish mumkin
👉https://www.youtube.com/watch?v=vprGOH4LTlo
___________
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini my3.soliq.uz sayti orqali ham to‘lashi mumkin

❗️15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni
#sayyor_qabul

❇️Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig'ining Toyloq tumanida bo'lib o'tgan sayyor qabulida 30 nafardan ortiq fuqarolarning suyultirilgan gaz baloni bilan, ish bilan ta’minlash, subsidiya ajratish, salomatligini tiklash kabi masalalardagi murojaatlari tinglanib, 10 dan ortiq murojaatlarga joyida ijobiy yechim topildi.

Bundan tashqari ushbu uchrashuvda Toyloq tumani hokimi hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etishdi va murojaatlarga ijobiy yechim topishda o'z hissalarini qo'shishdi.

Shuningdek, vaqt talab etadigan muammolar mas'ullar tomonidan nazorat ostiga olindi.
#Bilasizmi?

❇️Shaxs vafot etsa u tomonidan to‘lanmay qolgan soliqlarni kim to‘laydi?

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 94-moddasiga asosan, soliq qarzi mavjud bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni lozim darajada bajarmaganlik uchun unga hisoblangan penyalar va jarimalar summasi undirilishi umidsiz summalar deb e’tirof etiladi. Ushbu jismoniy shaxsning soliqlar bo‘yicha uzilmay qolgan qarzi vafot etgan shaxsning meros qilib olinadigan mol-mulkini meros qilib olish tartibida qabul qilib olgan uning merosxo‘ri (merosxo‘rlari) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati doirasida va ularning merosdagi ulushiga mutanosib ravishda, ushbu moddaning qoidalarini inobatga olgan holda uziladi.

Ya’ni qaysi merosxo‘rga qancha yer maydoni to‘g‘ri kelsa ular o‘sha ulushga nisbatan to‘lanmagan soliq qarzini to‘lashi kerak bo‘ladi.
#soliq_imtiyozi

Ipoteka kreditlari uchun soliq imtiyozlari

🔹Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan imtiyozlar:

▫️Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan *MHTEKMning 80 baravarigacha boʻlgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari;

▫️Yosh oila uchun ajratilgan ipoteka krediti yoki unga hisoblangan foizlarni qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh) ga toʻlguniga qadar JSHODSdan ozod etilgan.

Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga olingan koʻchmas mulk 36 oy ichida boshqa shaxs nomiga oʻtkazilsa, soliq imtiyozi qoʻllanilgan butun davr uchun soliq toʻlash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.
👉Soliq kodeksi 378-modda 16-band

🔹Mol-mulk solig‘idan imtiyozlar:

▪️“2017-2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi”ni amalga oshirish doirasida 2020-yil 1-iyulgacha “Ipoteka bank” ATIB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini toʻlab boʻlgunga qadar sotib olingan kvartiralar boʻyicha jismoniy shaxslar (qarzdorlar) mol-mulk soligʻidan ozod qilingan;
👉PQ-2660 17-band “a” kichik bandi 22.11.2016

▪️Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy‑joylar qurilishi Dasturi doirasida 2020-yil 1-iyulgacha shartnoma imzolagan jismoniy shaxslar, ipoteka kreditini toʻlab boʻlmagunga qadar, xarid qilingan uy‑joylar boʻyicha mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilingan.
👉PQ‑1902 4-band 3-xatboshi 04.01.2013

*mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 980 000 x 80 = 78,4 mln soʻm.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #deklaratsiya

Ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin

🏘 Ipoteka kreditlari, "kontrakt" hamda nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

✔️“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️ipoteka kreditlari;
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari
.

➡️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma